Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlash quyidagi asosiy usullar yordamida amalga oshiriladi:
1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli;
2. Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usulida, birinchidan, ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko’rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), ikkinchidan esa, iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste‘mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (S+In) olinadi.
M azkur modelda yalpi investitsiyalar o’rniga sof investitsiyalar ko’rsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YaIM o’rniga SMM ko’rsatkichining qo’llanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (Xn) e‘tiborga olinmaydi.
1.7 - rasm. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning yalpi
sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli
Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta‘minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+In) teng bo’ladi, ya‘ni SMM= S+In (1.7- rasm).
Chizmadan ko’rinadiki, 45 gradus burchak ostida o’tuvchi to’g’ri chiziq orqali yalpi sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi tenglik ifodalanadi. Bu to’g’ri chiziqning har qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo’nalishdagi chiziqlar teng miqdorlarni ko’rsatadi. S chizig’i esa iste‘mol sarflari miqdorini aks ettirib, daromad (ya‘ni SMM) hajmi oshib borishi bilan uning darajasi ham o’sib boradi. YAlpi sarflar (S+In) chizig’ini hosil qilish uchun iste‘mol sarflarining (S) turli hajmiga mos tushuvchi sof investitsiyalar (In) miqdori qo’shib boriladi. Bu o’rinda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirish ko’zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi daromad darajasiga bog’liq emas, deb qabul qilinadi. Shu sababli yalpi sarflar chizig’i iste‘mol sarflari chizig’idan In miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi.
Chizmada iqtisodiy muvozanatga E nuqtada yerishiladi, ya‘ni aynan shu nuqtada ishlab chiqarilgan sof milliy mahsulot hajmi (SMME) iste‘mol qilingan mahsulot hajmiga (S+In)E teng keladi. To’la bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik chizmada retsession yoki inflyatsion farq ko’rinishida ifodalangan. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo’lgan miqdori retsession farq, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi degan fikrga asoslanadi. Biroq, aholi bu daromadning bir qismini iste‘mol qilmasdan jamg’armaga qo’yishi mumkin.
Jamg’arma ―sarflar — daromadlar‖ oqimidan potensial sarflarni olib qo’yish hisoblanadi. Bunda jamg’armaga qo’yilgan mablag’ investitsiyalar bilan to’liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo’ladi (1.8-rasm).
Investitsiyaviy sarflarning ko’payishi ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o’sishiga olib keladi. Bu o’zaro natija multiplikator samarasi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |