FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi sistemasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘qituvchilar, barcha pedagoglar oldiga o‘quvchining bilimlarini yuksak darajada o‘zlashtirishi; o‘quvchilar mustaqil tafakkurini, ular aktivligini rivojlantirish; ularda yuksak ahloqiy sifatlarni tarbiyalash; ularning tafakkur, muloqat, o‘qish, mehnat qilishga bo‘lgan qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va ma’suliyatli vazifalarni qo‘ymoqda.
Psixologiya o’qitish metodikasi fanida interfaol usullarni ta’lim jarayoniga qo’llashning psixologik jihatlarini mazmunan yoritishga asoslanadi. Shunga muvofiq o’qitish metodikasida o’qitishning asosiy konsepsiyalari ishlab chiqilib interfaol usullarni qo’llanilishi mazkur masalalar negizida asoslanadi.
Ta’lim tizimida o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikda interfaol usulni o’quv jarayonida guruhning barcha a’zolari istisnosiz bilish jarayoniga jalb qilish hisobga olinadi.Bunday usullar innovatsion ta’lim texnologiyalari hisoblanadi.
Kurs ishi maqsadi. Ta’limiy: bo‘lajak pedagoglarga ta’limning interfaol usullari haqida ilmiy bilimlarni hosil qilish. O’qituvchidan ko’proq ijodkorlik va faollik,izlanishlar talabini oshirish.
Tarbiyaviy: bo‘lajak pedagoglar ongiga birgalikdagi munosabat va harakatiga asoslangan o’qitishning ahamiyatini singdirish.
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida dunyoqarashni kengaytirish.
Kurs ishining ob`ekti: Ta’limdagi hamkorlik o’z-o’zidan talabalar tomonidan o’zlashtirilgan bilim.
Kurs ishining predmeti: Ta’lim tizimida o’quvchilarning nafaqat o’qituvchilar balki o’quvchilarning bir-biri bilan kengroq o’zaro ta’siriga va o’quv jarayonida o’quvchilar faoliyatining ustunligiga qaratilgan.
Kurs ishining metodlari
Kuzatish metodi;
Suhbat metodi
Do'stlaringiz bilan baham: |