Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


AQSH paxtachiligining о‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.01 Mb.
bet5/6
Sana16.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1781028
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-маъруза (2)

AQSH paxtachiligining о‘ziga xos xususiyatlari. Paxtachilikni mexanizatsiyalashtirish, paxta xom-ashyosini qayta ishlash texnikasi va texnologiyasining mukammalligi darajasi bо‘yicha AQSH jahonda etakchi о‘rinni egallaydi.
Paxtachilik AQSH qishloq xо‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Mamlakatning janubiy-g‘arbiy, janubiy-sharqiy va janub-markaziy qismlarini о‘z ichiga olgan Atlantika okeanidan Tinch okeanigacha bо‘lgan xududlarining tabiiy-iqlim sharoitlari g‘о‘za parvarishi uchun juda qulaydir. Paxta etishtiriladigan barcha 19 ta shtatning xududlari 37 paraleldan quyida joylashgan. Mavsum davrida havoning harorati deyarli о‘zgarmaydi, eng muhimi erta sovuqlar tushmaydi. Xususan, sovuqsiz kunlar shimoliy xududlarda 180-200 kecha-kunduz, janubda 235-260 kunni tashkil etadi. Paxta etishtiriladigan joylarda о‘rtacha harorat 18-20 0S atrofida bо‘ladi.
AQSH da chigit ekish tuproq harorati 18-20 0S tashkil etganda boshlanib, aprel oyining oxiri, may oyning boshlarida tugallanadi. Tuksizlantirilgan urug‘lik chigitlarini tayyorlash ilg‘or texnologiyasi chigitlarni kam sarf qilingan holda 30 kg/ga atrofida uyalab ekish keng qо‘llanilishi asosidadir. Shu sababli paxta etishtirish jarayonida AQSH da g‘о‘za nihollari odatda yagana qilinmaydi. Hosilni yig‘ib-terib olish va uni qayta ishlash muddati chigit ekish muddati va g‘о‘zaning seleksiya naviga bog‘liq. Bu ishlar о‘rta tolali navlar uchun oktabr-dekabr oylari о‘rtalarigacha davom etadi, uzun tolali paxta uchun oktabr oylarida boshlanib fevral oyining о‘rtalarigacha chuziladi. Tez pishar navlar ekilgan dalalarda yig‘im-terim sentabr oyida boshlanadi.
Paxtani asosan fermer xо‘jaliklari (ularning soni 500000 ga yaqin bо‘lib, har biriga taxminan 15 ga er maydoni tо‘g‘ri keladi) etishtiradi, ular kam xarajatlar evaziga yuqori sifatli, jahon standartlari talablariga javob beradigan paxta mahsulotlari ishlab chiqarishdan о‘ta manfaatdordirlar. Hozirgi paytda er maydoni 800 gektargacha bо‘lgan yirik xususiy fermer xо‘jaliklari tashkil etilmoqda. Ular paxtani etishtirib, о‘z paxta zavodlarida qayta ishlab, tayyor mahsulotni о‘zaro shartnoma asosida sotadilar.
Bunday yaxlit agrosanoat komplekslarini tuzish, paxta etishtirish, saqlash va uni birlamchi qayta ishlash borasidagi texnologik jarayonlarni bir-biriga uzviy bog‘langan holda amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Paxtachilik firmalari turli rusumdagi zamonaviy erga ishlov beradigan kam, о‘rtacha va katta quvvatga ega bо‘lgan traktorlar va boshqa qishloq xо‘jalik mashinalari bilan etarli darajada ta’minlangan.
AQSH da yuqori texnologik xossalarga ega bо‘lgan, inson va hayvonlar sog‘ligiga zararli ta’sir etadigan gossipol moddasi bо‘lmagan paxtaning seleksiya navlari yaratilgan va etishtiriladi. Shuningdek, mamlakatning paxta etishtiriladigan ba’zi xududlarining ob-havo sharoitlarini inobatga olinib, hosili kuchli shamol ta’sirida tukilmaydigan g‘о‘za navlari ekiladi.
Ekish davrida turli mashinalar va osma qurilmalar yordamida bir vaqtning о‘zida, urug‘ ekish, ug‘itlash, erga gerbitsid va fungitsid solish jarayonlari amalga oshiriladi.
Urug‘lik chigitlarni tayyorlashga juda katta e’tibor beriladi. Urug‘lik fondi bilan maxsus firmalar shug‘ullanadi. Davlat ilmiy-izlanish tashkilotlari urug‘chilik uslublarini ishlab chiqadi. Tuksizlantirilgan urug‘lik chigitlarini ishlab chiqaruvchi firmalar katta maydonlarda dehkonchilik qiladilar. Ular eng yangi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan linterlash va chigitni tayyorlash sexlariga ega bо‘lgan paxta zavodlariga ega.
Paxtani terib olish uchun gorizontal shpindelli 2 qatorli mashina (pikkerlar) lar ishlatiladi. Paxtaning iflosligini kamaytirish uchun (45-50%) «pikker»ning takomillashtirilgan variantidan foydalaniladi. Bu mashinalarda paxta xom-ashyosi chanoqlar bilan birga terilib, maxsus nov (jelob) dan shpindelli barabanlarga uzatiladi, u erda paxta chanoqlardan ajratiladi va mashina bunkeriga uzatiladi. Vatanimiz olimlari va mutaxassislari Respublikamiz sharoitida «pikker»lar kо‘rak yig‘uvchi mashina sifatida foydalanish katta samara berishini ta’kidlamoqdalar.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling