Kurs ishi mavzu: “Mehr va Suhayl” hikoyatida bosh qahramonlar va obrazlar
Chorshanba kuni uchun uning homiysi Utorud (Merkuriy) rangiga mos moviy qasrda Bahrom navbatdagi jahongashtadan Mehr va Suhayl haqidagi hikoyani tinglaydi
Download 267.05 Kb.
|
Mehr va Suhayl
Chorshanba kuni uchun uning homiysi Utorud (Merkuriy) rangiga mos moviy qasrda Bahrom navbatdagi jahongashtadan Mehr va Suhayl haqidagi hikoyani tinglaydi.Payshanba kuni shu kun homiysi Mushtariy (Yupiter) rangiga mos sandal qasrda shoh Bahrom Muqbil va Mudbir haqidagi qissani tinglaydi. Unga ko‘ra Muqbil va Mudbir Boxtar degan joydan Xovarga yo‘l oladilar. Muqbil ibodatli, rostgo‘y bo‘lib, Mudbir kazzob va pastkash edi. Ular qaynoq vodiyi hamimdan birga o‘tadilar. Mudbirning axmoqona gaplaridan Muqbil ko‘p ozor chekib, undan voz kechmoqchi bo‘lsa, Mudbir yalinib, tavba qiladi. Ular shu tariqa safarda davom etadilar. Dengiz sohiliga borib, bir kemaga chiqadilar. Muqbil odatdagidek ibodat qilib, tasbih o‘girib o‘tirsa, Mudbir Xudoga shirk keltirib, valdiray boshlaydi. Shunda to‘fon kelib, ularning kemasini g‘ar qiladi. Bu ikkisi taqdir taqozosi bilan qutulib, qirg‘oqqa chiqib, o‘rmonga duch keladilar. Shu yerdagi bir daraxt kovagida buloq bo‘lib, u yerda buning suvini ichgan odam mutlaqo ochiqmaligi, suvsamasligi va yolg‘on gapirsa yorilib o‘lishi yozilgan bo‘ladi. Muqbil va Mudbir bu suvdan to‘yib ichib olganlari uchun yozuvni o‘qisalar, buloq suvida boshi bilan sho‘ng‘ib cho‘milgan odam g‘aroyib voqealarni ko‘rishi aytilgan ekan. Faqat rostgo‘y odam cho‘mils mumkin, yolg‘onchi esa kuyar ekan. Natijada, suvga Mudbir tusholmaydi, Muqbil buloqqa sho‘ng‘ib, bir qasrga duch keladi, u yerda bir mahvashga oshiq bo‘lib qoladi… O‘ziga kelib, suvdan chiqqanida esa oshiq bo‘lgan go‘zal ishqida o‘zini yo‘qotib bexud bo‘ladi. Muqbil va mudbir qirg‘oqqa kelsalar, yuir kemaga duch keladilar. Bu kema sandal daraxti yog‘ochi bilan to‘la bo‘lib, odamlari o‘lib yotardilar. Gap shundaki, Xovar mamlakati shohi qizi kasalga chalingan bo‘lib, tabiblar unga sandal daraxtidan yasalgan qasrda yashash davo degani uchun ko‘plab savdogarlar shu daraxt yog‘ochlarini olib kelayotganlarida dengizda po‘rtanaga tushib, chiqolmay, ochdan o‘lgan edilar. Ular qirg‘oqqa borganlarida Xovar shohiga duch keladilar. Mudbir o‘zini savdogar, kema egasi, Muqbilni qulim, deb tanishtiradi va shu zahoti yorilib o‘ladi. Muqbil esa bor gapni yashirmay aytib beradi. Shoh uni o‘ziga kuyov qilishni xohlab, to‘y beradi. Malikaning qasriga borgan Muqbil xuddi buloqda ko‘rgan holatiga duch keladi: sandal qasr, go‘zal qizlar va… o‘sha u sevib qolgan mahvash. Keyin ma’lum bo‘ladiki, bu go‘zal Xovar shohining qizi bo‘lib, unga jinlar shohi oshiq bo‘lgan ekan. Lekin qizga yetisholmagan jinlar shohi o‘sha oroldagi daraxtdagi kovakdagi buloqda qizning suvratini, uning qasrining nusxasini paydo qilib, o‘zini ovutib o‘tirarkan. Muqbil shunga duch kelgan ekan. Shu tariqa Xovar shohining go‘zal qizi va rostgo‘y Muqbil vaslga erishadilar.Download 267.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling