Kurs ishi mavzu: Konsultatsiyani o’tkazish bosqichlari Bajardi: Ilmiy rahbar
Download 66.65 Kb.
|
6.Konsultatsiyani o’tkazish bosqichlari(4) (2)
4. Tavsiyali bosqich.
Ushbu bosqichda olingan ma’lumotlar asosida muammo yechimining yo‘nalishlari yuzaga keladi. Konsultant bilan mijoz hamkorligida ushbu yo‘nalishlar izlanish ishlarini amalga oshirish-ga 40-60 daqiqa vaqt ketadi. 5. Nazorat bosqichi- 20-30 daqiqa. Yo‘nalishlarni amalga oshirilishiga qaratilgan nazorat yo‘llarini topish maqsadida psixolog maslahatchi bilan mijoz o‘zaro kelishishadi. Shunday qilib, uchrashuvning umumiy vaqti ikki-uch soatdan o‘n-o‘n ikki soatgacha bo‘dgan oralig‘ni tashkil etadi. Yuqorida e’tirof etilgan tuzilmalar uyg‘unligida psixologik masla-hat quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin: 1. Birinchi bosqich. Ishning boshlanishi. Ushbu bosqich tarkibiga mijozni kutib olish, tanishish aloqasini o‘rnatish kabi komponentlar kiradi. 2. Ikkinchi bosqich. Ma’lumotlarni to‘plash. Mazkur bosqichning maq-sadi mijozning shaxsiga tashxis qo‘yish (suhbat, kuzatuv, testlar), mijoz-ning resursini aniqlash, muammo mohiyatini aniqlash. 3. Uchinchi bosqich. Strategiyali: muammoning yechimi imkoniyatlarini aniqlash, harakat rejasini muvofiqlashtirish, belgilangan rejani amalga oshirish yo‘llarini aniqlash. 4. To‘rtinchi bosqich. Rejaning mijoz tomonidan amalga oshirilishi. Rejani bajarilishi mijoz tomonidan mutaxassisning ishtirokisiz musta-qil amalga oshiriladi. Har bir maslahatning bosqichi uchun tegishli jarayonlar taalluqlidir, ularning qo‘llanilishi psixologik maslahatda yuqori natijalar olishga omil hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda mutaxassis ham odam. Z.Freydning fikricha, har qanday ma’lumotli odam psixoterapevt bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘zidan “har qanday” iborasi shubhasiz qarama-qarshi qarashlarni yuzaga keltiradi, ammo ushbu fikr asosiy g‘oyasining o‘zi qiziqarlidir. Agar hozir siz muto-alaga bir oz tin berib, xayollar og‘ushiga ketsangiz, sizning yoki yaqinlarin-giz hayoti davomidagi ba’zi lavhalarda bir suxan so‘zi, nazari yoki sukut saqlash ishtiroki bilan murakkab holatlarni yengishda yordam bergan kerakli odam eslanadi. Vazifa. Savolga javob bering. 1.Uning davrasida psixologik o‘ng‘aylikni his qiladigan odam qanaqa shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘ladi? 2.O‘zingiz qanaqa shaxsiy xususiyatlarga egasiz? 3.Qanaqa mashqlar, sizning fikringizcha, ushbu xususiyatlarni rivojlantiradi? Maslahat berish sohasidagi maslahat jarayonining samaradorligi uchun zarur bo‘lgan mutaxassisning shaxsiy xususiyatlariga ta’rif berish bo‘yicha bir necha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Natijada quyidagi ruyxat hosil bo‘lgan: empatiya, hissiy yaqinlik, ijobiy munosabat (Karl Rodjers), sami-miylik (Rodjers K.,Trua), yumor tuyg‘usi, turmushning ayanchli tuyg‘usi, aniqlilik, o‘z-o‘zini anglash va refleksiya. Empatiya “boshqa odamning hissiy kechinmalaridagi hissiy holat-larni anglash” deya ta’riflanadi. Biroq shuni yodda tutish kerakki, boshqa odamning ichki dunyosiga to‘liq kira olish mumkin emas. Boshqa odamning ichki dunyosiga o‘zimizning tajriba, fikr va qarashlarimiz aks etgan dunyo bilan kirish to‘g‘ri kelmaydi. Shunga o‘xshash munosabat o‘rniga psixologik maslahat jarayonida empatiya shartli ravishda har qanday (shaxsiy, oilaviy, ish yuzasidan) bosqichda muloqotdan afzal bo‘ladi. Hissiy yaqinlik.Ushbu xususiyat boshqa odamlarga nisbatan haqiqiy qiziqishni uyg‘otadi. Odamlar o‘rtasidagi iliq va ijobiy munosabatlar yo‘nalishlari nuqtai-nazaridan hissiy yaqinlik muhim o‘rinni egallaydi. Biroq, ba’zi bir odamlar ushbu tuyg‘uni odamni o‘z-o‘ziga ishonchsizligi deb qabul qilishlari ham ehtimoldan holi emas. Ijobiy munosabat. Karl Rodjers ta’biri bilan aytganda, ushbu xususiyat “shartsiz ijobiy munosabat”ga tenglashtiriladi. Uning nazarida bu xususiyat terapevtik o‘zgarishlarga zarur sharoitlar yaratadi. Samimiylik. Bu xususiyatni sun’iy tarzda yaratib bo‘lmaydi. Maxsus psixologik ko‘nikmalarsiz ham odam nosamimiylikdan samimiylikni bexato ajrata oladi, chunki samimiylik-bu avvalambor, niyatning to‘g‘riligi-dandir. Yumor tuyg‘usi. Ovidiyning “Muhabbat san’ati”da odam bir qator xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, unda yumor tuyg‘usi ham bo‘lishi zarur, bunda ushbu tuyg‘u hamma vaqt ham kerak bo‘lmasligi mumkin, biroq, uning mavjudligi insonni yetukligini bildiradi. Bu haqiqatdir, chunki mazkur tuyg‘u xavfli, murakkab va ilojsiz holatlardan chiqib ketish-da muhim ahamiyatga ega. Kulgu bo‘lmaganda insoniyat halokatga uchrashi ehti-moldan holi emas. Turmushning ayanchli tuyg‘usi. Ispan faylasufi Migel de Unamuno 1954 yilda “turmushning ayanchli tuyg‘usi” haqida yozib, uning fikriga ko‘ra, insonlar hayotni to‘laqonli his etishlari lozim. Aniqlilik. Psixoterapiya ifodasida aniqlilik nafaqat boshqa odamni tinglay bilish, eshitganlarini tahlil qilish emas, balki vaziyatga aniqlik kiritish ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z-o‘zini anglash va refleksiya. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi-bir-lik va o‘ziga xoslikni his etishi, “qarama-qarshi tashqi dunyoni anglashda fikrlari, tuyg‘ulari, hohishlari bilan ajralib turuvchi mavjudotdir”. Refleksiya-“nimanidir o‘rganish va taqqoslash yordamida odamga xos fikrlash jarayonidir”. Qisqa ma’noda-“Men va uning kichik koinotni bilishga qara-tilgan “yangi burilish” bo‘lib, faqat shundagina shaxsda uni egallash imko-niyati paydo bo‘ladi. Ayniqsa shunday qobiliyatlar uyg‘unligida shaxsiy va kasbiy xususiyatlar rivojlanishiga erishish mumkin. Download 66.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling