Kurs ishi Mavzu: Mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarish masalalari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Mavzu Mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini s
1 Kurs ishi Mavzu: Mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarish masalalari 2 Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1. Mahalliy byudjetning iqtisodiy tasnifi, tuzilishi va vazifalari 2. Mahalliy byudjet daromadlari tarkibi va tuzilishining tahlili 3. Mahalliy byudjet xarajatlari tizimi va ularning amaldagi holati tahlili 4. Koronavirus pandemiyasi sharoitida mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarish masalalari III. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 3 Kirish O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning bosh vazifasibo’lib, makroiqtisodiy barqarorlik, ishlab chiqarishning izchil va mutanosib o’sishi sur’atlarini taminlash, jalb etilayotgan investetsiyalarni ko’paytirish hisobidan tarkibiy o’zgarishlarni qat’iy davom ettirish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash hisoblanadi. Oldimizga qo’yilgan bosh vazifani amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlarining asosiylari _ byudjet siyosatini yanada erkinlashtirish, aholini ish bilan ta’minlashni yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo’nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohalarini qo’llab-quvvatlashdan va rivojlantirishni rag’batlantirishdan iborat. Mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida izchil islohotlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hisobiga yuqori o’sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Ushbu keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish va pirovard natijada erishilayotgan natijalarni ta‟minlashda mahalliy byudjetlarning o‟rni va ahamiyati g‟oyat yuqoridir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev mamlakatimizni 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2020 yilga mo‟ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‟nalishlariga bag‟ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‟ruzasida ta‟kidalaganlaridek “Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga __________________ 1 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ning mamlakatimizni 2020 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2021 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining vazifalari to‘g‘risida Hay’at qarori. – T., 14.12.2020. № 4/1 4 o’sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo„jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko’rsatkichidan past bo’ldi va 6,8 foizni tashkil etdi. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 59,3 foizini tashkil etdi. Ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish va aholi bandligi, uy- joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta‟lim-tarbiya jarayonlari va yurtimizda pandemiyaa sharoitida sogliqni saqlash tizimini yanada isloh etish va takomillashtirish e‟tiborimiz markazida bo‟lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‟lib qoladi” 1 . Ayniqsa hududlarimizda amalga oshirilayotgan keng ko‟lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, 2021 yilda Respublikamizni ijtimoiy-itisodiy rivojlantirishning vazifalari hisoblanuvchi, kabi masalalarning kun tartibidagi dolzarb masala sifatida maydonga olib chiqilishi mahalliy davlat hokimiyati organlarining oldiga yangi qator vazifalarni qo‟ymoqda. 5 Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling