3-chizma. Mahalliy byudjetlar daromadlari manbalari.
16
Mahalliy budjetlarni daromadlarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasini
«Budjet tizimi to’g’risida»gi Qonunining 18-moddasiga asosan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy
budjetlar daromadlari:
- qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlarga muvofiq Qoraqalpog’iston
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yo’naltiriladigan mahalliy soliqlar,
yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar;
- qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlarga muvofiq Qoraqalpog’iston
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o’tkaziladigan umumdavlat
soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar;
- qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlarga muvofiq davlat mulki ob’ektlarini
joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
- qonun hujjatlariga muvofiq myeros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat
mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
- yuqori budjetlardan beriladigan budjet subventsiyalari, budjet dotatsiyalari va
budjet ssudalari;
- yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
2020 yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va
mikrofirmalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga tushirilgani,
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda,
ya’ni o’rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi.
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida o’tgan yilda mamlakatimizda soliq yuki sezilarli
darajada pasaytirilganiga qaramasdan, davlat budjetining daromadlar qismi
bo’yicha ko’rsatkichlar to’liq bajarilgani, erishilgan profitsit yalpi ichki
mahsulotga nisbatan 0,4 foizni tashkil etganini ta’kidlab o’tdi
17
Do'stlaringiz bilan baham: |