Kurs ishi mavzu: Iqtisodiy tahlil turlari va ularning ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli
«Iqtisodiy tahlil»ning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o'rni
Download 22.74 Kb.
|
Kurs ishi mavzu Iqtisodiy tahlil turlari va ularning ishlab chi-fayllar.org
1.2. «Iqtisodiy tahlil»ning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o'rni
«Iqtisodiy tahlil» iqtisodiy fanlar tarkibiga kiruvchi mustaqil fandir. «Iqtisodiy tahlil» xo'jalikni samarali, maqsadli boshqarish uchun zarur bo'lgan ma'lomotlami beradi, barcha yashirin imkoniyatlami topib, ulami xo'jalik faoliyatiga jalb etishda, asosiy dastak bo'lib xizmat qiladi, oqibatda, korxonaning rivojlanishiga olib kelib, ijtimoiy-iqtisodiy masalalami hal qilishda muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun o'quvchi iqtisodiy tahlilning mazmunmohiyatini va boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligini yaxshi o'zlashtirib olgan bo'lishi kerak. Iqtisodiy fanlar bo'lib, iqtisodiy nazariya, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, statistika, moliya, kredit, audit, buxgalteriya hisobi va boshqa fanlar hisoblanadi. Iqtisodiy nazariya iqtisodiy kategoriyalarni, ya'ni qiymat, tovar, ish haqi, mehnat unumdorligi, foyda kabi kategoriyalar haqidagi tushunchalarni hamda iqtisodiy qonunlarning mohiyatini bayon qiladi. Uning qonuniyatlari va metodologiyasi barcha iqtisodiy fanlar uchun, shu jurnladan, «Iqtisodiy tahlil» uchun ham metodologik asos hisoblanadi. «Iqtisodiy tahlil» o'z navbatida iqtisodiyotda sodir bo'lgan va bo'layotgan jarayonlarni chuqur o'rganish bilan «Iqtisodiy nazariya» fanining rivojlanishi uchun a~os yaratib beradi. «Iqtisodiy tahli1» bevosita «Statistika» fani bilan ham uzviy bog'liqlikda bo'ladi. «Statistika» jamiyatning barcha tomonlarida va shu jumladan, korxonalar faoliyatida sodir bo'lgan va bo'layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi ko'rsatkichlarni hisoblash usullarini o'rgatadi. «Iqtisodiy tahlil» esa ulardan tahliljarayonida keng foydalanadi. Statistik hisobot ma'lumotlari - iqtisodiy tahIilda axborot manbayi hisoblanadi. Xullas, statistik usullai va statistik ma'lumotlar iqtisodiy tahlilda keng qo'llaniladi. Iqtisodiy tahlil ma'lumotlari statistik ko'rsatkichlarni takomillashtirishda asos bo'lib xizmat qiladi. ncgizida yuzaga kclgan fandir. «Buxgaltcriya hisobi» xo'jalik faoliyatining barcha tomonlarida sodir bo'lgan operatsiyalarni schotlarda hisobga olish va ularni umumiashtirgan holda hisobotlarda aks ettirish bilan shug'ullanuvchi fandir. Buxgalteriya hisobi va hisobotlaridagi ma'lumotlar asosida iqtisodiy tahlil sodir bo'lgan jarayonlami hamda natijalarini o'zaro bog'lagan holda o'rganadi. Natijada, u buxgalteriya hisobi va hisobot ko'rsatkichlarini takomillashtirish to'g'risida fikrlar beradi. Iqtiso:- diy tahlil ma'lumotlariga asosan, boshqaruv qararlari qabul qilinadi, unda jarayon natijalariga baho beriladi. Demak, iqtisodiy tahlil va boshqaruv orasida ham bevosita bog'liqlik mavjud. < moliya va kredit, audit va boshqa iqtisodiy fanlar bilan ham uzviy bog'liqlikda bo'ladi. Bu esa fanlarning o'zara bog'liqligini kengaytirib, mazmun-mohiyatini boyitadi. Download 22.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling