Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
Download 1.01 Mb.
|
9-маъруза (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Paxta xom ashyosini saklash va kayta ishlashning tarixi va rivojlanish istikbollari.
3. Paxta xom ashyosini saklash va kayta ishlashning tarixi va rivojlanish istikbollari. G‘о‘za о‘z vatanida kо‘p yillik daraxtsimon о‘simlik. Kо‘p yillik g‘о‘zalarning bо‘yi 5-7 m, ba’zan 10-20 m ham bо‘ladi. О‘zbekistonda etishtiriladigan navlarniki 90-100 sm atrofida bо‘ladi. Kо‘p yillik g‘о‘zalar poyasining er betidagi yaqin qismining yug‘onligi 15-30 sm va undan ham ortiq bо‘ladi. Madaniy g‘о‘zalarda esa 1-3 sm chamasida bо‘ladi. Ma’lumki, paxta tolasidan gazlama tо‘qish ishi eng qadimgi davlatlardan biri Hindistonda ilk bor amalga oshirilgan (5000 yil oldin). Eron va Arabistonda g‘о‘za о‘stirish bundan 2600-2700 yil ilgari mavjud bо‘lgan. О‘rta Osiyoda eramizdan avval II asrda paxta etishtirish yо‘lga qо‘yilgan. Bu xududda eramiz boshida, ya’ni 200-300 yillarda sifatli gazlamalar ishlab chiqarilgan. G‘arb davlatlarida paxta tolasidan gazlamalar ishlab chiqarish faqatgina XVIII asrning ikkinchi yarmida yо‘lga qо‘yilgan edi. Undan ilgari Evropada g‘о‘za tо‘g‘risida «meva о‘rniga nisbatan sifatli, mayin jun beruvchi» о‘simlik (Gerodot, eramizdan avval 450 y.) deb ta’riflangan fantastik afsonalar tarqalgan edi. XVI-XVII asrlarda g‘о‘zani umrida hech qachon kо‘rmagan g‘arb sayohlari uni qо‘yga о‘xshash hayvon sifatida ta’riflaganlar. Eli Uitn (AKSH) 1873 yilda tola ajratuvchi mashina kashf qilgach, paxtani qayta ishlash sanoati jadal rivojlana boshlandi. Shunga qadar paxta tolasi chigitdan qо‘l bilan chig‘iriqlar yordamida ajratilar edi (har bir chig‘iriq kuniga 8 kg paxta tolasini chigitdan ajratishi mumkin). 1913 yilda hozirgi О‘zbekiston xududida 517 ta paxta tozalash zavodi bо‘lgan. Shu yili 178,5 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqilgan. Hozirda Respublikamizda 102 ta paxta tozalash zavodi, 455 ta tayyorlash punkti ishlab turibdi. Hozirgi vaqtda dunyoda asosiy paxta etishtiruvchi davlatlar rо‘yxatiga quyidagilar kiradi: (Tola yalpi hosili, ming t.) XXR-5472, AQSH-3484, Hindiston-3067,5, Pokiston-2200, О‘zbekiston-1049, Turkiya-660, Avstraliya-301,2. Undan tashqari Braziliya, Misr, Meksika, Yunoniston va boshqa mamlakatlarida paxta etishtiriladi. О‘zbekistonimiz о‘zining qadimiy dehqonchilik maktabi va an’analariga ega. Qadimiy manbalarga kо‘ra, paxtachilik bizga miloddan avvalgi 2000 yillarda kirib kelgan va uni qayta ishlash sohasi ham deyarli о‘sha vaqtlarda paydo bо‘lgan. Paxtani qayta ishlash – tozalash, chigitdan ajratish, tola va momiq olish ishlari ham paxta ekish bilan bir vaqtda boshlanib, asrlar mobaynida, taxminan XIXasr oxiri – XX asr boshlarigacha eng oddiy usulda, ya’ni chig‘iriq, charx, devcharx, yig, savag‘ich kabi sodda mehnat qurollarida bajarib kelingan. Chor Rossiyasining О‘rta Osiyoni о‘z mustamlakasiga aylantirishdan kо‘zlagan asosiy maqsadi ham paxta etishtirish qulay bо‘lgan maydonlarni egallash va bu bilan о‘zining tо‘qimachilik korxonalarini bu qimmatli xomashyo bilan ta’minlashdan iborat bо‘lgan. Chor Rossiyasining savdogar va sanoatchilari avvaliga bozorlardan chig‘iriqdan chiqarilgan paxta tolasini sotib olish bilan cheklangan bо‘lsa, keyinchalik sohani rivojlantirish maqsadida ular tomonidan Meksikadan tezpishar о‘rta tolali paxta navlarini olib kelinishi paxtachilik bilan shug‘ullanadigan yirik shirkatlarning tuzilishiga, paxta tozalash zavodlarining qurilishiga sabab bо‘ldi. Turkistonda bug‘ mashinasi yordamida ishlaydigan birinchi paxta tozalash zavodi 1874 yili Toshkentda qurilgan. Bir necha yildan keyin Andijon, Kattaqо‘rg‘on, Samarqand, Marg‘ilon, Qо‘qon va Namanganda shunday zavodlar ishga tusha boshladi. Bu korxonalarda deyarli barcha ishlar qо‘lda bajarilar edi. Etishtirilgan paxta hosilini dehqonlardan sotib olish, uni zavodlarda qayta ishlash va tolani pullash bilan yirik firmalar shug‘ullanar, ular о‘zlarining komissioner (tarozidor)lari orqali dehqonga qarz berib, kelgusi paxta hosilidan kо‘riladigan katta foyda evaziga bо‘nak tarqatar, dehqon esa о‘zi etishtirgan mahsulotni faqat bо‘nak bergan tarozidorga topshirar, tarozidorlar esa Turkistonda etishtirilgan paxtaning tо‘rtdan uch qismini sotib olishar edi. Shunday qilib, о‘zbek dehqonlari Rossiyaning sudxо‘r savdogarlari kapitaliga qaram bо‘lib qolgan edi. 1913 yili Turkistonda 424,6 ming gektar maydonga paxta ekilgan va uchta dehqonchilik viloyati: Farg‘ona, Sirdaryo va Samarqandda 208 ta kamquvvatli paxta zavodi mavjud bо‘lib, ularda 8000 nafardan ziyod ishchi mehnat qilgan. 1918 yilga kelib paxta sanoatini milliylashtirish jarayonida 296 ta paxta tozalash zavodidan 120 tasi qisman mexanizatsiyalashtirilgan. Qolganlari esa qо‘l mehnatiga asoslangan. Oradan uch yil о‘tgach esa, turli sabablarga kо‘ra, atigi 16 ta paxta zavodi qolgan. Faoliyati tо‘xtatilgan zavodlarning asbob-uskunalari talon-taroj qilingan. О‘sha davrda Turkistonda paxtani qayta ishlaydigan korxonalar uchun uskunalar ishlab chiqariladigan mashinasozlik zavodi bо‘lmagan. Faqatgina 1927 yili Toshkentda birinchi mashinasozlik zavodi ishga tushirilgach, paxta maydonlari ham birmuncha kengaygan. О‘sha yillari О‘zbekiston bо‘yicha 543,2 ming gektarga paxta ekilib, hosildorlik gektariga 10,52 sentnerni tashkil qilgan. Bu hosilni о‘z vaqtida sifatli qayta ishlash uchun yuqori quvvatli paxta zavodlari zarur bо‘lgan va 1928 yilga kelib, О‘rta Osiyodagi paxta tozalash zavodlari soni 62 taga etgan. 1940 yilda О‘zbekistonda tola ishlab chiqarish 500 ming tonnaga etgan bо‘lsa, Ikkinchi jahon urushi yillarida gektaridan olinadigan hosil sezilarli darajada kamaygan, ya’ni 1943 yili bu kо‘rsatkich 8 sentnerdan oshmagan. 1958 yilda ishlayotgan paxta tozalash zavodlarining quvvati 3,5 million tonna paxtani qayta ishlash imkoniga ega bо‘lgan. 1980 yilga kelib, haqiqiy ishlab chiqarilgan tola miqdori 1745, 3 ming tonnani, jinlar soni esa 729 tani tashkil etgan. Kо‘rinib turibdiki, mamlakatimizda paxtachilik va uni qayta ishlash tizimi katta yо‘lni bosib о‘tgan. Lekin faqat О‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin barcha sohalarda bо‘lgani kabi paxta sanoatida ham haqiqiy rivojlanish davri boshlandi.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling