1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamiyati
Moliyaviy natijalar to‘g4risidagi hisobot
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таҳлил ва аудит 1 маъруза 1 3 мавзулар 2
2.2. Moliyaviy natijalar to‘g4risidagi hisobot
ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini tekshirish Moliyaviy natijalar deganda xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki ko‘rilgan zararni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tushunmoq kerak. «Mahsulot (ish, xizmat)lami ishtab chiqarish va sotish xarajat- larining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq moliyaviy natijalar 5 turga bo‘li- nib hisoblanadi va tahlil qilinadi. Biz ushbu bo‘limda «foyda» ko‘rsatkichini bayon qilishga harakat qildik. 1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda: YAF = SST - IT. Bunda: YAF — mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda; SST — sotishdan olingan sof tushum; 13 IT — sotilgan mahsulotning islilab chiqarish tannarxi. 2. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining foydasi (AFF): AFF = YAF - DX + BD - BZ. Bunda: DX - davr xarajatlari; BD — asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daro- madlar; BZ - asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan ko‘rilgan zararlar. 3. Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (UFF): UFF = AFF + MD - MX. Bunda: MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari. 4. Foyda solig‘i to'langungacha bo‘lgan foyda (STF): STF = UFF + FP - FZ. Bunda: FP - favqulotdagi foyda; FZ - favqulotda ko‘rilgan zarar. 5. Sof foyda (SF): SF = STF - DS - BS. Bunda: DS — daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq; BS ~ boshqa soliq va to‘lovlar. Xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan foyda (zarar) moliyaviy nati jalar tariqasida «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»da aks ettiriladi. Ushbu hisobot (2-shakl) mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladi. Ushbu hisobot (2-shakl) 9000, 9100, 9300, 9410, 9420, 9430, 9440, 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9591, 9610, 9620, 9630, 9710, 9720, 9810, 9910-schotlar (hisobvaraqlar) ma’lu- motlari asosida tuziladi. Moliyaviy natijalar rejasining bajarilishini yoki dinamikasini tahlil etishning asosiy axborot manbayi ushbu hisobot (2- shakl)ning ma’lumotlari hisoblanadi. Tahlil qilishdan oldin ushbu hisobot ko‘rsatkichlarining to‘g‘ri tuzilganligi qayta tekshirish orqali nazoratdan o‘tkaziladi. Shuning uchun ham ushbu hisobot ko‘rsatkichlarining o‘zaro bogMiqligini hamda undagi ma’lumotlaming moliyaviy hisobotning boshqa turdagi hisobot ma’lumotlariga mos kelishini tekshirib ko‘rish zarur. Buni quyidagi tartibda amalga oshirish kerak: 14 Birinchi navbatda ushbu hisobot ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi tekshiriladi. Hisobotning 050-satrda aks ettirilgan «Sotishdan olingan sof tushum» summasiga to ‘g‘riligini tekshirish kerak. Buning uchun 010-satr summasidan 020, 030, 040-satrlar summalarini ayirib tashlash kerak. Bu bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin: Satr 050-ustun 3 = satr 010-ustun 3-satr 020, 030, 040, ustun 4. Satr 050-ustun 5 = satr 010-ustun 5-satr 020, 030, 040, ustun 6. Hisobotning 070-satridagi «Sotishdan olingan foyda (zarar)» summasi 050-satr summasidan 060-satr summasini ayirish orqali mos kelishi tekshiriladi, ya’ni 050-satrdagi summa bilan 060-satrdagi summa orasidagi farqqa teng bo‘lishi kerak. Bosh qacha aytganda, sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mah- sulotning ishlab chiqarish tannarxi orasidagi farqqa yalpi foyda summasi teng bo‘lishi tekshiriladi. Hisobotning 110-satridagi «Asosiy ishlab chiqarish faoliyati foydasi (zarar)» 070-satr summasi bilan 080, 090, 100-satrlar summalari orasidagi farqqa teng bo‘ladi. Buni quyidagicha ifo dalash mumkin: Satr 110-ustun 3 = Satr 070-ustun 3-satr 080, 090, 100, 105-ustun 4+satr 100-ustun 3. Satr 110-ustun 5 = Satr 070-ustun 5-satr 080, 090, 100, 105-ustun 6+satr 100-ustun 5. Hisobotning 150-satridagi «Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (zarari)» asosiy ishlab chiqarish faoliyatining foydasiga moliyaviy faoliyat foydasini qo‘shib va moliyaviy faoliyat xarajatini ayirib tashlagandan keyin qolgan farqiga teng bo‘ladi. Bu bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin: Satr 150-ustun 3 = Satr 110-ustun 3 + satr 120, 125, 130,135, 140, 145-ustun 3-satr 130, 135, 140, 145-ustun 4; Satr 150-ustun 5 = Satr 110-ustun 5 + satr 120, 125, 130,135, 140,145-ustun 5-satr 130, 135, 140, 145-ustun 6. Foyda solig‘i to‘langunga qadar bo‘lgan foyda teng bo‘lishi kerak: Satr 170-ustun 3 = satr 150-ustun 3±satr 160-ustun 3, 4; 15 Satr 170-ustun 5 = satr 150-ustun 5 ±satr 160-ustun 5, 6. Sof foyda teng bo‘ladi: Satr 200-ustun 3 = satr 170-ustun 3-satr 180, 190, 195- ustun 4; Satr 200-ustun 5 = satr 170-ustun 5-satr 180, 190, 195- ustun 6. Hisobot ichidagi o‘zaro bog‘lanish bilan bir qatorda, ushbu hisobotning ayrirn ma’lumotlari boshqa moliyaviy hisobot ko‘rsat- kichlari bilan bog‘liqlikka ega. Masalan, ushbu hisobotda ko‘rsatilgan sof foyda (taqsim- lanmagan tariqasida) buxgalteriya balansi (1-shakl) va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl)da aks ettirilgan foyda sum- malari bilan bog‘liqlikda bo‘lishi kerak. Hisobot (2-shakl)ning 200-satr 5-ustunida ko£rsatiIgan sof foyda summasi 5-shakldagi hisobotning 080-satr 6-ustundagi «Joriy yilning taqsimlanmagan foyda summasi»ga teng kelishi, 1-shakldagi hisobotning 360-sat- ridagi 4-ustun summasi bilan 3-ustun summasi orasidagi farqqa teng kelishi kerak. Bundan tashqari, «Mahsulotlami sotish» hisobotlarida aks ettirilgan jami pul tushumi, jami ishlab chiqarish tannarxi, jami foydasi 2-shakldagi hisobotning tegishli ko‘rsatkichlariga teng kelishi kerak. Masalan, «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish» hisoboti (7-ASK shakli) 400-satr 3, 4, 5, 6-ustunlarining summalari 2-shakldagi hisobotning 010-satri 5-ustuni, 060-satr 6-ustuni, 070-satr 5-ustuni summalariga teng kelishi lozim. Aniqroq qilib aytganda, ikki hisobot ko'rsatkichlari orasidagi bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin: 2-shakl 010-satr 5-ustun = 7 ASK shakli 400-satr 3-ustun; 2-shakl 060-satr 6-ustun = 7 ASK shakli 400-satr 2-ustun; 2-shakl 070-satr 5-ustun = 7 ASK shakli 400-satr 4-ustun 5-ustun. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl) ko‘rsatkich- larining o‘zaro bog‘liqligi (tengligi) va boshqa moliyaviy h isobot - laming tegishli ko‘rsatkichlari bilan moshgi, tengligi tekshirilib, to'g'riligi aniqlangandan keyin moliyaviy natijalami tahlil qilishga kirishish maqsadga muvoflq bo‘ladi. 16 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling