Kurs ishi mavzu: maktabgacha ta'lim xizmatlarida nodavlat sektorni rivojlantirish bajardi


Tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanmoqda


Download 82.27 Kb.
bet5/11
Sana08.01.2022
Hajmi82.27 Kb.
#235636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dominova

Tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;

  • xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari ‘qarzlar), grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;

  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
     Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.

Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.


    Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq:

    Quyidagilar, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi quyidagilarni nazarda tutgan holda Konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:



  • maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
    bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

  • maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

  • maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;

  • maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
    maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash.

2019-yil 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev PF-4312 «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonini imzolagani haqida xabar bergandik.

Ushbu konsepsiyani 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Konsepsiya o‘rta va uzoq muddatli istiqbol uchun maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadlari, vazifalari, ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Hujjat malakali pedagogik kadrlarining yetishmovchiligi, davlat MTMlarining to‘lib ketganligi, moddiy-texnik holatining nomuvofiqligi, hamda davlat MTMlarining o‘quv-metodik materiallari bilan past darajada ta’minlanganligi muammolarining hal etilishini nazarda tutadi.

«Qabul qilingan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tengi yo‘q hisoblanadi: birinchidan, mazkur hujjatda erishilgan natijalarning o‘lchanishini ta’minlaydigan aniq, maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan. Xususan, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bolalar miqdorini joriy 38,1 foizdan 80,8 foizgacha orttirish vazifasi qo‘yilgan. Shu bilan birga, MTV tomonidan ta’lim muassasalari quvvatlarining kuchaytirilishi davom ettiriladi: 2021-yilga kelib o‘rinlar miqdori yangi MTMlarni ochish hisobiga 56,8% ga ‘2030 yilga kelib – 132,3 foizga) ortadi, hamda davlat-xususiy sherikligi va respublikaning chekka tumanlari uchun aktual bo‘lgan muqobil maktabgacha ta’lim shakllari rivojlantiriladi. Keyingi yillarda pedagogik va boshqaruv kadrlariga alohida e’tibor qaratiladi. Ishlar ikki yo‘nalishda olib boriladi: pedagoglar miqdorini orttirish va maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlashda, qayta tayyorlashda, malakasini oshirishda va rivojlantirishda yangi yondashuvlarni tatbiq etish. Konsepsiya bilan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar respublika miqyosidan viloyat, tuman va shahar darajasigacha tushadi, hamda ushbu natijalarga erishish uchun qay miqdorda pul mablag‘larining zarurligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar bilan asoslanadi», – deb ta’kidlab o‘tdi Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Yelena Ten.



Qabul qilingan Konsepsiyaga ko‘ra maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir:

  • maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ‘Maktabgacha ta’limning davlat standartini ishlab chiqish, MTM tarbiyalanuvchilarini moddiy resurslar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari bilan ta’minlash normativlarini tasdiqlash, muqobil maktabgacha ta’lim shakllarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish);

  •  maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish ‘«Birinchi qadam» davlat dasturini va inklyuziv ta’limni keng miqyosda tatbiq etish, o‘quv materiallarini ishlab chiqish, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning bog‘liqliligini ta’minlash);

  • qamrovni orttirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim olishlari uchun teng huquqlikni ta’minlash, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish ‘yangi MTMlarni qurish va eskilarini rekonstruksiya qilish, bepul bir yillik maktabga tayyogarlikni keng miqyosda tatbiq etish, muqobil maktabgacha ta’lim shakllarini rivojlantirish, respublikadagi barcha MTMlarni kommunal xizmatlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash);

  • innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni tatbiq etish ‘axborot ma’lumotlar bazasini va multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish, uy ta’limi va ota-onalarning ma’lumot olishi uchun raqamli ta’lim resurslarini tatbiq etish, respublikaning barcha MTMlarini kompyuterlar bilan ta’minlanishini va Internet tarmog‘iga ulanishini bosqichma-bosqich amalga oshirish);

  • Maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, moliyalashtirishning shaffofligini va samaradorligini ta’minlash ‘samarali monitoring mexanizmlarni yaratish, manfaatdor shaxslarga ma’lumotlarni taqdim etish, muomalalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, chet el investitsiyalarini va grantlarini jalb qilish, me’yoriy kishi boshiga moliyalashtirishni birin-ketin tatbiq etish);

  • Kadrlarni tanlashda va rivojlantirishda yangi yondashuvlarni tatbiq etish ‘xalqaro ta’lim standartlarini tatbiq etish, chet el ekspertlarini jalb qilish va chet elga tajriba orttirish safarlarini tashkil etish, xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish, kadrlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish);

  • MTMlarda bolalarning sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarish bilan ta’minlash ‘MTMlarni mahsulotlar bilan ta’minlanishining markazlashtirilgan monitoring tizimini yaratish, autsorsing shartlari asosida maxsuslashtirilgan korxonalarni jalb qilish, alohida ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga kompleks yordamni takomillashtirish).

Konsepsiya bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan har yili 1-dekabrga qadar o‘tayotgan yilning natijalarini o‘rganib chiqish asosida keyingi yil uchun «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

 Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi.

    O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etilgan uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanadigan, uning o‘qishga intilishini va bilim olishga bo’lgan dastlabki qiziqishini uyg‘otadigan muhim bosqichga aylantirildi.

    Aytish kerakki, sobiq tuzum paytida maktabgacha ta’lim muassasasi ota-ona ishda bo’lgan paytlarida ularning bolalari asosan ‘bexavotir saqlab turiladigan joy’ sifatida amal qilib kelgan.          Bugun esa maktabgacha ta’lim bolani intellektual, jismoniy va ma’naviy rivojlantirishga, uni shaxs sifatida tarbiyalashning dastlabki va muhim bo’g’iniga aylandi. Yurtimizda maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya muassasalarida amalga oshiriladi.

    Bugungi kunda respublika bo’yicha jami 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 668 497 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. Shuningdek, yurtimizda 194 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatib, ularga 11 746 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan.

    Mutaxassislar inson o’z umri davomida oladigan barcha bilimlarning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olishini ta’kidlashadi. Endi shu o’rinda kelajak avlodga ta’lim-tarbiya berishda maktabgacha ta’lim muassasalarining o’rni va ahamiyatini tasavvur qiling.

    Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016 yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.

    Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o’quv-tarbiyaviy rejalariga qo’yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko’rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda.

    Shu munosabat bilan muhtaram Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi ‘2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi qarori maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasida qayta tashkil etish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.

    Ushbu Qaror 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Unda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish belgilangan. Jumladan, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash chora-tadbirlariga alohida urg‘u beriladi.

    Oila va bog‘chada bolalarning ta’lim-tarbiyasida qator tafovvutlar mavjud. Bu avvalo bolaning maktabga tayyorlash jarayonida ko‘rinadi.

    Maktabgacha ta’lim muassasiga bormagan bola to‘g‘ridan-to‘g‘ri maktabga kelganda dastlab boshqa bolalarga qo‘shila olmaydi. Chunki ular ko’proq oila muhitida ulg’ayganligi sababli nisbatan tortinchoq bo’lishadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida esa bolalarni nafaqat tengdoshlari balki kattalar bilan ham muloqot qilish ko’nikmalari rivojlantirladi.

    Shu ma’noda, ushbu Dastur asosida maktabgacha ta’lim sifati tubdan yaxshilanadi, undagi ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ilg’or tajribalar joriy etiladi. Bola shaxsini kamol toptirish, unga faqatgina harfni o’rgatish emas, balki unda ijobiy fazilatlarni shakllantirish, uning ruhiyatida atrof-olam, jamiyat va ota-onasiga nisbatan hurmat hissini, ona Vatanni sevishdek muqaddas tuyg’ular singdiriladi.

    Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo’icha an’anaviy maktabga tayyorlash shakllari bilan bir qatorda uning muqobil shakllarini yaratish va rivojlantirish ham ko’zda tutilgan. Jumladan, yurtimiz bo’yicha maktabgacha ta’lim muassasalarida 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Maktabgacha ta’lim muassasidagi qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning samarali shakli bo’lib qoladi.

    Qisqa muddatli guruhlarning yana bir muhim jihati, bu guruhlar bir tomondan yosh oilalarga qulaylik tug’diradi, ya’ni ularga moliyaviy yengillik beradi. Eng muhimi esa, bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi oshib, boshlang’ich sinflarda o’quvchilar orasidagi tavofutga barham beriladi.

    Yana muhim jihatlardan biri maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalarning intelektual qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha zarur didaktik o’yin va o’yinchoqlar bilan ta’minlanishi, kichik kutubxonalarning tashkil etilishidir. Bolajonlarda badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishini yoshligidanoq o’yg’otish va eng asosiysi, ona-Vatanimizga nisbatan mehr-oqibatli va sadoqatli farzandlar bo’lib voyaga etishlarida muhim rol uynaydi deb hisoblayman.

    Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo’yicha Respublika Prezidentining qarori ayni muddao bo’ldi. Zamon shiddat bilan taraqqiy etayapti. Texnika va texnologiyalar yil sayin yangilanib borayotir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o’quv reja va dasturlarini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilgan.     Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o’quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtiriladi.

    2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini quriladi, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o’quv-metodik qo’llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlanadi.

    Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so’m mablag’ ajratilishi ko’zda tutilmoqda.

    Jamiyatning ma`naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta`lim – tarbiya ishlarining mazmuni, shakl mohiyatiga bog’liqdir.

Shu boisdan ham Respublikamizda bosqichma – bosqich amalga oshirilayotgan ta`lim tizimini pedagogik tahlil qilish, bu jarayonni samarali kechishini ta`minlash zarurati yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasining

―Ta`lim to’g’risida‖ gi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ da – ta`lim tizimida kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish vazifalari belgilab berilgan.

Bu vazifalarni to’laqonli hal etishda o’qituvchi – pedagogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda Oliy va o’rta maxsus ta`limini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari o’z mutaxassisligi bo’yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, nazariy bilimlarni amaliy tayyorgarlik bilan qo’shib olib borish zarurligi ko’rsatib o’tilgan.

Bu talablar pedagogika kollejlarining maktabgacha ta`lim yo’nalishida tarbiyachi uslubiyotchilar tayyorlashga ham taaluqli bo’lib, ularda maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlar fani ixtisos beradigan o’quv fani hisoblanadi.

O’quvchi – talabalarga maktabgacha ta`lim muassasalarida olib boriladigan ta`lim – tarbiyaviy, metodik ishlarga umumiy nazariy yondashish masalalarini ochib berar ekan, maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshiriladigan barcha metodik va ta`lim – tarbiya berish ishining mazmuni, ularni tashkil etish, shakl va metodlarini tanlash qonunuiyatlarini belgilovchi asosiy fan sifatida namoyon bo’ladi. Bu masalalarni hal etishda u ―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖, ―Oila pedagogikasi‖ fanlarining umumiy ilmiy - nazariy asoslariga, uning metodologiyasiga, ta`lim – tarbiya nazariyasiga tayanadi.

Maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlar pedagogika fanining muhim sohasi bo’lib, uslubchi tomonidan metodik ishlarni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan jihatlarni yoritib beradi. U ijtimoiy pedagogika va maxsus metodikalar bilan umumiy ilmiy – nazariy asoslarga ega.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishning aniq qoidalari mazkur muammolarga taaluqli maktabgacha pedagogika fanining umumiy nazariy qoidalarga tayanadi.

Bu xol asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g’oyaviy – nazariy darajasini ta`minlashga uning mazmunini maktabgacha pedagogika fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va nazariy qoidalar negizida yoritishga imkon beradi.



Maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlar fanining asosiy qonuniyatlari quyidagilar:

  1. Maktabgacha ta`limning Davlat xarakteri, uning ta`lim tizimidagi tutgan o’rni, maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining ma`naviy – madaniy va umumkasbiy darajasi, uning liderlik va boshqaruv jihatlari, tamoyillari va xususiyatlari to’g’risida tasavvur va bilimga ega bo’lish.

  2. Maktabgacha ta`lim muassasasi ishini rejalashtirishning nazariy asoslari, ta`lim – tarbiyaning maqsadi, mazmuni, shaxsni barkamollikka etaklovchi omillar, jamoada sog’lom muhitni yaratish.

  3. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar hayotining turli qirralarini tashkil etishda tarbiyachi va uslubchi tomonidan qo’llaniladigan metod va usullar, nazorat shakllari va uni o’tkazish metodikasi.

  4. O’quv faoliyatini tashkil etish, nazorat va raxbarlikning o’ziga xos xususiyatlari.

  5. Metodik ishlarning turlari – shakllari, pedagogik, innovatsion texnolgiyalar asosida tashkil etishning qonuniyatlari, imkoniyatlari.

  6. Maktbgacha ta`lim muassasasining ota – onalar va jamoatchilik bilan xamkorlik ishidagi maktabgacha ta`lim muassasasining bola tarbiyasidagi majburiyatlari, tarbiya va rivojlanish muammolariga uzluksiz yondashish, bolalarga ta`lim - tarbiya berish, ularni rivojlantirish jarayonlarning birligi o’zaro bog’liqligini amalga oshirish, oilaning ijtimoiy, ma`naviy, iqtisodiy, demografik, amaliy vazifalari, ota-onalar savodxonligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan ish shakllarini tanlash imkonini beradi.

Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining boshlang’ich turi hisoblanadi hamda O’zbekistan Respublikasini Ta`lim to’g’risida va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to’g’risidagi qonunlari talablari asosida tashkil etildi.

Maktabgacha ta`lim sog’lom, har tomonlama etuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologiq pedagogik shart - sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta`lim olishga tayyorlashda ota - onalarga yordam

beradi. Maktabgacha ta`lim bola 6 - 7 yoshga etguncha oilada, hamda davlat va nodavlat maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta`lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim - tarbiyasiga qo’llaydigan Davlat talablariga muvofiq sog’lom va etuk maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.

Maktabgacha ta`limning vazifalari:


  • Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog’lig’ini mustahkamlash;

  • Bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;

  • Bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash;

  • Bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;

  • Bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;

  • Bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash.

Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning hamma turlari bilan mustahkam aloqada olib boriladi.

«O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida – oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega» deyilgan. Shuningdek, voyaga etmaganlar - davlat himoyasidadir - deb uqtiriladi.

Maktabgacha ta`lim muassasasi oila va jamiyatning bolalarga g’amxo’rlik qilish, milliy va mintaqa xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tashkil etiladi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyada onalik va bolalikni Davlat tomonidan muhofaza qilinadi deb, uqtiriladi.

Ijtimoiy maktabgacha ta`lim - bu Davlat tomonidan tashkil etiladigan Davlat muassasalari bo’lib, unda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta`lim va tarbiya beriladi. Ijtimoiy maktabgacha ta`limning vujudga kelishi asosan 1917- 1918 yillardan keyingi davrlarga to’g’ri keladi. Bunda xalq komissarligining maktabgacha tarbiya bo’yicha 1917 yil 20 noyabrdagi deklaratsiyasi «Bolalar himoyasi Kengashining tuzilishi mamlakatda Davlat tomonidan maktabgacha ta`lim muassasasalarini ko’plab ochilishi maktabgacha tarbiya bo’yicha xodimlarni tayyorlash vazifalarini qo’yadi. Xotin-qizlarni mamlakatimizning xo’jalik va siyosiy hayotiga etish ishlari maktabgacha ta`lim muassasasilari tarmoqlarini kengaytirish va qishloqda dastlabki maktabgacha ta`lim muassasasilarini tashkil etishda qadam qo’ydi. 1918 yilda Turkiston Xalq komissarligi qoshida maktabgacha tarbiya bo’limi tashkil etiladi. Bu bo’limning vazifasi joylarda katta tashkiliy ishlarni – maktabgacha ta`lim muassasasilari uchun joy qidirish va ularni kerakli jihozlar bilan ta`minlash, tarbiyachilar tanlash va ota-onalar o’rtasida pedagogik tashviqot qilishdan iborat edi.

Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida maktabgacha ta`limning vazifalari quyidagicha izohlanadi:

Maktabgacha ta`lim bola sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta`minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta`lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta`lim bola 6-7 yoshga etgunicha davlat va nodavlat

maktabgacha ta`lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.

Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo’ladi:


  • Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustivor ravishda tayyorlash;

  • Maktabgacha ta`limni samarali psixologik - pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;

  • Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta`minlash;

  • Zamonaviy o’kuv - uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoqlar va o’yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy - tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma`naviy - axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart - sharoitlar yaratish;

  • Maktabgacha ta`lim muassasalarining har xil turlari uchun turli variantlardagi ta`lim dasturlarini tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo’yicha malakali maslahat xizmati ko’rsatish imkoniyatini yaratish;

  • Maktabgacha tarbiya va sog’lomlashtirish muassasalari tarmog’ini qo’llab- quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.




    1. Download 82.27 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling