Kurs ishi mavzu: Kulonimetriya Kurs ishi rahbari: Roʻzimamatova G. Andijon – 2023 Mundarija
-chizma. Elektr gravimetrik kulonometr. 3.3-chizma
Download 203.32 Kb.
|
Kulonimetriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Titratsion kulonometr
- Gaz kulonometrlari
- Kulonometrik kulonometrlar
Elektrolitik bo‘g‘inga 1 M CuSO4, 1 M K2SO4, 0,1 M H2SO4 solinadi. Elektroliz natijasida platina katodi sirtida zich mis metali qavati hosil bo‘ladi. Anod sifatida mis plastinkasi ishlatiladi. Elektroliz tugashi bilan platina elektrodi yuvib, quritiladi. Kichik elektr miqdorini topishda kulonometrning aniqlik darajasi biroz pastlik qiladi, chunki cho‘kkan mis eritmadagi Cu2+ bilan qisman reaksiyaga kirishib, Cu+ ni hosil qiladi. Katod g‘ovak idishga joylashtirilgan bo‘ladi, bu cho‘kma kristallarini bexosdan yo‘qolishdan saqlaydi. Titratsion kulonometrda (3.3-chizma) elektroliz davrida eruvchan mahsulotlar hosil bo‘ladi, ular so‘ngra biror standart eritma yordamida titrlanadi. Bunday kulonometrlarda quyidagi reaksiyalarga o‘xshash reaksiyalardan foydalanish mumkin: a) 2J–-2eJ2 (ajralgan yod tiosulfat bilan titrlanadi) b) Fe3+Fe2+ hosil bo‘lgan Fe2+ MnO4– yoki Cr2O72– yordamida titrlanadi. Titratsion kulonometrlardan faqat katta elektr miqdorini o‘lchash uchun foydalanish mumkin. Aniqlash xatosi standart eritma titrining qanchalik to‘g‘ri o‘rnatilganligi va titrant eritmasining qanchalik aniq o‘lchanishiga bog‘liq. Titratsion kulonometrning sxemasi 16-chizmada keltirilgan. Anion va kationlar o‘zaro kimyoviy ta’sirlashmasligini ta’minlash uchun ular g‘ovak to‘siq (g‘) yordamida ajratilgan. Titrlash ichki idishning bevosita o‘zida elektroliz tugaganidan keyin o‘tkaziladi. Gaz kulonometrlarida (3.4-chizma) elektroliz natijasida ajralgan gazning hajmi o‘lchanadi. Suvning elektrolizi natijasida parchalanishi tufayli 1-idishda vodorod va kislorod yig‘ila borib, elektrolitni rezina nay orqali 2-idishga siqib chiqaradi. Elektrolizer harorati 0,1 oC aniqlik bilan nazorat qilib turiladigan suvli termostatga joylashtirilgan. Normal sharoitda (0 oC va 101,325 kPa) 1 Kl elektr miqdori nazariy jihatdan 0,1721 ml vodorod va kislorod aralashmasiga teng. Gazning erishi tufayli elektr miqdorini aniqlash xatosini kamaytirish uchun tekshirish boshlanishidan oldin 5-10 min davomida elektroliz oldi hodisasi o‘tkaziladi va elektrolit gaz bilan to‘yintiriladi. Bunda suvning bug‘ bosimi ham e’tiborga olinishi kerak. Elektr miqdori katta bo‘lganda gaz kulonometri bergan natija anodda vodorod peroksid hosil bo‘lishi tufayli asl qiymatidan kam bo‘ladi. Kolorimetrik kulonometrlar 0,01–10 Kl kattalikka ega bo‘lgan kichik elektr miqdorlarini aniqlashda ham yaxshi natijalar beradi. Bu usulda elektr kimyoviy reaksiya natijasida eritma rangining o‘zgarishidan foydalaniladi. Eritmaning optik zichligi kolorimetrlar (fotometrlar) yordamida o‘lcha-nadi. Bu usul juda sezuvchan bo‘lsa-da, uning aniqlik darajasi yetarli emas. Kulonometrik kulonometrlar 100 %-li tok samara-dorligida platina elektrodi sirtida biror metallni uning tuzi konsentrlangan eritma-sidan qaytarishga asoslan-gan. Asosiy reaksiya tuga-gandan keyin anod tokida metall galvanostatik usul tartibida eritiladi. Erish jarayonining davomiyligi (vaqti) elektr xronometr, sekundomer yoki taymer yordamida o‘lchanadi. Jarayonning tugashi anod potensialining taqqoslash elektrodi potensialiga nisbatan keskin sakrashi asosida topiladi. Bu holda, odatda, mis kulonometri ishlatiladi, usul 0,01100 Kl elektr miqdorini yetarli aniqlik bilan topish imkonini beradi. Download 203.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling