Kurs ishi mavzu: maktabgacha ta'lim xizmatlarida nodavlat sektorni rivojlantirish bajardi


Maktabgacha ta'lim xizmatlarida nodavlat sektorni rivojlantirish istiqbollari


Download 82.27 Kb.
bet9/11
Sana08.01.2022
Hajmi82.27 Kb.
#235636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dominova

2.2 Maktabgacha ta'lim xizmatlarida nodavlat sektorni rivojlantirish istiqbollari

Fiziologiya, gigiena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida MTMda kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi prinsiplari yuzaga keldi:

Har bir yosh guruxda bolalarni jamoachilik ruhda tarbiyalash va har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish.

Bolalarni yosh guruxlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil ztish.

Bolalarning har xil faoliyat bilan shug‘ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur bo‘lgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigienik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob-anjomlar bilan ta’minlash.

Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini ta’minlash.

Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (uyin, mehnat, ta’lim) tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma’lum vakt ajratish.

Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan prinsiplar asosida almashtirib borish MTMning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini tug‘ri tashkil etish



2. Bolalarning faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarni amalga
oshirish va rahbarlik qilish

Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.

Tarbiya masalalari ta’lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg‘ulotlarda ta’lim berish orqali, ijodiy va qoidali o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o‘z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o‘z-o‘ziga xizmat kilish sayrlar o‘tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTMsidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq.

MTMsining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o‘yinda, mehnatda, mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg‘ulotda ta’lim va tarbiya vazifalari xal etiladi. Bolalar tevarak-atrof­dagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o‘stirish va savod o‘rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko‘nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar MTM dasturida belgilab berilgan bo‘lib, u bolalar­ning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlarda ta’lim berish didaktika prinsiplari asosida bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib ma’lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘ladi.

Dasturda har bir yosh guruhida xafta davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar soni va har bir mashg‘ulot qancha davom etishi belgilab qo‘yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o‘zining xaftalik mashg‘ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta’limning hamma bo‘limlari bo‘yicha belgilangan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:

Dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni haftaga teng taqsimlash.

Xaftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg‘u­lotlar qo‘yiladi.

Xaftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.

Kun davomida birinchi bo‘lib bolalardan aqliy zo‘r berishni ko‘proq talab etadigan, kam harakatli mashg‘ulot­lar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Ikkinchi mashg‘ulotga yengilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tar­biya, musiqa mashg‘uloti va shunga o‘xshashlar rejalashtiri­ladi.

Kun davomida mashg‘ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo.

Mashg‘ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq o‘zlashtirib olishiga imkon yaratadi. O‘yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bola­larning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yin bolaga quvonch bag‘ishlaydi, ijobiy his va kechinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O‘yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun kattalar bolalar o‘yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uyg‘otishlari kerak.

Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning tevarak-atrofdagi hayot to‘g‘risidagi bilimlarini boyitadi (bu orqali o‘yin mavzusi, mazmuni, syujeti boyiydi), bolalarning axloqiy hislarini, o‘zaro ijobiy munosabati va odatlarini tarbiyalaydi. O‘yindan bolalardagi o‘zaro o‘rtoqlik, do‘stlik, bir-biriga yordam ko‘rsatish xislatlarini tarbiyalashda va bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida foydalanadi.

Bolalarning o‘yin bilan shug‘ullanishi va mehnat qilishlari uchun kerakli materiallar bilan ta’minlanadi, shu orqali bolalar o‘yinining mehnat bilan uyg‘unlashib ketishiga erishiladi.

Tarbiyachi bolalarning syujetli-rasmli o‘yinlarining hamma xilini syujetli-rolli, qurilish dramalashtirilgan tabiiy materiallar bilan o‘ynaydigan qilib tashkil etadi. Bolalarga o‘yin harakatlarini o‘rgatadi, tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatlarda xaqqoniylik prinsipiga rioya qilishni uqtiradi. Shu bilan birga u bolalardagi ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik va boshqa xislatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ijodiy o‘yinlar ertalabki qabul paytida, kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi sayrda, ya’ni mashg‘ulotdan tashqari hamma vaqtda tashkil etilaveradi.

. Mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotdan tashqari vaqtda o‘ynaladigan didaktik va harakatli o‘yinlar muhim rol o‘ynaydi. Tar­biyachi bolalarning sensor rivojlanishini, aqliy tarbiyasini, bilish jarayonlarini didaktik o‘yinlar orqali amalga oshiradi. Xarakatli o‘yinlarda bolalarning jismoniy madaniyatinn tarbiyalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratish ke­rak.

Harakatli o‘yinlar ertalabki va kechki sayr soatlarida tashkil etilib, kuniga 1-2 marta butun guruh, yoki guruhcha bilan o‘tkazilishi kerak. O‘rta va katta gurhlarda turli xil sport o‘yinlari o‘tkazib turiladi. Hamma o‘yinlar uchun kun tartibidan vaqt ajratish va kerakli materiallar bilan ta’minlash tarbiyachining zimmasiga yuklatilgan.

Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan didak­tik va harakatli o‘yinlarni o‘ynaydilar, xohlagan rasmlarini chizadilar, xohlagan narsalarini (plastilindan) yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, xohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar.

Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o‘z-o‘zini tashkil eta bilish qobiliyati o‘sishiga, xulk, madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o‘ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo eti­ladi: chunki xohlagan ishi bilan shug‘ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan ta’minlashda yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim buladi.

Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tash­kil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e’tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, ahloqiy munosabatlariga qaratiladi.

Bolalarning ovkatlanishga, mashg‘ulotga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshirikqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi.

Navbatchilik ikkinchi kichik guruxda yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh bolalarining qo‘l mehnati, tabiatdagi mehnati, xo‘jalik-maishiy mehnatlari har kuni ertalabki soatda erta­labki va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib bori­ladi. Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalar­ning jamoa mehnati tashkil etiladi, mashg‘ulotlarda qo‘l mehnatining yangi turi o‘rgatiladi. Mehnat jarayonida bola­larning mehnat qilish malaka va ko‘nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi.

Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini o‘stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta’minlash lozim. O‘z-o‘ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri hisob­lanadi.

Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va yechinishga o‘rgatiladi. Katta guruh bolalari o‘zlarini har doim batartib (tashqi ko‘rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular o‘yinchoklarni, kitoblarni, ish qurollarini o‘yin va mashg‘ulotdan keyin joy-joyiga yig‘ishtirib qo‘yadilar.

Har kuni ertalabki mashg‘ulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy o‘yinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, o‘yinlar tashkil etiladi. Bolalarning o‘yin, mehnat, musta­qil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar, o‘yinchoqlar bilan ta’minlaydi, maydonchada, guruh xonasida o‘yin uchun joy tayyorlaydi.

O‘yin va mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joy gigienik jihatdan talabga javob berishi (yorug‘, ozoda, yaxshi shamollatilgan, nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal bo‘lishi) kerak.

Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o‘tirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo‘ladi. Keyin harakatli o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyat­lari, mehnat, kuzatish, turli-tuman ijodiy o‘yinlar tashkil etiladi.

MTMda bolalar turmushini tashkil etishga katta e’tibor beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo‘lgan talabini to‘la qondirishi, bolalarda ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar o‘rtasida to‘g‘ri munosabat o‘rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak.

Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-gigienik malakalarni: ijtimoiy xulqni, xatti-harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi.

Bolaning sog‘lom bulib, to‘g‘ri rivojlanishi uchun tinch va chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega.

Tarbiyachi guruh xonasida bolalarni uyquga yotqizgandan keyin xonaning shamollatilgan bo‘lishini, tinchlikni ta’min­laydi. Bolalarning uyg‘onganlarini sekin-astalik bilan turg‘azish kerak.

Bola organizmining o‘zgaruvchan tashki ta’sirlarga chidamliligini oshirish maqsadida har xil chiniqtiruvchi tadbirlar havo, quyosh, suv vannasi bilan chiniqtirish amalga oshiriladi.

Bunga chiniqtiruvchi tadbirlar vaqtini sekin-asta kupaytirib borish, suv temperaturasini pasaytirib borish, kundu­zi uyquni ochiq havoda tashkil etish, bolalar kiyimlarini yengillatib borish orqali erishiladi. Bolalarning kunduzi va kechki soatlarda ochik. havoda bo‘lishlarini ta’minlash ularning sog‘lom, barkamol bo‘lib o‘sishlarida katta ahami­yatga ega.

Bolalarning ochiq havodagi faoliyatlarini qiziqarli va maroqli o‘tishini ta’minlash uchun har xil uyinlar, sport ermak o‘yinlari, kuzatish va mehnat faoliyatlariga kerakli shart-sharoit yaratiladi.

Bolalar hayoti kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi kun tartibiga binoan tashkil etiladi. Buning uchun hamma zarur shart-sharoitlarni yaratish zarur.

Kichik guruh bolalarining ko‘p vaqti guruh xonasida o‘tadi. Yaxshi jihozlangan xona, o‘yinchoq va qo‘llanmalarni to‘g‘ri tanlash bolalarning to‘laqonli hayot kechirishining asosiy sharti hisoblanadi. Guruh xonasidagi o‘yinchoqlar bu yoshdagi bolalarning 4-3 ta bo‘lib o‘ynashlarini e’tiborga olib joylashtirilishi, «Oila», «Bolalar bog‘chasi» va shunga o‘xshash o‘yinlarni o‘ynashlari uchun o‘yinchok. burchagi tashkil etilishi, unda yana qurilish materiallari, harakatlanuvchi o‘yinchoqlar ham bo‘lishi kerak, qolgan o‘yinchoqlar, rasmlar shkaflarga bolalar bemalol oladigan qilib joylashtirishi lozim. Xonada bolalarning polda mashina, aravachalarni bemalol yurgiza olishlari va yirik qurilish materiallari bilan o‘ynashlari uchun ham joy ajratilishi kerak. Harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar binoning maxsus xonalarida saqlanadi va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridagina olib chiqiladi. Maydonchaga qum yashiklari, bolalarning sakrashlari, tirmashib chiqishlari uchun kerakli jixozlar, qorda, muzda uchishlari uchun chanalar qo‘yiladi.

II kichik guruh Moddiy muhit ikkinchi guruh bolalari uchun ham xuddi birinchi kichik guruhnikidek tashkil etiladi. Bundan tashqari kuzatish va mehnat uchun tabiat burchagiga akvariumda balik., to‘rlarda kushlar va mayda hayvonlar joylashtiriladi. Guruh xonasidan kitob javoni uchun joy ajratiladi. MTM maydonchasida sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus joy bo‘ladi, u kerakli anjomlar bilan jihozlab qo‘yiladi: velosipedda uchish uchun yo‘lka, tirmashib chiqish uchun jismoniy tarbiya narvonchalari, muvozanatni saqlash uchun ma’lum balandlikda yotqizilgan g‘o‘la va shunga o‘xshashlar bo‘ladi. Olib chiqilgan o‘yinchoqlarni o‘ynash uchun maxsus stollar, o‘rindiqlar, suv bilan o‘ynash uchun maxsus idish, qum yashigi bo‘lishi kerak.

O‘rta guruh Guruh xonasi uxlash xonasi, xojatxona va yechinish xonasiga ega bo‘lishi kerak.

Guruh xonasi bir necha bo‘limdan iborat bo‘lishi kerak. Birinchi o‘yin bo‘limida qo‘g‘irchok. bilan o‘ynash uchun hamma kerakli narsalar joylashtirilgan shkaf buladi. Ikkinchi uyin bo‘limida kurilish materiallari qo‘yiladigan shkaf va ular bilan o‘ynash uchun joy ajratiladi. Shu xonaning yana bir qismida bolalarning badiiy faoliyat bilan mustaqil shug‘ullanishlari uchun kerakli materiallar qo‘yiladi. Kitob burchagi va stol usti bosma o‘yini bilan shug‘ullanishlari uchun o‘yin burchagida tinchroq joyni ajratish kerak. Tabiat burchagini derazalarga yaqinrokda joylashtirgan ma’kul. Xona amaliy san’at asarlari va ko‘kalamzorlashtiruvchi o‘simliklar bilan bezatiladi.

Xulosa

Xulosa o’rnida aytish mumkinki Ilk qadam dasturi maktabgacha ta’lim tashkilotini faoliyatini tashkil etishga muhim metodik ta’minot sifatida asosiy dastur vazifasini o’taydi. Unda quyidagi qismlar mavjudligini ko’rishimiz mumkin.

Mundarija sahifalar ko‘rsatilgan holda Dasturning barcha qismlari, paragraflar, bo‘limlar nomi, adabiyotlar va ilovalar ro‘yxati, matnda mavjud bo‘lgan barcha sarlavhalarni o‘z ichiga oladi. Ularning ta’rifi ish mazmuniga to‘liq mos kelishi, qisqa, aniq va izchil bo‘lishi hamda uning ichki mantiqiy qonuniyatlarini aniq ifodalashi lozim.

Maqsadli bo‘lim tarkibiga tushuntirish xati kiradi va unda Dastur ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil qilishning turli shakllari, metodlari va yo‘llari ko‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, quyidagilar ham ta’riflanishi lozim:



  • dastur bo‘yicha ta’lim olayotgan tarbiyalanuvchilarning yoshga oid, ruhiy va individual xususiyatlari;

  • dasturning maqsadi;

  • dasturning vazifalari;

  • dasturni amalga oshirish muddati;

  • asosiy tamoyillar;

  • bola shaxsining asosiy tavsiflari.

Dasturning maqsadli yo‘nalishlari ta’rifi maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablarining maqsadli yo‘nalishlariga mos kelishi lozim.

Mazmunli bo‘limga bola rivojining beshta ta’lim sohasi yo‘nalishlariga mos ravishdagi ta’lim faoliyatining ta’rifi kiradi: ta’lim sohasining vazifalari, ta’lim faoliyatining mazmuni, ta’lim faoliyatining natijalari, mintaqaviy tarkibiy qism (komponent), ta’lim sohasini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim faoliyatini tashkil qilish shakllari.

Kompleks-mavzuviy rejalashtirish (barcha beshta ta’lim sohasini amalga oshirishni hisobga olgan holda). Mazkur kichik bo‘limning ta’rifi integrativ modelni ko‘zda tutadi va u hafta mavzusini faoliyatning turli ko‘rinishlarida, shakllarida, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan birgalikda ochib beradi. Dasturda ifodalangan kompleks-mavzuviy rejalashtirishning tarkibiy qismi jadvallar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Kompleks-mavzuviy rejada dasturdagi bo‘limlar va mavzularni o‘rganish ketma-ketligi ochib beriladi. Ta’lim faoliyatining taqsimoti, bolalar bilan ishlash shakllari va yakuniy tadbirlar ko‘rsatiladi.

Tashkiliy bo‘lim. Mazkur bo‘limda kun tartibi, o‘quv yili tuzilmasi, ta’lim faoliyati jadvali (me’yoriy hujjatlarga muvofiq), yoshni hisobga olgan holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan ravishda Dasturni amalga oshirishining turli shakllari, metod va vositalarining qisqacha ta’rifi beriladi. Shuningdek, turli xildagi faoliyatning o‘ziga xos ruhiy-pedagogik xususiyatlari, tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan o‘zaro hamkorlik turlari ifodalanishi mumkin.

Dasturni amalga oshirish shartlari:


  • moddiy-texnik ta’minot;

  • o‘quv-metodik ta’minot (dasturlar, texnologiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-metodik va o‘quv-metodik adabiyot, bolalar, ota-onalar uchun mo‘ljallangan adabiyot, internet-resurslar, ta’limiy CD-disklar,  didaktik material, hujjatlar).

Foydalanilayotgan adabiyotlar ro‘yxati.

Dasturga ilovalar, ularda quyidagi materiallar berilishi mumkin:



  • mashg‘ulotlar ishlanmalari, xordiq, bayramlar ssenariylari va h.k;

  • tarbiyachi ishining chuqurlashtirilgan yo‘nalishi bo‘yicha ish dasturi (rejasi);

  • o‘yinlar va o‘yinli mashqlar ta’rifi;

  • pedagoglar va ota-onalar uchun mahorat maktabi ssenariylari;

  • har bir yosh bo‘yicha ilova qilib yuboriladigan metodik jild-to‘plamlar;

  • ota-onalar uchun tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan hamkorlikning turli shakllari ssenariylari (maslahatlar, davra suhbatlari, treninglar, praktikumlar, seminarlar).


Download 82.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling