Kurs ishi Mavzu: “Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari va iqtisodiyotni tartibga solishdagi ro’li”
II-BOB. MOLIYA MUNOSABATLARINING IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHDAGI RO’LI
Download 433.51 Kb.
|
Moliya va moliya
II-BOB. MOLIYA MUNOSABATLARINING IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHDAGI RO’LI.
Davlat byudjeti. Uning shakllanishi va taqsimlanishi. Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo’lgan. Davlat byudjeti tashkil etishga ehtiyoj, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyati va davlat byudjetiningtaqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi. Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning muayyan qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) mablag’ bilan ta’minlash imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasi (instrumenti)dir. Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga asos bo’ladi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarni asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi. Davlat byudjeti juda keng qamrovli va murakkab tushuncha bo’lib, uni boshqarishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, tegishli kodeks, qonun, farmon, qaror va qonunosti hujjatlari huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Ularning ichida eng muhimlaridan biri “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti Kodeksi” hisoblanadi”. Yagonalik (birlik) va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma’muriy-hududiy byudjetlar ko’pligiga qaramasdan, ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga ketma-ket bo’ysunishiga rioya qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Bir vaqtning o’zida davlat byudjeti resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm printsiplariga ham rioya qilinadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o’zlarining davlat byudjeti mablag’lariga ega va o’zlariga tegishli davlat byudjeti huquqlaridan foydalanadilar. Davlat byudjetiga xos ana shu xarakterli belgilar mablag’lar bilan manyovr qilish va davlat byudjeti siyosatini oqilona tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan farqli holda, davlat byudjetida, ikki tushunchaning terminologik qo’shi-lishi mavjud: 1) davlat byudjeti – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) davlat byudjeti – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Ayrim hollarda davlat byudjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to’g’ri deb e’tirof etib bo’lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli bo’lgan har qan-day reja u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bo’lish shakllaridan biri hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi davlat byudjeti (umumdavlat moliyasi) kategoriyasining namoyon bo’lish shaklidir. Ya’ni davlat byudjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida iqtisodiy kategoriya va byudjetga xos bo’lgan xususiyatlar majmuining namoyon bo’lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifati-da ularning “davlat byudjeti” deb bir xil nomlanishi predmetning mohiyatini o’zgartirmaydi va davlat byudjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar tarkibidan chiqarishga asos bo’la olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shuki, davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: 1) davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya); 2) shu kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi. 30.12.2023 yildagi “2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-813-son Qonun kuchga kirdi. U Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 22 dekabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2022 yil 27 dekabrda ma’qullangan. 2023 yil uchun yalpi ichki mahsulot 1 068 044 mlrd soʻm darajasida prognoz qilinmoqda. YaIM oʻsish sur’ati 5,3%ni, iste’mol narхlarining indeksi oʻtgan yilning dekabriga nisbatan 9,5%ni tashkil etadi. 2023 yil konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3%i miqdorida belgilandi. 2023 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 310,68 trln soʻm darajasida prognoz qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60%dan oshmasligi kerak. 2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari, shundan Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun - 2 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun - 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilandi. 2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmi 17 trln soʻm miqdorida belgilandi. Bunda moliya yili davomida chiqariladigan hamda joriy yilda qoplanadigan davlat qimmatli qogʻozlari cheklangan sof hajmga kiritilmaydi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga koʻra amalga oshiriladigan qoʻshimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi. Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli byudjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal хizmatlar uchun хarajatlar rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantiradi.
Download 433.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling