Kurs ishi mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat: Pedagogik tahlil, xronometraj, pulsometriya, o`tkazish uslubiyati
Download 89.94 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIY O TLAR
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqorida ko'rsatilaitganlardan tashqari pedagog tomonida dars vaqtini samarali o'tkazish maqsadida tashkil qilingan sport snaryadlarni oldindan qo'lay joydan o'rnatilganligini ommaviy inventarlardan mashq bajarishda unumli foydalanganligini dars zichligini maqsadga muvofiq o'rgatish uchun tashkil qilish metodikalaridan foydalan-ganligini o'quvchilarni qayta saflashlarga ketgan vaqtni ham baholash shart. Dars zichligini taxlil qilishda uning ko'rsatgichiga ta'sir ko'rsatgan hamma omillarni aniq bain qilish kerak. Toshkeng shaxridagi № maktabning sinfda praktikant-talaba tomonidan o'tkazilgan darsda xronometraj olib borish. Darsning bu qismida o'qituvchining aybi bilan ijobiy ishlatilmagan vaqt 7,1% ni tashkil qiladi. Bu esa o'qituvchining darsini aniq tashkil qila olmaganligi, oldindan yaxshi tayirlanmaganligi, va o'qituvchilar uchun sharoitini yaxshi emasligi natijasidir. Bu qismdagi motor ziichligining yuqori darajasi, mashqlarni bajarishda o'quvchilar bilan frotal tashkil qilish metodidan foydalanganligidan va tayirgarlik mashqlaridan unumli foydalanishidandir. Shu bilan qayd qilsh kerakki, darsda ishlatilaitgan tayirgarlik mashqlari buyruq va qisqa bir marotaba tushuntirish bilan qo'shib olib boriladi. Shunga qaramasdan o'qituvchi dars tuzilishini buzdi. Chunki, darsning tayirgarlik qismi aslida 20% ni tashkil qilishi kerak bo'lsa, bu darsda esa 30%dan ko'proqni tashkil etdi. Tayirgarlik qismida tanlangan umumtayirgarlik va maxsus mashqlarni sinchiklab qarash natijasida 6-7, 8-9 mashqlar darsning tayirgarlik qismi uchun mashqlarni to'g'ri tanlangan deyish mumkin. Darsning asosoiy qismi uchun 28 daqiqa 15 soniya vaqt ketdi. Umumiy zichlik 39,7% ni tashkil qildi. Bu esa nisbatan kamdir. Buning sababi, dars sistemasining mantiqiy aniq tuzilmaganligi, o'qituvchining darsga yetarli darajada tayirlangaligidadir. Darsning asosiy qismiga motor zichligi 54,6% nitashkil qildi. Bu esa yuqori natija bo'lishiga qaramasdan: past turnikda va akrobatika mashqlarini bajarishda o'quvchilar 4 martadan shu mashqlarni qayta bajarishgan, vaholanki mashqni o'quvchi 8-12 marotabadantakrorlashi kerak edi. Asosiy qismning motor zichligi bu yerda faqatgina «botqoqlikdan o'tish» harakatli o'yini hisobigagina ko'tarilgan. Shuning uchun past turnikda bajarilgan zachet kombinatsiyasiga 50 daqiqa, 35 soniya akrobatik mashqlar orqali koordinatsiya qobiliyatlarini tarbiyalyashga esa 9 daqiqa 55 soniya vaqt sarflangan bo'lsada o'quvchilarning harakatda bo'lgan vaqti 2-5 daqiqida 35 soniyani tashkil qilgan. Bu esa darsni oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishga, o'qituvchi to'g'ri indoshganini, ya'ni bir vazifaga kam boshqasiga esa ko'p vaqt sarflanganini ko'rsatadi. Bundan tashqari haraktli o'yin o'quvchilarni saflashda intizomini buzilishi, ko'p vaqtni sarflanishiga sabab bo'ldi. Darsning yakunlovchi qismida umumiy zichlik +100% ni, motor zichligi esa 83,5 % ni tashkil qiladi. Bu qismida motor zichligining yuqoriligini yurish va saf mashqlarining hisobiga oshgan bo'lsada, yuklamani pasaytirishga qaratilgan. Dars konspektida yakunlovchi qismiga 3-5 daqiqa rejalashtirilgan, haqiqatda esa 2 daqiqa 45 soniya sarf qilindi, bu mashqlarning ketma-ketligini noto'g'ri joylashganligidandir. Dars oldiga qo'yilgan vazifalarning 2 tasi: past turnikda zachet kombinatsiyalarni takrorlash, akrobatik mashqlar orqali koordinatsiya qobiliyatlarini tarbiyalash to'liqligicha amal oshirilmadi. Darsning ketma-ketligi va shu darsga tayirlanishda bir yillik rejadagi jismoniy yuklamaning dinimikasi hisobga olimaganligi, o'quvchilarni tashkil qilishda qo'pol hatolarga yo'l qo'yilganligi, shu darsga puxta tayirlanmaganlikni, o'z tajribasiga ishonb xatolarga yo'l qo'yganligini ko'rsatadi. Darsning asosiy qismida, asosiy inventarlardan tashqari, qo'shimcha mashqlar tizimidan hamda standart bo'lmagan enventarlardan foydalanish tavsiya qilinadi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019-yil 29-yanvarda tasdiqlangan qarori Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti (I-tom) farg‘ona - 2019 Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti (II-tom) farg‘ona - 2016 Salimov O’.Sh. Jismoniy madaniyat nazariyasi va tarixi (Uquv qo’llanma). Termiz: “Surxon-Nashr”, 2020 y. — 220 b. A. Abdullaev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild)/ Toshkent / «NAVRUZ» nashriyoti, 2017. - 400 bet.8 A. Abdullaev Xankeldiev. Sh.X. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild)/ Toshkent / «NAVRUZ» nashriyoti, 2017. - 400 bet. X.Tulenova, P.Xujaev, M.Xujaevab X Meliev; Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. (1-qism) O’zbekistan Respublikasi oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi. — T: , 2018. - 272 b Mahkamdjanov K.M. “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” darslik T.: Iqtisod-Moliya, nashriyoti 2018 y. Salomov R.S. “Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish”, o‘quv qo‘llanma T.: O‘zDJTI nashriyoti 2019 y. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobilitlarni rivojlantirish. O‘quv qo‘llanma. T.: 2016. Salomov R.S. “Sport mashg‘ulotlarining nazariy asoslari” o‘quv qo‘llanma T.: O‘zDJTI nashriyoti 2017 y. Abdullaev A., Xonkeldiev Sh.X. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” o‘quv qo‘llanma T.: O‘zDJTI nashriyoti 2013 y. Yevseev Yu.I., Fizicheskaya kultura, Uch.pos. Izdanie 5-ye, Rastov-na-Danu, «Feniks» Kerimov F.A. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar. T.. «Zar qalam». 2014. -84 s. 1-ilova
Kafedra mudiri _____________ «__» _______ 20__y. Download 89.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling