Kurs ishi mavzu: “ishlab chiqarishning muvozanat darajasini aniqlash usullari. Keynscha va klassik modellar” Ilmiy rahbari: dots. Tursunov A. M


-rasm. Jamg`arish-investitsiya grafigi5


Download 370.77 Kb.
bet9/14
Sana18.06.2023
Hajmi370.77 Kb.
#1584624
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
“ISHLAB CHIQARISHNING MUVOZANAT HAJMINI ANIQLASH USULLARI KEYNSCHA(1)

2.1-rasm. Jamg`arish-investitsiya grafigi5

1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o`zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi.


Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to`liq bo`lmagan bandlik sharoitida ham erishish mumkinligini, to`la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro`y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog`liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg`armalarga bevosita bog`liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi.
Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg`armalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro`y beradi.(7.2-rasm).
Bunga sabab birinchidan, jamg`arish va investitsiyalash to`g`risidagi qarorlarni har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishi bo`lsa. ikkinchidan, jamg`aruvchilar va investorlarni jamg`arish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamg`arma va investitsiyalar bitta omilga bog`liq bo`lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati o`zining ish haqi miqdoridan ortiq bo`lgan mahsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg`arishadi. Jamg`armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste‘molini qondirish maqsadida, ya‘ni, uy xo`jaliklari oila boshlig`ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini ta‘minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg`armalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi.
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.
Klassiklar nazariyasi bo`yicha jamg`arma va investitsiyalar miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo`jaliklari kamroq iste‘mol qilib, ko`proq jamg`arishga harakat qilishadi. Uy xo`jaliklarida jamg`armalarning ko`payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o`z vaqtida investitsiyaning o`sishini ta‘minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi iste‘mol va jamg`arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan holda Keyns o`zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi.
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo`qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko`p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o`zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir.
Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zahiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg`arma va investitsiyalar miqdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlaydi‖6.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o`zgarishlar tovar moddiy zahirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi :E=C+ I +G+Xp ko`rinishiga ega.
Dekmak uning grafigi iste‘mol funksiyasi (C=a+ b (Y-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xn miqdorda yuqoriga surilgan bo`ladi. Keltirilgan Xn -sof eksport bo`lib, uning funksiyasi esa quyidagi ko`rinishga ega:

Download 370.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling