1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamiyati


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana19.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1608088
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Иқтисодий таҳлил ва аудит 1 маъруза 1 3 мавзулар 2



1-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING MAZMUNI 
VA AHAMIYATI
1.1. Iqtisodiy taMil to‘g‘risida tushuncha va 
uning ahamiyati
Tahlil — grekcha «analisis» so‘zidan olingan bo‘lib, sodirbo‘lgan 
va bo‘layotgan jarayonlami boMaklarga bo‘lib, qismlarga ajratib
parchalab o‘rganishni bildiradi. To‘liqroq qilib bayon qilganda, 
tahlil makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotda sodir bo‘lgan va 
bo'layotgan hodisa va jarayonlar to‘plamini boMaklarga, qismlarga 
bo‘lib va ajratib, ularning o‘zgarishini va o‘zaro bog‘liqligini hamda 
o‘zgarishiga omillar ta’sirini o‘rganishni bildiradi. 0 ‘rganilayotgan 
hodisa va jarayonlami qism va bo‘laklarga ajratishda ularning 
umumiylik, birlik va bog£liqlik xususiyatlari saqlanib qolishi lozim.
Iqtisodiy tahlilni o£z vaqtida uyushtirish va uning natijalaridan 
hayotda samarali foydalanish iqtisodiyotning rivojlanishida muhim 
rol o‘ynaydi. Tahlil korxonalar faoliyatining barcha tomonlarida 
(ta’minot, ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatlarida) sodir 
bo‘!gan va boMayotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlaming o‘zga- 
rishini, o‘zgarishning sabablarini o‘rganadi, natijada mavjud bolgan 
imkoniyatlami aniqlaydi, ulami xo‘jalik faoliyatiga jalb etish bo‘- 
yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi. Bu esa tahlilning asosiy maqsadi- 
dir. Korxonalaming boshqaruv va moliyaviy faoliyatlarini maqsadli 
o‘rganish, tezkor, joriy va istiqbolli tahlillarni amalga oshirish 
asosida, ularning holatiga har taraflama baho berish iqtisodiy tah­
lilning asosiy mazmunini tashkil qiladi.
1.2. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti va uning usullari
Iqtisodiy tahlil fani ham boshqa fanlar kabi o‘zining maxsus 
predmeti va usullariga egadir.
Iqtisodiy tahlil fanining predmeti deganda, barcha korxonalar 
faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida ro‘y bergan va 
sodir bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalari tushu-
4


niladi. Boshqacha aytganda, tahlil obyektiv va subyektiv ошШаг 
ta’siri ostida sodir bo‘lgan va bo‘layotgan jarayonlarning holati va 
harakatini hamda ulaming natijalarini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganadi. 
ТаЬШ o‘z predmetini o‘rganishda iqtisodiy axborotlardan foyda- 
Ianadi, ya’ni iqtisodiy axborotlar asosida jarayonlaming o ‘zaro 
bog‘liqligi keng qamrovda o‘rganiladi.
Iqtisodiy tahlilning predmetida omillar asosiy o'rinni egallaydi, 
chunki korxonalarning xo‘jalik faoliyatida yuzaga kelgan va 
kelayotgan hodisa va jarayonlar o‘z~o‘zidan sodir bo‘lmaydi, ular 
qandaydir obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida yuzaga keladi. 
Obyektiv va subyektiv omillarning ta’sirini boshqa fanlar o‘rgan- 
maydi, faqat bulaming ta’siri iqtisodiy tahlilda o‘rganiladi, shuning 
uchun ham iqtisodiy tahlil fani predmetining negizida obyektiv 
(tashqi) va subyektiv (ichki) omillar va ulaming ta’sirini o‘rganish 
bejiz qayd qilingan emas.
Xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarga quyi- 
dagilami misol qilib ko‘rsatish mumkin: ishlab chiqarilgan mah- 
sulot miqdori, mahsulot tannarxi, mehnat unumdorligi, moddiy 
resurslar hamda ulardan foydalanish samaradorligi va h.k. Shu 
ko‘rsatkichlaming har binning shakllanishi va o‘zgarishiga ma’lum 
miqdordagi omillar ta’sir qiladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mah­
sulot miqdorining o‘zgarishiga birinchi navbatda xodimlar soni 
bilan mehnat unumdorligi darajasining o‘zgarish ta’sir qiladi. De- 
mak, ishlab chiqarish faoliyatida band bo‘lgan xodimlar soni bilan 
mehnat unumdorligi ta’siri ostida ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdori va uning o‘zgarishini o‘rganish iqtisodiy tahlil predmetiga 
misol bo‘la oladi. Boshqa iqtisodiy jarayonlami tavsiflovchi ko‘rsat- 
kiclilar ham shunga o‘xshash namoyon bo‘ladi va omillar ta’siri 
ostida o‘rganiladi.
Iqtisodiy tahlilning predmetini o‘rganish usullari uning meto- 
dini tavsiflaydi. Boshqacha aytganda, predmetni o‘rganishda qo‘lla- 
niladigan usullar yig‘indisi tahlilning metodi hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar o‘z navbatida ikki 
guruhga bo‘linadi:
1. statistik usullar;
2. iqtisodiy matematik usullar.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling