Kurs ishi mavzu: Jahon bozori va uning shakllari Bajardi: 221 Buxgalteriya hisobi va auditi guruhi talabasi


Oʻzbekistonning Jahon bozoriga kirib borishida imkoniyatlar yanada kengaydi


Download 63.81 Kb.
bet8/12
Sana28.01.2023
Hajmi63.81 Kb.
#1135052
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Qobulova Munojot jahon iqtisodiyot — копия

2.3. Oʻzbekistonning Jahon bozoriga kirib borishida imkoniyatlar yanada kengaydi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirmoqda. Sobiq Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda tashqi iqtisodiy aloqalar olib borish imkoniyatidan mahrum etilgandi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon savdosida ishtirok etilmasdi. Bu masalalarda o‘zining intellektual salohiyatdan, iqtisodiy va tabiiy resurslari potensialidan to‘lig‘icha foydalana olmagan. Respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarda ishtirok etishi barcha masalalari markaz ko‘rsatmasi ostida hal qilinardi. Endi O‘zbekiston mustaqillikka erishgach jahon hamjamiyatining huquqli a’zosiga aylandi. Respublika nufuzi katta sanoat potensiali, malakali mehnat resurslari mavjudligi bilan mustahkamlanmoqda. Bular yuqori texnologiyali mahsulotlar: samolyotlar, avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari va taraqqiy etgan mamlakatlarga xos boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Respublikani xorijiy mamlakatlar bilan tashqi-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi uchun katta imkoniyatlari mavjud. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida tashqi savdo sur’atlari sezilarli o‘sdi. 1992-2005 yillar orasida tashqi savdo hajmi qariyib 3,6 marta ko‘paydi. Birgina 2005 yilda tashqi savdo oboroti 17,3 % ga ko‘paydi. Savdo operatsiyalari tobora xilma-xil bo‘lib, tovar va xizmatlarning keng turlarini qamrab olayapti, respublika korxonalarini yangi mahsulot turlari bilan to‘ldirayapti.
Tovar aylanmasining o‘sishi mamlakat korxonalarining eksport faoliyati
faollashuvi evaziga, ham chetdan va xizmatlar harid qilish hajmi kengayishi
hisobiga amalga oshdi. Eksport sur’atlari o‘sishi import o‘sishidan o‘rtacha 2-3 marta o‘zib ketdi. Mamlakatning to‘lov balansi mustahkamlandi. 1998 yildan buyon respublikada tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldo ta’minlanayapti. Bu esa milliy valyutaning mustahkamlanishi va uning ichki va tashqi konvertatsiyasida yutuqlarga erishish uchun ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qiladi.
Eksport. O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlar yillarida eksport va import tuzilishi anchagina takomillashdi. 1990-2005 yillar davomida respublika eksportida xomashyo resurslari realizatsiyasi 98 % dan 60 % ga yaqin kamaydi. Shu bilan birga mustaqillikning birinchi yillaridagidek paxta tolasi eksport ulushi respublika eksportining 1/5 ni tashkil qilmoqda. Shuni ta’kidlash zarurki, bir vaqtning o‘zida eksportda paxta gazlamalari, iplar, trikotaj buyumlar va boshqa paxtadan tayyorlangan to‘qimachilik materiallari salmog‘i anchagina oshdi. Eksportning o‘sishida to‘qimachilik mahsulotlari esa 2005 yilda 16 % darajada baholandi. Hozirgi kunda mamlakat eksport nomenkulaturasi ro’yxatini polietilen, paxta sellyulozasi, shisha tolasiga asoslangan quvurlar, yangi turdagi kabel-o‘tkazgichlar, elektrotexnika mahsulotlari va juda ko‘p boshqa tovarlar egallamoqda. Eksport tarkibida mineral va kimyo mahsulotlari, rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, mashina, asbob va uskunalar, boshqa tovarlar ulushi ham ko‘paymoqda. Turli xil pudrat ishlarining hajmi, respublika norezidentlari tomonidan ko‘rsatilayotgan moddiy harakteridagi xizmatlar turi ko‘lami ortib bormoqda.
Import. Bu davrda respublika importida oziq-ovqat tovarlari va mahsulotlarini harid qilish ulushi 80 % dan 13 % ga qisqardi. Yangi uskunalar, texnikalar, yangi texnologiyalar sotib olish esa 0,2 % dan 35-45 % ga ko‘paydi. 2005 yilda mashina, asbob va uskunalar sotib olish qariyib 300 mln. dollarga yetdi. Import ulushida ishlab chiqarish vositalari ham o‘sdi. Import tuzilishi sifat jihatidan o‘zgardi. Importda doimiy ravishda texnik-ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar, mashina, asbob va uskunalar salmog‘i borgan sari oshayapti.

Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda, – deydi iqtisod fanlari doktori Nodir Jumayev.


Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni valyutalar va tovarlar harakati ko‘lamining kengayishida muhim o‘rin tutadi
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “... nima uchun bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‘zbekistonnning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz. Shuning uchun xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan edilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi Darhaqiqat, globallashuvning zarurati mamlakatimiz tashqi savdodasida hamkor davlatlarning ahamiyati va integratsiyaning zaruratini o‘zida aks ettirmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini mustahkamlash, savdo munosabatlarnini erkinlashtirish blan birga kapital va ishchi kuchi xarakatini soddalashtirilishida integratsion jarayonlarning roli o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda. So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida, unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi ta’sirini baholash uchun tadqiqot o‘tkazmoqda. Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining milliy chegaralarni e’tiborga olmay uzluksiz kengayishini anglatadi.Bozorlar raqobat va ishchi kuchining ixtisoslashuvi orqali samaradorlikni rag‘batlantiradi, ya’ni insoniyat imkon qadar samaradorlikka intiladi. Global bozorlar insoniyatga jahon bo‘ylab ko‘proq va kattaroq bozorlardan foydalanish borasida kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu shuni anglatadiki, ular yanada ko‘proq kapital oqimi, texnologiya, arzon import va yirik eksport bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lekin bozorlar samaradorlikning oshishidan ko‘riladigan manfaatlarni barcha uchun teng taqsimlanishini kafolatlay olmaydi. Globallashuv kechagina sodir bo‘lgan voqelik emas. Ba’zi tahlilchilar jahon iqtisodiyoti 100 yillar oldin ham bugungi kundagidek globallashganligini e’tirof etadilar. XIX asr oxirlariga kelib, milliy daromad tarkibidagi tashqi savdo oqimining ulushi deyarli bugungi kundagidek edi, zero, kapital, transferlar nisbatan yirikroq, insonlarning ko‘chib o‘tishi darajasi immigratsiyaga to‘siqlarning mavjudligiga qaramay bugungi kunga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Lekin shuni tan olishimiz kerakki, bugungi kunda tijorat va moliyaviy xizmatlar avvalgi davrdagiga nisbatan ancha taraqqiy etgan va chuqur integratsiyalashgan.

Download 63.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling