1.4. -rasm. Yalpi taklif egri chizigining oraliq kesimidagi iqtisodiy muvozanat
AS egri chizig’i gorizontal, ya‘ni ishlatilmayotgan bo’sh resurslarning mavjudligini anglatadi, bu esa ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga zamin bo’lishi mumkin. AS egri chizig’ining Keynscha kesimi nol ishlab chiqarishdan to’liq bandlik bilan yerishilgan hajmgacha cho’ziladi, bunda AS egri chizig’i vertikal ko’rinishda bo’ladi. (1.4 -rasm).
AD barqaror emas, hatto pul massasi o’zgarmasa ham u o’zgaruvchan, chunki AD ning tarkibiy qismlaridan biriga, ya‘ni investitsiyalarga ko’plab omillar ta‘sir qiladi.
ADning qisqarishi AD egri chizig’ining AD1 holatiga siljishiga olib keladi, bu esa bandlik va milliy ishlab chiqarish hajmining bir xil narx darajasida kamayishini anglatadi. Ushbu holat uzoq vaqt davom etishi mumkin. Shu sababli, iqtisodiyotni depressiyadan chiqarish uchun Keyns davlat harajatlarini investitsiyalar va xarid qilish va rag’batlantirish shaklida kopaytirish, shuningdek soliqlarni va foiz stavkalarini pasaytirishni taklif qiladi. Bu bilan davlat yalpi talabni rag’batlantiradi, ya‘ni oshiradi.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida AD egri chizig’i avvalgi holatiga qaytishi yoki to’liq bandlikka yerishilganda "AD2 holatiga o’tishi" mumkin. AS egri chizig’i gorizontal ko’rinishga ega bo’ladi.
Talabning oshishi bilan firmalar birmuncha vaqt ishchilarni yollashadi, ishlab chiqarishni ko’paytiradi va talabni oldingi narx darajasida qondiradi. Shuning uchun AS egri chizig’i gorizontal ko’rinishda bo’ladi. Agar nominal ish haqi qattiq bo’lsa va narxlar nisbatan moslashuvchan bo’lsa, unda AD o’sishi natijasida ularning o’sishi real ish haqining pasayishiga olib keladi va ishchi kuchi arzonlashadi. Bu firmalarning ishchi kuchiga bo’lgan talabini oshiradi va ishlab chiqarish hajmi oshadi. AS egri chizig’i ijobiy nishabga ega bo’ladi.
Yalpi talab egri chizigi yalpi taklif egri chizig’ini oraliq kesmada kesib otadi va uning siljishi narx darajasining va real YaIMning ozgarishi bilan birga keladi (1.5-rasm).
Rasmdan korinadiki, yalpi talabning AD1dan AD2 ga o’sishi yalpi taklif egri chizigi boylab milliy ishlab chiqarish hajmining Q1 dan Q2ga qadar oshishiga olib kelmoqda. Ammo, bu k o’payish ayni paytda narxlar darajasining oshishi ( R1dan R2ga) bilan birga yuz byermoqda. Bu esa oraliq kesmada iqtisodiyotdagi ishlab chikarish resurslari asta-sekin to’la bandlik
Do'stlaringiz bilan baham: |