Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
Jahon paxtachiligi, paxta xom ashyosini tayyorlash, saklash va kayta ishlash tо‘g‘risida ma’lumotlar
Download 1.01 Mb.
|
9-маъруза (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXR va Hindistonda paxta etishtirish tо‘g‘risida ma’lumotlar.
4. Jahon paxtachiligi, paxta xom ashyosini tayyorlash, saklash va kayta ishlash tо‘g‘risida ma’lumotlar.
О‘zbekistonda ekilgan chigit unib chiqqach, taxminan 10 kun о‘tgandan sо‘ng birinchi barg paydo bо‘ladi. G‘о‘za unib chiqqandan keyin 45-50 kun о‘tgach shonalash, yana 25-30 kun о‘tgach gullash boshlanadi. G‘о‘zaning kо‘sagi esa, shundan yana 45-60 kun о‘tgach ochila boshlab, paxtaning umumiy etilish davri uning seleksiya naviga qarab 100-160 kun davom etadi. G‘о‘zaning kо‘sagi shar shaklda yoki uzunligi 60 mm va eng katta diametri 50 mm bо‘lgan tuxum shaklda bо‘lib, ichida о‘rta tolalida 5-7 g yoki uzun tolalida 3-5 g paxtasi bо‘ladi. Paxtaning har chigitida 5-15 ming dona tola о‘sadi. Paxta tolasining rivojlanishi ikki davrga bо‘linadi: birinchi davri 25-30 kun davom etib, bu davrda tola asosan bо‘yicha о‘sadi, ikkinchi davr esa 15-30 kun, ayrim hollarda 50 kungacha davom etib, bu davrda uning devorlarida tsellyuloza qatlamlari yig‘ilib, tola pisha boshlaydi. G‘о‘za tupidagi kо‘saklar hammasi baravariga pishmaydi. Quyi shoxalardagi kо‘saklar oldin pishadi. Sо‘ngra о‘rta shoxalardagi kо‘saklar sovuq tushguncha pishib ulguradi, shuning uchun ulardan chiqadigan paxta vazmin va sifatli bо‘ladi. Yuqori shoxalardagi kо‘saklar esa sovuq tushgunga qadar etilib ulgurmaydi, natijada ulardan olinadigan paxta engil, sifati past bо‘ladi. Quyi va yuqori shoxalardagi kо‘saklarning etilishi о‘rtasida 1,5-2 oy, ba’zan esa bundan ham kо‘proq vaqt о‘tadi. Shuning uchun paxta hosili bir necha marta terib olinadi. Ochilgan kо‘saklardagi paxta qulda va mashinalarda terib olinadi. XXR va Hindistonda paxta etishtirish tо‘g‘risida ma’lumotlar. XXR, Hindiston va Pokistonda paxtani etishtirish uni birlamchi qayta ishlash texnologiyasiga oid ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar juda kam. Ma’lumki, bu mamlakatlar juda katta ish kuchi resurslarga ega. Ayrim risolalarga tayangan holda shuni ta’kidlash mumkinki, XXR ning ba’zi bir provinsiyalarida yaxshi pishib etilgan ammo ochilmagan kо‘saklar qulda terilib olinib ayvonlarda 1,5-2,5 hafta mobaynida quritiladi, sо‘ngra tо‘liq ochilgan chanoqlardan paxta qо‘lda ajratiladi. Bunday usulda tayyorlangan paxta xom-ashyosidan chiqqan tolada tabiiy rangi tulaligicha saqlanib qoladi, uning sifat kо‘rsatgichlari (ifloslik, tolaning texnologik xususiyatlari) jahon standartlariga tо‘la-tо‘kis javob beradi. Hindistonning ayrim shtatlarida g‘о‘za daraxtsimon о‘simlik bо‘lib, hosildorligi 5-7 ts/ga dan oshmaydi. Etishtirilgan hosil qо‘lda teriladi, uning ancha qismi erga tо‘kilgan bо‘ladi. Tabiiyki, yig‘ib-terib olingan hosilda nafaqat qо‘rigan barg va begona о‘tlar qismlari, balki qum, chang, kesak va boshqalar meyoridan ancha kо‘p bо‘ladi. Shuning uchun ham paxta sifati juda past bо‘ladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling