Kurs ishi mavzu: Konsultatsiyani o’tkazish bosqichlari Bajardi: Ilmiy rahbar


Psixologik maslahatni o‘tkazish bosqichlari


Download 66.65 Kb.
bet3/6
Sana22.10.2023
Hajmi66.65 Kb.
#1716459
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6.Konsultatsiyani o’tkazish bosqichlari(4) (2)

3.3.Psixologik maslahatni o‘tkazish bosqichlari
Psixologik maslahatni boshdan oxirigacha bo‘lgan jarayoni ko‘rinishi maslahatni asosiy bosqichlarini ketma-ketlik tarzida tasavvur qilish mumkin va ularni xar biri maslahat jarayonida o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, qandaydir ma’lum bir vazifani bajaradi va o‘ziga xos maxsus xususiyatga ega. Psixologik maslahatni o‘tkazishning asosiy bosqichlari quyidagilar:
1. Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda Konsultant qayd qilish jurnalidagi yozuvlar, shu bilan birga psixologik maslahat o‘tkazish uchun talabnoma qabul qilgan xodimdan olgan ma’lumot asosida mijoz bilan tanishadi. Ishning bu bosqichida Konsultantning o‘zi ham psixologik maslahatni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radi. Bu bosqichda Konsultantning ish vaqti asosan 20-30 minutni tashkil qiladi.
2. Moslashish bosqichi. Bu bosqichda Konsultant shaxsan mijozni kutib oladi, u bilan tanishadi va mijoz bilan hamkorlikda ishlashga tayyorlanadi. Mijoz ham o‘z navbatida xuddi shu jarayonni bajaradi. Agar maslahat o‘tkazish uchun hamma narsa tayyorlangan bo‘lsa, bu bosqich o‘rtacha 5-7 daqiqa vaqtni olishi mumkin.
3. Tashxis qo‘yish bosqichi. Bu bosqichda Konsultant mijozni muammosini eshitadi va uni tahlili asosida mijozni muammosini aniqlaydi. Ushbu bosqichning asosiy mazmuni mijoz o‘zi va muammosi haqida, shu bilan birga mijozni psixodiagnostika tekshiruvdan o‘tkazish (agar bunga zarurat bo‘lib, mijozni muammosini aniqlash va uni optimal yechimini topish uchun). Bu bosqichda psixologik maslahatni o‘tkazish uchun zarur vaqtni va muddatni aniq belgilash imkoni bo‘lmaydi, chunki uni aniqlash mizojning muammosini o‘ziga xosligi va uning individual xususiyatlariga bog‘liq. Bu vaqt amaliy jihatdan psixologik test o‘tkazish vaqtni hisobga olmagan holda kam deganda bir soatni tashkil qiladi. Ba’zan bu psixologik maslahatning bu bosqichi 4 soatdan 6-8 soat vaqtni olishi mumkin.
4. Tavsiya berish bosqichi.
Konsultant oldingi bosqichlarda mijoz va uning muammolari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni to‘plab, bu bosqichda mijoz bilan birgalikda uning muammosi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi. Bunda bu tavsiyalar aniqlashtiriladi, barcha mayda-chuyda vaziyatlar konkretlashtiriladi. Psixologik maslahatning bu bosqichini o‘tkazishda asosan o‘rtacha vaqt 40 daqiqadan 1 soatni tashkil qiladi.

Download 66.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling