Kurs ishi mavzu: Konsultatsiyani o’tkazish bosqichlari Bajardi: Ilmiy rahbar


Download 367.68 Kb.
bet4/8
Sana10.04.2023
Hajmi367.68 Kb.
#1348452
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6..Konsultatsiyani o’tkazish bosqichlari.

5. Nazorat bosqichi.
Bu bosqichda Konsultant va mijoz olingan amaliy maslahat va tavsiyalar mijoz tomonidan amaliy jihatdan amalga oshirilayotgani va uni baholanishi qanday nazorat qilinishi borasida o‘zaro kelishib oladilar. Shu yerda Konsultant va mijoz tavsiyalarni bajarish jarayonida yuzaga keladigan savollarni qachon, qaerda va qanday xal qilish masalasini kelishib oladilar. Bu bosqichni yakunida agar zarurat tug‘ilsa, Konsultant va mijoz keyingi safar qachon va qaerda uchrashishni ham kelishib oladilar. Psixologik maslahatning ushbu yakuniy bosqichi o‘rtacha 20-30 daqiqa vaqt ichida o‘tkaziladi. Agarda yuqoridagilarni jamlaganda aytish mumkinki, psixologik maslahatni o‘tkazishning besh bosqichiga o‘rtacha 2-3 soatdan 10-12 soatgacha vaqt ketishi mumkin (psixologik testga ajratilgan soatdan tashqari). Psixologik yordamning asosiy xususiyatlaridan biri psixolog-masla-hatchi mijoz bilan rejalashtirilgan uchrashuvga oldindan tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishidir. Mijoz uchun uchrashuvni tayyorlash bir necha bosqichlardan iborat: 1. Mijoz va uning muammosi haqida dastlabki ma’lumotlarni to‘plash. Ushbu ma’lumotlar maslahatchiga maslahatni keyingi bosqichlariga tayyorgarlik ko‘rishida zarur ahamiyatga ega. Ma’lumotlarni esa quyidagi manbalardan olish mumkin: - Qayd qilish kitobi; - Boshqa maslahatchi tomonidan qayd etilgan mijoz haqidagi taassurot (tashqi ko‘rinishi va hokazo); - Hisobda turgan varaqa orqali mijoz haqidagi ma’lumot. Qayd qilish kitobining namunaviy jadvali quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin.

Yuqori tashkilotlarga hisobot topshirishda qulaylik bo‘lishi uchun maslahatchining hohishiga ko‘ra ushbu jadvalga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Jadvalning “Qo‘shimcha ma’lumotlar” bo‘limiga alohida e’tibor beri-lishi talab etiladi. Ushbu bo‘lim mijozning haqiqiy psixologik tavsif-larini to‘plashga xizmat qiladi. Psixologik maslahat sohasida tadqiqotchilar maslahat jarayonini bosqichlarning bir-biri bilan tartibli ravishda almashinuvi tarzida tasavvur qilishadi. Yu.Ye.Aleshina maslahat bosqichlarini to‘rt bosqichga bo‘ladi:
1) Mijoz bilan tanishuv;
2) Mijoz bilan surishtiruv ishlarini olib borish, maslahat taxmin-larini izohlash va tekshirib ko‘rish;
3) Korreksiyali o‘zaro ta’sir ko‘rsatish;
4) Suhbatning tugallanishi. V.Yu.Kenovщikov o‘zining “Psixologik maslahatga kirish” risolasida maslahat bosqichlari psixologik maslahatning asosiy usuli-intervyu jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatgan. Intervyu-ingliz tilidan interview- suhbat, uchrashuv ma’nosini bildiradi.
Ushbu so‘z ko‘p ma’nolidir. Og‘zaki so‘rov yordamida ijtimoiy-psixologik ma’lumotlarni olish bo‘yicha psixologik amaliyotda qo‘llani-lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Intervyu jarayonlari quyidagilardan iborat:
1) Aloqani o‘rnatish;
2) Ma’lumotlarni olish (Muammo nimadan iborat?);
3) Kutilayotgan natijani anglash (Aynan nimani o‘zi hohlaysiz?);
4) Alternativ qarorlarni ishlab chiqish (Ushbu holat bo‘yicha yana nima qilishi mumkin?);
5) Natijalarni umumlashtirish. R.S.Nemov psixologik maslahatning quyidagi bosqichlarini tavsiya etadi:
1. Tayyorgarlik bosqichi-20-30 daqiqa. Bu bosqichda maslahatchi mijozning hujjatlarini o‘rganadi, muammo yechimiga doir adabiyotlarni tanlaydi va maslahat o‘tkazish rejasini ishlab chiqadi.
2. Taraddud bosqichi-5-7 daqiqa. Mijozni kutib olish, aloqani o‘rnatish.
3. Tashxis bosqichi-60 daqiqa. (boshqa holatlarda 4-6-8 soat ham bo‘lishi mumkin). Mijoz shaxsini tashxis qilish, muammo yechimiga qaratilgan ichki imkoniyatlar.

Download 367.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling