O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
SPORT FAOLIYATI VA BOSHQARUV FAKULTETI
III-BOSQICH 220-GURUH
TALABASI JABBOROV RUSTAMNING
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANIDAN YOZGAN
KURS ISHI
Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat: Pedagogik tahlil, xronometraj, pulsometriya, o`tkazish uslubiyati.
Bajardi: Jabborov Rustam
Qabul qildi: Abdullayev Yashnar
Qo`yilgan ball:___________
Termiz - 2022
MAVZU: JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA PEDAGOGIK NAZORAT: PEDAGOGIK TAHLIL, XRONOMETRAJ, PULSOMETRIYA, O`TKAZISH USLUBIYATI.
KIRISH…………………………………………………………………………3
I BOB. JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA PEDAGOGIK NAZORAT: PEDAGOGIK TAHLIL, XRONOMETRAJ, PULSOMETRIYA, O`TKAZISH USLUBIYATI
1.1 Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat o`tkazish ……….….5
1.2 Jismoniy tarbiya darslarida tahlil va ularning mohiyati va
ahamiyati……………………………………………………….……..12
II. BOB. JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA XRONOMETRAJ, PULSOMETRIYA, O`TKAZISH USLUBIYATI
2.1 Jismoniy tarbiya darslarida xronometraj o`tkazish ………………….24
2.2 Jismoniy tarbiya darslarida Pulsometriyani o`tkazish……….………28
XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………………28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..30
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi; Bugungi kunda jamiyatimizda sog`lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni bo`sh vaqtlarini to`g`ri va samarali tashkil etishda sportning o`rni bеqiyos. Jismoniy tarbiya, talabalar hayotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda, chunki u kishi salomatligini saqlash va mustaxkamlash uni jismoniy jihatdan rivojlantirish hamda bo`sh vaqtdan oqilona foydalanish vositasi bo`lib kеlmoqda. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanishi yosh avlodni jismoniy barkamol inson qilib tarbiyalash vositasidir.
Ta'lim muassasalarida sport turlari bo`yicha to`garaklar ham faoliyat ko`rsatib, bu to`garaklarga jismoniy tayyorgarlikka ega, shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatli bo`lgan talabalar jalb etiladi. Sport to`garaklari ta'lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturi asosida ish olib boradi. Sportchi talabalarni jismoniy tayyorgarligi guruh mashg`ulotlari va sport musobaqalari, bayramlarda nazorat qilib turiladi. To`garak mashug`lotlari haftasiga 3-4
marotaba tashkil etilib, 60-90 minut davomida o`tkaziladi. Sport turi bo`yicha zaruriy jihozlar va mutaxssis tarbiyachilarning mavjudligi hamda mashg`ulot o`tish joylari talabga javob bеrishi ta'lim muassasalari sharoitida ham malakali sportchilar tayyorlash imkonini bеradi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |