24
Qoraqalpog‟iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo‟ljallangan xarajatlar
moliyalashtiriladi.
6-chizma. Mahalliy byudjet xarajatlari tarkibi( maqsadiga
ko‟ra)
Qoraqalpog‟iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo‟ljallangan xarajatlar
moliyalashtiriladi.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‟tishning dastlabki davrida ham,
islohotlarning hozirgi bosqichida ham aholining daromadlarini hisobga olish va
tibbiy xizmatga bo‟lgan talabni qondirishga ijtimoiy himoyaning bir turi sifatida
qarashimizga to‟g‟ri keladi. Sog‟liqni saqlash tizimini rmvojlantirish va bu sohada
faoliyat ko‟rsatayotgan xodimlarni o‟z vaqtida va to‟liq moaiyaviy ta‟minlash
zarurdir.Mahalliy byudjet xarajatlari yo‟naltirilgan sohasiga, vazifasiga qarab xam
bir necha guruxga ajratish mumkin.
Respublikamizda byudjet tizimida olib borilayotgan o‟zgarishlarning
markazida mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, mahalliy byudjet
imkoniyatlarini kengaytirish xamda mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan
iqtisodiy-ijtimoiy soha xarajatlarini o‟z vaktida moliyalashtirish masalalari turadi.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‟llab-quvvatlash xarajatlari o‟z tarkibiga
maorif, sog‟liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta‟minot, aholi uchun
ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash
va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funktsiyasini o‟zida aks
ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta‟limi tizimini rivojlantirish va
takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy
xizmatga bo‟lgan talabini (ehtiyojini) qondirishga, ijtimoiy sug‟urta va ijtimoiy
ta‟minotni amalga oshirishga keng yo‟l ochib beradi.
_____________________________________
6.
Manba: O‟zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, 2013 yil 26 dekabr, 71-72 moddalari
Do'stlaringiz bilan baham: