Kurs ishi Mavzu: Mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarish masalalari


Mahalliy byudjet daromadlari tarkibi va tuzilishining tahlili


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana24.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1395582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Mavzu Mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini s

2.Mahalliy byudjet daromadlari tarkibi va tuzilishining tahlili
Hozirgi kunda ko’pchilik iqtisodchilar hamon moliyaviy imkoniyat 
(potentsial)ni moliyaviy resurslar bilan birday tahlil etmoqdalar. Bizning 
fikrimizcha, ushbu tushunchalar mazmuni bir-biriga yaqin bo’lsada, ular birday 
narsa emas. Hudud moliyaviy resurslarini moliyaviy imkoniyatining 
foydalanilayotgan bir qismi deb, ya’ni hududda mavjud resurslardan 
foydalanishdan turli iqtisodiy sub’ektlar olgan pul daromadlari va jamg’armalari 
sifatida talqin etish mumkin. Hudud moliyaviy imkoniyat (potentsial)ini esa 
«hududda mavjud resurslarning ma’lum davr mobaynida turli iqtisodiy 
sub’ektlarga daromad keltira olish salohiyati» deb izohlash lozim. Ushbu salohiyat 
amalga oshmay qolishi yoki ishlatilmay qolishi ham mumkin, shuning uchun ham 
moliyaviy imkoniyat (potentsial) – baholovchi, ehtimoliy tushunchadir.
Odatda ko’pincha moliyaviy resurslar tarkibi tahlilida davlatning, hududlar 
xo’jalik sub’ektlarining oxirgi vaqtlarda aholining moliyaviy resurslari ajratib 
ko’rsatilmoqda. Shu boisdan bo’lsa kerak, ayrim mualliflar hudud moliyaviy 
imkoniyati (potentsiali) tarkibida huquqiy shaxslar, aholi va davlat moliyaviy 
imkoniyatlarini ajratib ko’rsatayotirlar
12
.
Bizning fikrimizcha, bunday tavsif ham noo’rindir. Moliyaviy imkoniyat 
tushunchasi ko’p jihatdan davlat, alohida hudud yoki mahalliy boshqarish bo’g’ini 
(mahalliy budjetlar) uchun xosdir.
Garchi tashkilotlarning (korxonalar) moliyaviy imkoniyati xaqida gapirish mumkin 
bo’lsada, biroq aholi moliyaviy imkoniyatini baholash o’ta mushkul masaladir.
Hudud moliyaviy imkoniyati (potentsiali)ni baholashning o’ziga xos uslubiyotini 
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Iqtisodiyot Vazirligi qoshidagi ilmiy 
markazlarda to’liq o’rganilmayotganligi yoki budjet amaliyoti uchun aniq tavsiya 
va yo’riqnomalarning mavjud emasligi hozirgi kunda eng dolzarb masala bo’lib
____________________ 
3.
Kolomnets A.L., Novikova A.I. “O sootshenii finansovogo i nalagovogo potensialov v regionalnom rezreze”. 
//Nalogoviy Vestnik, 2001, N-3, s.-5. 


15 
qolmoqda. 
Mahalliy budjetlarning daromadlari shuningdek, tartibga soluvchi 
daromadlardan ham tashkil topadi. Tartibga soluvchi daromadlar deganda mahalliy 
budjetlarga yuqori budjet tomonidan ajratiluvchi daromadlar tushuniladi.
Mahalliy budjetni daromad bazalarini mustahkamlashda ular ixtiyoriga berilgan 
mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha tadbirlar muhim o’rin tutadi. Shuni alohida 
ta’kidlash lozimki, mahalliy budjetlar mahalliy soliqlar va yig’imlarni tashkil etish 
va boshqarishda mustaqil bo’lsalarda, Moliya vazirligi tomonidan ishlab 
chiqarilgan tegishli me’yorlar doirasida faoliyat yuritadilar. Mahalliy budjetlar 
amaliyotidagi muhim xususiyat «Budjet tizimi to’g’risida»gi qonunda 
belgilanganidek, mahalliy budjetlar taqchilligiga yo’l qo’yilmasligidir. Davlat 
moliya siyosatida mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarining balansligi 
respublika budjeti ajratmalari orqali kafolatlanmoqda.
Aholi yashash sharoitini yaxshilash, turar joy va kommunal xizmatlar bilan bog’liq 
xarajatlar hamda ijtimoiy sohani rivojlantirish mahalliy budjetlar xarajatlarining 
asosiy yo’nalishini tashkil etadi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling