Kurs ishi mavzu: “maktabgacha ta’lim muassasalarida sport mashg’ulotlari va tuzrizm”
Download 116.36 Kb.
|
Jasmen
7 Jismoniy mashqlar
Maktabgacha yoshdagi bolalarda hayot uchun zarur bo'lgan dastlabki asosiy harakat ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirish masalalari bo'yicha T.S.Usmanxodjaev, A.N.Livitskiy, R.S.Salomov, K.M.Maxkamjonov; maktabgacha yoshdagi bolalarni sog'lomlashtirish va jismoniy mashqlarni bajarishga moslashish nazariyasi bo'yicha F.X.Xodjaev, G.Q.Jalolova, F.A. Raimbekova olimlar va mutaxassislar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarida MTMning katta guruh bolalarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish yo'llarini ishlab chiqish bugungi kunda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy mashqlar yordamida 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishdan iborat. Tadqiqot ishining vazifalari: Mavzuga doir ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish; Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlarini aniqlash; Jismoniy mashqlardan foydalangan holda 5-7 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini tajribada asoslash. Tajriba Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi "Kichkintoy" hamda M.Ulug'bek tumanidagi "Yulduzcha" va "Qaldirg'och" nomli maktabgacha ta'lim muassasalari (100 nafar) tarbiyalanuvchilarida olib borildi. Maktabgacha yoshdagi bolalarnining jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarligini aniqlashda L.P.Matveev, L.I.Penzulaeva, V.I.Lyax V.M.SHebeko, T.S.Usmanxodjaev, A.N.Livitskiy, R.S.Salomov, K.M.Maxkamjonov kabi olimlar o'zlarining ilmiy-tadqiqotlarida ushbu masalada izlanishlar olib borganlar. Lekin, xozirgi zamon nazariyasi va amaliyotining jadal suratlarda rivojlanishi hamda ta'limga qo'yilayotgan talablarning oshib borishi natajasida 5-7 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun zamonaviy metodikalardan foydalanishni talab qiladi [8,9]. Jismoniy harakat inson uchun, ayniqsa, bolalik va o'smirlik bosqichlarida hayotiy zarur ko'nikma va malakalarni shakllantirish davri hisoblanadi. Jismoniy harakatlarsiz bolalarning ijodiy faolligiga va jismoniy qobiliyatlarini yetarli darajada rivojlanmasligiga olib keladi. Harakatni cheklash yoki uni buzish hayotning har bir bosqichida o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Shu narsa ma'lum bo'ldiki, bolalalik davrida o'sib kelayotgan organizm uchun juda ko'p harakat zarurdir. Jismoniy harakatsizlik esa bolalarni tez charchashga, o'sishini sekinlashishiga, aqliy rivojlanishni susayishiga va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish imkoniyatlarini kamaytiradi. Ko'p harakat qilgan bolalarda jismoniy va psixik takomillashuvga tabiiy intilish vujudga keladi. Bolalarning to'laqonli rivojlanishi uchun aqliy va jismoniy yuklamalardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Kun tartibida olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirishda ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tezkor-kuch sifati ko'rsatkichlari (turgan joydan uzunlikka sakrash nazorat mashqi) quyidagicha o'zgargan: 5-6 yoshli o'g'il bolalarda 16,7 sm, qiz bolalarda esa 26,6 sm ga o'sgan bo'lsa, 6-7 yoshli o'g'il bolalar o'rtasida 12,1 sm ga qiz bolalarda esa 12,2 sm ga ortgan. Shu bilan birga 7 yoshli qiz va o'g'il bolalar o'rtasida ko'rsatilgan natijalar past bo'lishiga qaramasdan, qiz bolalar natijalari o'g'il bolalar natijalari bilan tenglashgan. Bu esa shu yoshdagi jismoniy tarbiya jarayonlarida vositalarning noto'g'ri tanlanganligi va tezkor - kuch sifatini rivojlantirish mashqlariga kam e'tibor berilmaganligidan dalolat beradi. Ma'lumki, bolalar jismoniy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, tayyorgarligini uslubiy va pedagogik nuqtai nazardan to'g'ri tashkillashtirish uchun bolalar fiziologiyasi va psixologiyasini yaxshi bilish shart, shularga suyangan holda har bir mashg'ulot oldidan aniq vazifalar qo'yilishi lozim. Vazifalar soni 2-3 tadan iborat bo'lib, vazifalarga binoan asosiy harakatlar, mashqlar va harakatli o'yinlar tanlanadi. Tanlangan mashqlar, birinchidan, asosiy harakatlar bilan bog'liq bo'lishi lozim, ikkinchidan, mashqlar yoshiga, tayyorgarligiga, jinsiga mos bo'lishi ham talab etiladi.8 Qolaversa, bu mashqlar bolalarga oddiy, tushunarli, tanish, bajara oladigan bo 'lishi shart. Shundagina bolalarda harakat ko'nikmasi hosil bo'lishi va malakaga aylanishiga erishish mumkin. Bolalarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishi salomatlikning asosiy tarkibi hisoblanadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik sifati zamonaviy usul va shakllarni qo'llagan holda jismoniy tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan to'g'ri qo'yilganligiga bog'liqdir. Xulosa: Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ilmiy - uslubiy adabiyotlar tahlili davomida ma'lum bo'ldiki, 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi bo'yicha yetarlicha ma'lumotlar juda kam. Maktabgacha tarbiya muassasalarida mashg'ulotlarni tashkil etish masalalari ishlab chiqilmagan, pedagogik jarayon yo'nalishlari bo'yicha ilmiy tasdiqlangan ma'lumotlar yetarli emas. Tajribadan shu narsa aniqlandiki, 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajalari dastur talablariga muvofiq emas. Tezkorlik sifati 18,2-51,8%; 24,3-27,2%; 29,0-26,7% ga, koordinatsion qobiliyatlar 40,3-38,7%; 32,8-29,7%; 17,3-17,9% ga, tezkor-kuch sifati (joyidan turib uzunlikka sakrash) 28,961,7% ga, 6-18,1%, 15,0-13,5% ga kam. Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari o'rtasida koorelyatstsion bog'liqlik (o'rta va yuqori) darajasi borligi aniqlandi. (r=0,35 dan r=0,95 gacha). Shu bilan birga 5 yoshdagi o'g'il bolalar va 7 yoshdagi qiz bolalarda harakat tezligi hamda chaqqonlik, tezkor-kuch sifatlari ko'rsatkichlari o'rtasida nisbatan past darajada o'zaro bog'liqlik kuzatilganligini belgilab o'tish joiz. 5-7 yoshdagi o'g'il va qiz bolalarning jismoniy rivojlanishi hamda jismoniy tayyorgarligini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Har tomonlama jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari mezonlari shartli ravishda Maktabgacha ta'lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-sonli "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari" me'yoriy xujjatda belgilab qo'yilgan. "Salomatlik pasporti" ishlab chiqilgan. U bolani maktabgacha ta'lim muassasasiga kelgan vaqtdan boshlab to bitirgunga qadar olib boriladi. Shu orqali maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jismoniy tayyorgarligini yakka tartibda baholash imkoni yaratiladi. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jismoniy tarbiya jarayoniga milliy o'yinlar (10-30%) va musobaqa tarzidagi o'yin uslublarini kiritish bolalarda mashg'ulotlarga bo'lgan qiziqishini uyg'otishga, ularning umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirishga hamda dastur materiallarini yanada mustahkam egallashga yordam berdi. Download 116.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling