Kurs ishi mavzu: Jahon moliya munosabatlarida tmk larni o’rni. Bajardi: Burxonov. B tekshirdi: Israilov. Z andijon 2023


Download 145.03 Kb.
bet1/8
Sana07.03.2023
Hajmi145.03 Kb.
#1246577
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Burxonov Bekzod



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI


Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan




KURS ISHI
Mavzu: Jahon moliya munosabatlarida TMK larni o’rni.


Bajardi: Burxonov.B
Tekshirdi: Israilov.Z

Andijon 2023


Mavzu: : Jahon moliya munosabatlarida TMK larni o’rni.
M U N D A R I J A
Kirish
1 Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya munosabatlarining tutgan o’rni
.


2. Trans milliy korporatsiyalarning dunyoda joylashishi va kapitalni taqsimlashdagi roli.



3. Xalqaro moliya bozorining rivojlanish va xalqaro kapital haratining zamonaviy tendentsiyalari.
Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish

Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining kuchayib borishida transmilliy korporatsiyalar muhim o’rin tutadi, ya’ni aynan transmilliy korporatsiyalar globallashuv jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuch sifatida qaraladi. Chunki, transmilliy korporatsiyalar filiallarining dunyo mamlakatlari bo’ylab tarqalishi, mazkur mamlakatlar iqtisodiyotida ishlab chiqarishni rivojlanishiga hamda eksport hajmining oshishiga olib keladi. Eksport-import operatsiyalarining rivojlanishi esa, o’z navbatida mamlakatlar iqtisodiyotining ochiqligini ta’minlaydi. Transmilliy korporatsiyalarda kapitalining harakati, odatda, korporatsiya joylashgan davlatda bo’layotgan jarayonlardan mustaqil ravishda sodir bo’ladi. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar yirik investitsiya va yuqori malakali mutaxasislarni talab qiluvchi yuqori texnologiyali, ilmtalab sohalarga kirib boradi. Ushbu sohalarni transmilliy korporatsiyalar tomonidan monopoliya qilish tendentsiyasi ro’y bermoqda.


Transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi birlashish va qo’shib olishlar kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo’naltirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish va boshqalarga ega bo’lish imkoniyati yuzaga keladi. Shuningdek, transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi birlashish va qo’shib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Bu holat o’z navbatida transmilliy korporatsiyalarning barqaror faoliyat ko’rsatishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Transmilliy korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida muhim o’rin egallaydi. Chunki, aynan transmilliy korporatsiyalarning faoliyati orqali butun dunyo bo’ylab investitsiyalar oqimi harakat qiladi. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham keyingi yillarda dunyodagi etakchi transmilliy korporatsiyalar tomonidan investitsiyalar jalb etilmoqda. Bunday transmilliy korporatsiyalar jumlasiga, Coca Cola, Jeneral Motors, Mitsui, Hyundai, Nestle, Samsung va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar natijasida mazkur mamlakatning jahon xo’jaligi bilan aloqalari rivojlanib boradi. Bu holat esa, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, transmilliy korporatsiyalar bir vaqtning o’zida, xalqaro investitsiya munosabatlari, eksport-import operatsiyalari, xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar rivojlanishiga o’zining ta’sirini o’tkazadi. Mazkur munosabatlarning barchasini xalqaro moliya munosabatlari o’zida mujassam etadi. Korporatsiyalarning milliy va jahon iqtisodiyoti uchun muhimligi ular shakllanishi va faoliyat yuritishi jarayonlarining tegishli ilmiy tahlilini talab etadi. Kapital va ishlab chiqarishning keng ko’lamda bir joyga to’planishi asosida yuzaga keluvchi birlashgan korporativ tuzilmalar bugungi
Davlatimiz rahbari oʻz nutqida 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasining asosiy yoʻnalishlariga batafsil toʻxtaldi. Bular - mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni taʼminlash choralarini izchil davom ettirish, ixcham va yuqori natijador, biznesni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat boshqari tizimini yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi roli va ulushini keskin qisqartirish, tadbirkorlik faoliyatini yanada ragʻbatlantirish, investorlar huquqlarining himoyasini taʼminlash, infratuzilmani jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, mahalliy xomashyo negizida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, inson kapitaliga sarmoya kiritish, tashqi savdoni liberallashtirish va gender tenglikni taʼminlash.
Umuman olganda, amalga oshiriladigan islohotlar natijasida keyingi 5 yil ichida yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollarga, yillik eksport hajmlarini esa 30 milliard dollarga, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 80 foizga yetkazish koʻzda tutilgani taʼkidlandi. Oʻzbekistonning 2030-yilga borib aholisi oʻrtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishish maqsad qilib qoʻyilgan.
Davlatimiz rahbari investorlar uchun eng qulay va jozibador sharoitlarni yaratish, xorijiy hamkor va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli sheriklikni har tomonlama mustahkamlash borasidagi ishlar qatʼiy davom ettirilishini taʼkidladi.
Hozirgi kunda milliy va jahon iqtisodiyotining muhim sub’ektlari bo’lib hisoblanadi. Biroq ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga ko’rsatadigan ta’siri ijobiy hamda salbiy bo’lishi mumkin. Korporatsiyalarning yirik kapitalning afzalliklari bilan bog’liq bo’lgan ijobiy tomonlari iqtisodiy adabiyotlarda etarli darajada o’rganilgan.
TMKlarning milliy iqtisodiyot uchun quyidagi ijobiy tomonlarini alohida ajratib ko’rsatish mumkin: aholi va sanoat uchun keng ko’lamda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish imkoniyati; milliy iqtisodiyotga yangi fan-texnika yutuqlarining kirib kelishi; iqtisodiyotning turli tarmoqlarida barqaror rivojlanishni ta’minlash; mamlakat mintaqalarida iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash; yangi ish o’rinlarini yaratish; kadrlar malakasining oshishi; resurslardan samarali foydalanish tizimining vujudga kelishi; milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro mehnat taqsimotiga qo’shilishini ta’minlash; yangi ish o’rinlarini yaratish; kadrlar malakasining oshishi; resurslardan samarali foydalanish tizimining vujudga kelishi; milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro mehnat taqsimotiga qo’shilishini ta’minlash; investitsion faollikni oshirish; yirik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyati va boshqalar.

1. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya munosabatlarining tutgan o’rni.


Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya munosabatlari o’ziga xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro kredit munosabatlari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo munosabatlari, xalqaro soliq munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari, mamlakatlar to’lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qamrab oladi. Globallashuv jarayoni – jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqimini rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xalqaro xarakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy munosabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlarini murakkablashuviga olib keldi.


Xalqaro moliya doimiy o’zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining o’zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi. Xalqaro moliya tizimining asosiy ishtirokchilar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy karzdorlar. Xalqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi kuch hisoblanadi.
Xalqaro moliya o’zida ob’ektiv asosga ega bo’lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo’lib mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy oqimlar, jumladan, pul oqimlari – import qilingan mahsulot va xizmatlarning to’lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan valyuta tushumlari, ushbu oqimlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo’ladi, shu boisdan mamlakatlar o’rtasidagi pul oqimlari xarakatini namoyon etadi. Shuningdek, kredit mablag’lari oqimi ham ikki tomonlama bo’lib hisoblanadi, bir tomondan qarzning berilishi bo’lsa boshqa tomondan esa, uning qaytarilishi va foizlarning to’lanishi namoyon bo’ladi. Shunday qilib, mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar o’rtasidagi xarakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi bir tomondan valyuta kurslari asosida ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari asosida boshqariladi.
Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Mazkur institutlar va tashkilotlar davlatlararo tuzilmaga ega bo’lib muayyan funktsiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umumlashgan (masalan, BMT byudjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar uchun mo’ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy resurslarning muayyan qismini xalqaro darajada markazlashuvi jahon xo’jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi, bunday resurlarni shakllantirishning iqtisodiy shart-sharoitlari bo’lib, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiroki, kredit va savdo munosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro moliya – bu xalqaro moliya bozori va xalqaro institutlar tomonidan shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini o’z ichiga olgan moliyaviy resurslar xarakati asosida hosil bo’lgan munosabatlar tuzilmasi bo’yicha murakkab tizimdir.
Mamlakat davlat moliyasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni kelitirish mumkin:

  • bitta mamlakat xududidan chiqmaydi;

  • xorijiy sub’ektlarni jalb qilmaydi;

  • milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi;

  • mamlakat ichida amalga oshiradigan hisob-kitoblarni o’zida ifodalaydi.

Xalqaro moliya esa turli xildagi jihatlarni o’rganadi. Bularga:

  • iqtisodiy kategoriya sifatida – moliyaviy resurslarning fondlari bo’lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish asosida tashkil etilgan hamda xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan umumiy ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta’minlash uchun foydalaniladi.

  • institutsional jihatdan – bu banklar, valyuta va fond birjalari, xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalar majmui bo’lib ular orqali jahon moliyaviy oqimlarining xarakati amalga oshiriladi.

  • iqtisodiy munosabat sifatida – bu, jahon bozorida kapital, xizmatlar, tovarlar xarakati vaqtida milliy mahsulotlarning qayta taqsimlanishi jarayonida yuzaga keluvchi pul ko’rinishidagi munosabat. Davlatlararo va transmilliy moliya-kredit munosabatlarini o’z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar ishtirokini ifodalaydi.

Xalqaro moliyaning asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi:

  • taqsimlash funktsiyasi;

  • nazorat funktsiyasi;

  • takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan bog’liq tartibga solish funktsiyasi;

  • barqarorlashtirish funktsiyasi. Mazkur funktsiya jahon xo’jaligi tizimida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar uchun barqaror sharoitni yaratishda namoyon bo’ladi.

Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat:

  1. Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari.

  2. Xalqaro mehnat taqsimoti.

  3. Iqtisodiy aloqalarning baynalmilallashuvi va globallashuvi.

  4. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi.

  5. Ilmiy-texnika taraqqiyoti;

  6. Xalqaro moliya munosabatlarining ko’p tomonlama tartibga solish tizimini takomillashtirilishi;

  7. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskinlashuvi.

Xalqaro moliya jahon xo’jaligining aniqlovchi tizimlaridan biri hisoblanib, milliy va jahon iqtisodiyotiga aniqlovchi ta’sir ko’rsatadi.




Download 145.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling