Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


Download 1.01 Mb.
bet1/6
Sana16.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1781028
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-маъруза (2)


PAXTA XOM ASHYOSINI TAYYORLASH, SAQLASH VA DASTLABKI ISHLASH TEXNOLOGIYASI

REJA:


  1. Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash

  2. Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashning xalq xо‘jaligidagi о‘rni va ahamiyati.

  3. Paxta xom ashyosini saqlash va qayta ishlashning tarixi va rivojlanish istiqbollari.

  4. Jahon paxtachiligi, paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash tо‘g‘risida ma’lumotlar.

Paxta sanoati samaradorligini oshirish, sanoatni sifatli xom-ashyo mahsulotlari bilan ta’minlanishini yaxshilash hamda uning uzluksizligiga imkoniyat yaratish hozirgi davrning eng mas’uliyatli masalasidir. Ma’lumki, paxta yilning muayyan mavsumida asosan sentabr, oktabr va noyabr oylarida tayyorlanadi. Paxta tozalash zavodlari shu uch oy davomida bir mavsum tayyorlangan paxtaning taxminan 20 % ini dastlabki qayta ishlay oladi. Uning qolgan qismini uzoq vaqt saqlashga tо‘g‘ri keladi.


Mamlakatimizda paxta tozalash sanoati iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri bо‘lib, uni boshqarish “О‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi zimmasiga yuklatildi.
Uning tarkibiga “О‘zpaxtasanoat” aktsiyadorlik jamiyati va uning 13 ta hududiy filiallari, 98 paxta tozalash korxonalari, 13 ta transport korxonalari, paxta tozalash korxonalariga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha 11 ta viloyat mexanika ustaxonasi, 11 ta yordamchi korxonalar va boshqalar kiradi.
Ular paxta xom ashyosi etishtirishning hajmlari, assortimenti va navlari bо‘yicha g‘о‘zaning rayonlashtirilgan navlarini hududiy joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish, paxta xom ashyosini fermer xо‘jaliklaridan qabul qilib olish va qayta ishlash, hamda standartlarga muvofiq yuqori sifatli paxta tolasi, chigit va momiq ishlab chiqarish vazifalarini bajarishadi.
Hozirgi kunda Respublika paxta tozalash korxonalarida yiliga 3,4 mln. tonnadan ortiqroq paxta xom ashyosi tayyorlanib, undan dastlabki ishlash natijasida 1,15 mln. tonna paxta tolasi, 1,8 mln. tonna chigit, momiq va boshqa turdagi paxta mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Respublikaning umumiy tovar eksport hajmida paxta tolasining hissasi 15% dan kо‘proqni tashqil etadi.
Hozirgi vaqtda barcha “О‘zpaxtasanoat” aktsiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari, hamda bir qator paxta tozalash korxonalarida xalqaro ISO 9001 standarti talablariga mos sifat menejmenti tizimi joriy etilgan.
Korxonalarni zamonaviy, yuqori texnologiyali uskunalar joriy etish hisobiga modernizatsiyalash va rekonstruktsiyalash natijasida ishlab chiqarish unumdorligi, paxta tolasining I-II navlarini ishlab chiqarishda “oliy” va “yaxshi ” sinflari ulushining ortishi taminlanmoqda.
Paxta tozalash zavodlari yuqori mexanizatsiyalashtirilgan va qisman, avtomatlashtirilgan korxonalar qatoriga kiradi. Har bir zavod tarkibiga paxta tayyorlash punktlari, quritish-tozalash tsexi, chigitdan tolani va lintni ajratadigan liniyalar, tola va lintni presslash, urug‘lik chigitga ishlov berish mashinalari kompleksi о‘rnatilgan bо‘limlar bor. Bu mashinalar kompleksi hamda mahsulot sifatini aniqlaydigan va nazorat qiladigan laboratoriyalar tayyor mahsulotning sifat kо‘rsatgichlarini yuqori bо‘lishini ta’minlaydi.
Dunyo bozorida paxta tolasining sifat kо‘rsatgichlarini jahon standartlari darajasida muntazam ravishda caqlab turish uchun о‘z vaqtida yuqori texnika va texnologiyani qо‘llab, ishlab chiqarishni tо‘la avtomatlashtirish lozim.
Fanni о‘rganishda talabalar paxta xom-ashyosining sifatini tо‘g‘ri aniqlay bilishlari, ularni davlatga topshirishdagi barcha jarayonlarni tо‘g‘ri tushunishlari, saqlashda sifatini pasaytirmasdan tayyorlash, saqlash va sifatli qayta ishlashlari lozim. Chigitli paxtani terish, tayyorlash va saqlashda texnologik jarayonlarni amalga oshiruvchi har bir mashina va uskunalarning tuzilishi va ishlash printsipini, tolaning sifat kо‘rsatgichlariga va mashina ishchi organlari holatlarining ta’siri kabi masalalarni mukammal bilishlari kerak.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling