1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamiyati


(Z). Ushbu omillaming ko‘paytmasi ish haqi fondi hajmiga teng  bo‘ladi: T • CH •


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana19.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1608088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Иқтисодий таҳлил ва аудит 1 маъруза 1 3 мавзулар 2

(Z).
Ushbu omillaming ko‘paytmasi ish haqi fondi hajmiga teng 
bo‘ladi:
T • CH • 
z.
Shulardan birinchi ko‘rsatkich miqdoriy omil (T); ikkinchi 
va uchinchi ko‘rsatkichlar sifatiy omillar hisoblanadi. Demak, 
birinchi navbatda miqdoriy omil ta’siri, keyin sifatiy omillar ta’siri 
navbati bilan (ketma-ket joylashishi saqlangan holda), ya’ni quyi­
dagi tartibda aniqlanadi:
1. Mehnat haqi fondining o‘zgarishiga xodimlar soni o‘zga- 
rishining ta’siri:
(T, - T0) • CH0 • Z0 = +At.
2. Mehnat haqi fondining o‘zgarishiga bir ishlovchiga to‘g‘ri 
keladigan soatlar sonining o‘zgarishini ta’siri:
(СНг - CH0) • Tj • Z0.
3. Bir kishi-soat hisobiga to‘g‘ri keladigan mehnat haqi dara­
jasi o‘zgarishining ta’siri:
(Zt - z 0) • Tj ■
CHr
Zanjirli bogianish usuli. Ushbu usul ham farqlash va qayta 
hisoblash usullari kabi o‘rganilayotgan jarayonni ifodalovchi ko‘r- 
satkichlar orasidagi bog‘lanish, ya’ni natija bilan omillar orasidagi 
bog‘lanish funksional xarakterga ega bo‘lgan taqdirda ishlatiladi. 
Bu usulda har bir ta ’sir etuvchi omilning natijaga ta ’sirini 
aniqlash yo‘li uslubiy ketma-ketlikka ega. Natija o‘zgarishiga 
omillar ta ’sirini aniqlashdagi uslubiy ketma-ketlik tamoyili 
shundan iboratki, rejadagi yoki o'tgan yildagi ko‘rsatkichlarni 
hisobot ko‘rsatkichlari bilan navbatli almashtirishni to‘g‘ri bel- 
gilash lozim. Rejadagi yoki o‘tgan yildagi omilli ko‘rsatkichlarni
7


almashtirishda miqdor va sifat ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor 
beriladi.
Ko‘rsatkichlarni qatorlashda, analitik jadval tuzishda dastlab 
miqdor ko‘rsatkichlar, so‘ngra sifat ko‘rsatkichlar (joylashtiriladi). 
Boshqacha aytganda, dastlabki qatordagi ko‘rsatkichlar haqiqiy 
qatordagi ko‘rsatkichlar bilan joy almashib, oxirgi qatordagi haqiqiy 
ko‘Tsatkichlar holatiga keltiriladi. Bunda birinchi qator ko‘rsat- 
kichlar har doim rejadagi (bazis yilidagi) ko‘rsatkichlami (dastlabki 
ko‘rsatkichlami), oxirgi qator esa haqiqiy (hisobot yilidagi) ko‘r- 
satkichlami ifodalaydi. Birinchi qator bilan oxirgi qator orasidagi 
qatorlar «shartli ko‘rsatkichlar» hisoblanadi. Yonma-yon turgan 
qatorlar orasidagi o‘zgarish natijaning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi 
bir omilning ta’sir darajasini ko‘rsatadi. Omillar ta’sirining yig‘indisi 
har doim umumiy o‘zgarish (natijaning o‘zgarishi)ga teng kelishi 
kerak.
Buni ish haqi fondini tahlil etish uslubi misolida ko‘rib chi- 
qamiz. Ish haqi fondining o‘zgarishiga 3 omil ta’sir qiladi:
1. ishlovchilaming o'rtacha yillik soni (T)ning o£zgarishi;
2.1 ishlovchining o‘rtacha yillik ishlagan kishi-soatlari 
(CH)ning o ‘zgarishi;
3.1 kishi-soat hisobiga hisoblangan ish haqi darajasi (Z)ning 
o‘zgarishi.
Ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zaro ko‘paytmasining yig‘indisi 
ish haqi fondining hajmiga teng bo‘ladi:
T • CH • Z = XTCHZ.
Ish haqining umumiy o‘zgarishi:
Г Г , C H , Z t - T 0 C H 0 z 0 = ±ATCHZ
Demak, ish haqi fondining o‘zgarishiga uchta omil ta’sir qiladi. 
Bulaming ta’sirini aniqlashdan oldin quyidagi boglanish ko‘rsat- 
kichilari (ya’ni ish haqi fondi ko‘rsatkichilari) aniqlab olinadi.
I. ST0CHnZQ
— bazis davridagi ish haqi fondi.
II. ETjCHgZ,, — shartli ish haqi fondi (1-shartli).
III. XT, CHj Z — shartli ish haqi fondi (2-shartli).
IV. XT, CH, Z x — hisobot davridagi ish haqi fondi.
Shundan so‘ng omillar ta’siri quyidagicha aniqlanadi:
1. xodimlar soni o‘zgarishining ta’siri:


ГГ, СН0 Z0 - Т0 СН0 Z0 = iA .
2. 1 kishining ishlagan soatlari o‘zgarishining ta’siri:
ГГ, CH, Z0 - T, CH0 Z0 = ±ACH
3.1 
kishi-soat hisobiga hisoblangan ish haqi darajasi o‘zga- 
rishining ta’siri:
ГГ, CH, Z, - T, CH, Z0 = ±AZ.
Shundan so‘ng omillar ta’siri umumlashtirilib, natija o‘zga- 
rishiga baho beriladi, imkoniyatlar ko‘rsatiladi.
Iqtisodiy tahlilda statistik usullar bilan bir qatorda, matematik 
usullar ham qo‘llaniladi. Shular jumlasiga korrelyatsiya, dispersiya, 
integral usullarini kiritish mumkin.
Matematik usulni qo‘llash asosida:
— iqtisodiy tahlilni bajarish muddati tezlashadi;
— o‘zgarishlar va ulaming ta’sirini aniq hisoblash mumkin bo lad i;
— oddiy, an’anaviy usullar bilan hisoblab bo‘lmaydigan murak- 
kab omillar va ko‘p omilli ko‘rsatkichlami to‘liq o ‘rganish imko- 
niyati tug‘iladi;
— hisoblash texnikalandan foydalanish osonlashadi va h.k.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling