Kurs ishi mavzu: harakatning traektoriyasi, yoʻnalishi davom
Jismoniy tarbiya va harakat traektoriyasi
Download 19.34 Kb.
|
Kurs ishi D 2
1.2 Jismoniy tarbiya va harakat traektoriyasi
Yuqori malakali sportchilarning oddiy sharoitlardagi harakat ritmi juda aniq boʻladi. Ma’lum bir kishining texnik jihatdan mukammal qilib bajargan har bir aniq harakatida maqsadga muvofiq ritmni koʻrish mumkin. Har bir sportchida uning individual xususiyatlariga qarab, harakatlarni bajarishning oʻz ritmi boʻlishi lozim. Jismoniy mashqlarni bajarishda harakat ritmi ratsional texnikaning obyektiv qonuniyatlariga muvofiq ravishda inson tomonidan yaratiladi va tartibga solinadi. Dinamik xarakteristikalar Kishi gavdasining harakatiga ta’sir etadigan kuchlarni ichki va tashqi ta’sir kuchlariga boʻlish mumkin. Quyidagilar ichki kuchlarga kiradi: a) tayanch-harakat apparatining passiv kuchlari – muskullarning elastik kuchi, muskullarning choʻziluvchanligi va b.; b) harakat apparatining faol kuchlari – muskullarning tortish kuchi; v) reaktiv kuchlar – tezlashgan harakat jarayonida gavda zvenolarining bir-biriga munosabati vaqtida aks etuvchi kuchlar. Kishi gavdasiga tashqaridan ta’sir etuvchi kuchlar tashqi kuchlar deyiladi. Jismoniy mashqlarni bajarishda quyidagilar tashqi kuchlar hisoblanadi: a) oʻz gavdasining ogʻirlik kuchi; b) tayanch reaksiyalarining kuchi; v) tashqi muhitning (suv, havo) va fizik jismlarning (kurashdagi raqiblar, akrobatikadagi sheriklar) qarshilik kuchi, tashqi ogʻirliklar, odam joyidan siljitadigan jismlarning inersion kuchlari. Jismoniy mashqlarni bajarish fazalari Muayyan harakatni tashkil etuvchi jismoniy mashq muvofiq navbatda taqsimlangan: faoliyat qaysi harakat bilan boshlanadi, qaysi biri bilan yakunlanadi. Oʻrgatish va ilmiy maqsadlarda jismoniy mashqlarni uch fazaga ajratish maqsadga muvofiqdir. Harakat tizimi Yugurish-depsinish-uchish-yerga tushish Harakat fazalari 1 2 3 4 Harakat qismlari Tayyorgarlik Asosiy Yakunlovchi Jismoniy mashqlarning davom etishi va shiddatiga qarab organizmdagi oʻzgarishlar jarayonini koʻrsatuvchi fazalar. SIQD- CHT - sport ish qobiliyati dinamikasi, charchash va uni tiklash. FFD - organizmning ayrim tizimlarini funksional faollik dinamikasi. BMS - bioenergetik moddalarning sarflash va tiklash dinamikasi. SS - superkompensatsiya samaradorligi. Tayyorgarlik fazasining ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish uchun eng qulay sharoit yaratishdan iborat. Masalan, yugurib borib sakrashda tayyorgarlik fazasi yugurib borishdir. Joydan sakrashda – itarilish oldidan qoʻllarni silkitib va oyoqlarni bukib depsinish asosiy faza harakatlaridan iborat, uning yordami bilan harakatning asosiy vazifasi echiladi. Masalan, depsinish, joydan sakrash, uchish. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratilgan. Biodinamik nuqtai nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli joyda, tegishli yoʻnalishda va zarur lahzada toʻgʻri foydalanishdan iboratdir. Masalan, krol usuli bilan suzishda qoʻllarni vaqtidan ilgari faol harakatlantirish gavdani suvdan koʻtarishga va toʻlqin paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Soʻnggi fazada harakat tugallanadi, obrazli qilib aytganda, bu faza ishchi holatdan chiqishga imkon beradi. Sakrashlarda bu yerga qoʻnish, yugurishda marradan keyin bir oz yugurish boʻladi. Asosiy faza texnikaning asosini tashkil etuvchi harakatlar yordami bilan, qolgan ikkita faza esa texnikaning detalini tashkil etuvchi harakatlar yordami bilan amalga oshiriladi. Jismoniy mashqlarning pedagogik turkumlari Jismoniy mashqlarning turkumlarga boʻlinishi – bu ularning eng muhim belgilariga muvofiq bir-biriga bogʻlangan guruhlarga taqsimlanishidir. Oʻqituvchi turkumlar yordamida jismoniy mashqlarning xususiyatini aniqlay oladi, binobarin, mashqlarni tanlashni engillashtiradi, bu pedagogik vazifa talablariga javob beradi. Modomiki, jismoniy tarbiya fani rivojlanib borar ekan, yangi ma’lumotlar bilan uzluksiz boyib turadi, turkumlash esa doim bir xilda boʻlib qolmaydi. Har qaysi jismoniy mashq bitta emas, balki bir necha oʻziga xos belgilarga ega. Shuning uchun aynan bir xil mashq har xil turkumlarda ifodalangan boʻlishi mumkin. Masalan, tortilish anatomik belgilar boʻyicha (qoʻllar va mushaklar uchun mashq) turkumlarda ham, asosan, harakat sifatlarining (koʻproq kuchning) rivojlanishini aks ettiruvchi turkumlarda ham namoyon boʻladi. Binobarin, har qanday holat uchun yaroqli yagona turkum yaratilgan boʻlishi mumkin emas; turkumda pedagogik vazifalarni yechish uchun eng ahamiyatli belgilarni hisobga olish kerak. Jismoniy tarbiya tizimlari tarixan tarkib topgan belgilari boʻyicha jismoniy mashqlar turkumlariga (gimnastika, oʻyin, turizm, sport) boʻlinadi. Bu turkumlar boʻyicha jismoniy mashqlar besh guruhga taqsimlanadi. 1. Sun’iy yaratilgan faoliyatlarda harakatlar xilma-xilligini tavsiflovchi gimnastika mashqlari, ularning samaradorligi organizmga, uning tuzilishiga ta’sir oʻtkazadi, shuningdek, barcha harakatlar koordinatsion murakkabligi va uygʻunligi bilan belgilanadi. Harakatlarning sogʻlomlashtiruvchi turlaridan tarkib topgan oʻyin mashqlari (yugurish, uloqtirish va h.k.) oʻzgaruvchan oʻyin vaziyatlari bilan muvofiqlikda turli xil variantlarda bajariladi va umuman organizmga ta’sir qilish samaradorligi boʻyicha va harakatning pirovard natijasi boʻyicha baholanadi. Sayohatdagi jismoniy mashqlarga yurish, yugurish, sakrash, toʻsiqlarni engish, changʻida yurish, velosipedda yurish, qayiqda suzish va boshqalar kiradi. Sogʻlomlashtiruvchi sharoitlarda yurish, yugurish, sakrash, toʻsiqlarni engib oʻtish, changʻida yurish, velosipedda yurish, qayiqni eshkak bilan eshish qoʻshilib, sayohatchi uchun jismoniy mashqlarni tashkil etadi. Ularning samaradorligi organizmga majmuali ta’sir oʻtkazish, joylardagi toʻsiqlar va masofani yengish natijasi bilan baholanadi.Sportdagi mashqlar maksimal sport natijalariga erishish uchun ixtisoslashtirish predmetidir va yagona sport turkumlari bilan muvofiqlikda sun’iy standartlashtirilgan oxirgi guruhga, agar ularga qayd qilingan belgilar tegishli boʻlsa, birinchi uchala guruh kiritilishi mumkin boʻladi (sport gimnastika mashqi, sport oʻyin mashqi, sport sayohatchi mashqi). Ushbu turkumlarning shartliligi bu guruh mashqlarini tavsiflovchi belgilar tafovutida koʻrinadi. Shuning uchun masalan, yugurish, garchi toʻrttala guruhda turli variantlarda ifodalangan boʻlsa ham, shunga oʻxshash turkumlar jismoniy mashqlarning faqat umumiy moʻljalida berilgan. 2. Mushak faoliyatining belgilari boʻyicha beriladigan jismoniy mashqlar turkumi (harakat sifatlarining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi belgilar boʻyicha). Tezlik-kuch mashqlari shugʻullanuvchidan nisbatan qisqa vaqt ichida maksimal harakat qilishni talab etadi (masalan: qisqa masofaga yugurish, sakrashlar); chidamlilik namoyon qilishni talab qiluvchi jismoniy mashqlar (masalan, uzoq masofalarga yugurish, changʻida yurish va b.). Oʻzgaruvchan sharoitlarga muvofiq zoʻr berish darajalarini muntazam almashtiruvchi, harakatlantiruvchi sifatlarni namoyon qilish majmuasini talab etuvchi jismoniy mashqlar (oʻyinlar, yakkama-yakka kurashish). Bu turkumning shartliligi bir tomondan, jismoniy mashqni tanlab olishga imkon beradi. Uning yordami bilan harakat sifatlarining rivojlanishiga samarali erishish mumkin. Ikkinchi tomondan, u yoki bu xususiyatli mashqni muvaffaqiyatli bajarish uchun qaysi zaruriy sifatga ega boʻlishni bilish. 3. Ilmiylik vazifasini yechish uchun ularning ahamiyati boʻyicha jismoniy mashqlar turkumlari. Ushbu turkumlarning shartliligi shundan iboratki, unda harakat koʻnikmasi, koʻnikmani shakllantirishga va harakat sifatlarining rivojlanishiga qaratilgan mashqlar sun’iy ravishda ajratiladi, ayni bir vaqtda har ikkala jarayon ajralmasdir. Biroq bunday turkumlashning amaliy ma’nosi yoʻqolmaydi. U mashqni oʻrgatishning har bir bosqichida yetakchi vazifalarni yechish uchun tanlashga yordam beradi va koʻp darajada ularni yechishga koʻmaklashadi. 4. Asosan ayrim mushaklar guruhining rivojlanish belgilari boʻyicha jismoniy mashqlar turkumlari: yelka kamarida qoʻllar mushaklari uchun, boʻyin va gavda mushaklari uchun, bel va oyoqlar mushaklari uchun nazarda tutilgan. Bu turkum ichida mashq boldir-tovon mushagi uchun, tizza mushagi uchun va hokazolarga boʻlinadi; tikka turib, oʻtirib, yotib, individual va juft boʻlib, predmetlar bilan va predmetlarsiz bajariladigan mashqlarda jismoniy sifatlarning rivojlanishi uchun beriladigan mashqlar. 5. Sport turlari boʻyicha jismoniy mashqlar turkumlari. Sportning har bir turi oʻziga xos mashqlar turkumlariga ega. Pedagogik turkumlashdan tashqari biomexanikada (statik, dinamik, siklli, siklli, kombinatsiyalashtirilgan va boshqa jismoniy mashqlar) mashqlarga, fiziologiyada esa turli kuch bilan (maksimal, submaksimal, katta va moʻtadil quvvatli) bajariladigan mashqlarga boʻlish qabul qilingan.Biroq ba’zilar klassik usullarning birortasidan ham foydalanmasdan suzadilar. Bajarilish usullarining samaradorligi oʻquvchining individual fazilatiga, jismoniy tayyorgarlik darajasiga hamda qoʻyilgan vazifalarga (masalan, agar uncha katta boʻlmagan balandlikka arqonda tez chiqish kerak boʻlganda “bir qoʻlda” usulini qoʻllaydilar, qattiq arqonda bitta usulni – kanatni oyoqlar bilan ushlash usulini qoʻllaydilar, yumshogʻida – boshqasini) bogʻliq. Jismoniy mashqlar texnikasi muntazam ravishda rivojlanadi: odatlangan texnika takomillashtiriladi, ba’zida esa usullar barham topadi, yangilari tuziladi. Bu jarayon qator sabablar bilan belgilanadi: 1. Sport tayyorligi darajasiga talablarning muntazam oʻsayotganligi. 2. Harakatlar bajarilishining mukammallashgan usullarini uzluksiz izlash, muvofiq tekshirishlar natijasi va rolining oshishi. 3. Yangi sport anjom-jihozlarining yuzaga kelishi. Jismoniy mashq texnikasi yetakchi sportchilarning (muayyan vaqt uchun) harakat bajarish usullarini amaliyotda tekshirish va ilmiy tahlil qilish, izlanish natijasidir. Bunday zamonaviy texnika harakatni bajaruvchilarning barchasi uchun teng darajada eng oqilona asosni aks ettiradi va shu sababli andozali texnika deb ataladi.To‘pga oyoq bilan zarba berishning asosiy usullari ikki xil bajariladi: to‘g‘ri zarba berish, burama zarba berish.To‘g‘ri zarba berganda zarba impulsining yo‘nalishi to‘pning og‘irlik markazi o‘qidan yoki bevosita uning yaqinidan o‘tadi. Burama zarba berish uchun esa zarbaning yo‘nalishi to‘p og‘irlik markazi o‘qida anchagina chetdan o‘tishi kerak. Amalda yuqorida ko‘rsatilgan hamma usullar to‘g‘ri zarba berish mumkin. Faqat oyoq yuzining tashqi qismi bilan shunday zarba berish sal noqulayroq. Burama zarba berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki qismi va ayniqsa tashqi qismi bilan eng samarali bajariladi. To‘g‘ri zarba berilganda to‘pning uchish traektoriyasi kuchning qo‘yilish joyiga bog‘liq. Zarbaning qo‘yilish joyi gorizontal tekislik bo‘ylab to‘pning o‘rta qismiga to‘g‘ri kelsa, to‘p to‘g‘riga pastlab uchib boradi.Zarba joyi vertikal o‘qqa nisbatan o‘zgarsa, to‘pning uchib chiiish amizuti o‘zgaradi (gorizontal tekislikda o‘ngga yoki chapga suriladi).Agar kuchning qo‘yilish joyi gorizontal o‘qdan pastroqqa to‘g‘ri kelsa, unda to‘pning uchib chiqish burchagi o‘zgaradi. Zarba sirtining vertikal va gorizantal o‘q atrofida burilishi azimutning ham uchib chiqish burchagining ham (yuqorilab o‘ngga, yuqorilab chapga) o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. To‘pning uchish traektoriyasi burama zarba berilganda anchagina o‘zgaradi. Zarbaning yo‘nalishi to‘pning og‘irlik markazi o‘qidan o‘tmaydi. Bu hol to‘pni anchagina aylantirib yuboradi. To‘p gorizontal o‘q atrofida (tagidan tepilganda), veritikal o‘q atrofida (pastiga burama tepganda) va qiya o‘q atrofida (yuqorisiga burama tepganda) aylanishi mumkin.Qattiq aylanib uchayotgan to‘p havo qarshiligiga uchrab, boshlangich traektoriyasini o‘zgartiradi (Magnus effekti). Masalan, to‘p vertikal o‘q atrofida aylanib borayotgan bo‘lsa, uchish traektoriyasi aylanish tomoniga og‘adi. Qattiq aylanayotgan to‘p erdan sapchib qaytganda uning keyingi uchish yo‘nalishi o‘zgaradi. Traektoriya to‘p aylanayotgan tomonga qiyshayadi.To‘pning uchish xususiyatlarini bilish futbolchi harakatining ishonchliligini oshiradi. Download 19.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling