Paxta tolasi chiqimining tahlili shuni ko‘rsatadiki, hisobot yilida
rcja oshig‘i bilan bajarilgan, ammo bazis yiliga nisbatan u keskin
kamaygan.
Zavodda paxtani qayta ishlashga bazis yilida 14659 tonna,
hisobot yilida 27423 tonna paxta xomashyosi sarf bo‘lgan.
Hisob-kitoblar shuni ko'rsatadiki,
qayta ishlangan paxta xom-
ashyosidan olingan paxta tolasi bazis yilida 36,9 foizni (5403-100/
14659), hisobot yilida reja bo‘yicha 30,5 foizni (8362-100/27423),
haqiqatda esa 32 foizni (8775-100/27423) tashkil qildi. Ushbu
ma’lumotlardan ko‘rinib
turibdiki, paxta tolasi bo‘yicha chiqim
darajasi rejaga nisbatan 1,5% ga oshgan, ammo bazis yiliga nisbatan
13,3% ga kamaygan.
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, zavod paxta tolasi bo‘yicha
chiqimini oshirish imkoniyatidan to‘liq foydalangan emas.
Mahsulotlaming turlari bo‘yicha reja
bajarilishining tahlili
bilan bir qatorda, assortimenti tahlilini ham amalga oshirish zarur.
Mahsulot assortimenti deganda nima tushuniladi?
Mahsulotning tarkibi bo‘yicha turlanishi mahsulot assortimenti
hisoblanadi. Masalan, paxta tolasining navlar bo‘yicha tur-
kumlanishi assortimentga misol bo‘la oladi.
Mahsulotlar assortimentining tahlilida ishlab
chiqarish uchun
rejalashtirilgan mahsulotlaming miqdori va hajmi bo‘yicha bo‘la-
digan o‘zgarishlari aniqlanib, ularga baho beriladi.
Assortiment
bo‘yicha rejaning bajariUsh darajasiga baho berish uchun yakuniy
ko‘rsatkich aniqlab olinadi.
Mahsulot assortimenti bo‘yicha reja bajarilishini ifodalovchi
yakuniy ko‘rsatkichni aniqlash uchun ishlab
chiqarilib, assortiment
tarkibiga qabul qihngan mahsulot jami miqdori (hajmi)ning reja
bo‘yicha ishlab chiqarilishini ko‘zda tutilgan jami mahsulot hajmiga
bo‘lish kerak:
Kar = Assortimentga qabul qilingan mahsulot hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: