Kurs ishi mavzu: Multimediya so’zining ma’nosi va kelib chiqish tarixi. Mundarija: I. Kirish. Multimediya so‘zining ma’nosi II. Asosiy qism
Download 326.68 Kb.
|
Guliston Davlat Universiteti
III.Xulosa.
Xulosa qilib aytganimizda ,maktabgacha ta’imda muammoli ta’limni tashkil etish uchun eng avvalo bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olishimiz kerak. Bolajonlarni tushunishlariga oson o’zlariga tanish bo’lgan vaziyatarni ularga muammo sifatida berishimiz mumkin. Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan talabalarning ,o’quvchilarning,boalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida bolalar bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Muammoli ta'lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, bolani uni echishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi. Pedagog bolalarning har qanday javoblarini diqqat bilan tinglab ularni to’g’ri yo’nalishga yo’naltirishi lozim.Hech qaysi bolani seni gaping noto’g’ri deb aytmasigi kerak . Bolani o’zi to’g’ri xulosa chiqarishiga qo’yib berganlari maqsadga muofiq bo’ladi. Maktabgacha ta’lim tizimida ta’limiy mashg’uloltlarida muammolar yuzaki, loqaydlik bilan o’qilmasligi va befarq yechilmasligi kerak. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarini muammo bilan tanishtirish jarayonida ulardagi loqaydlikni yo’qotishga bor kuchini sarflamog’i lozim. Tarbiyalanuvchilarning bir-birlari bilan muloqotga kirishganda ular o‘rtasida faollikning yo’qligi boshqa barcha tadbirlarning samarasizligiga sabab bo’ladi. Tarbiyalanuvchilar muammlar ustida ishlash asnosida undagi boshqachalikni, g’ayrioddiylikni his qilib borishlari lozim. Buning uchun, ba’zan, tarbiyachining qiziqarli, ilmiy va hayotiy asoslarga boy, tarbiyalanuvchi diqqatini o’ziga tortadigan kirish so’zi kerak bo’ladi. Shu bilan birga yechilishi talab etilayotgan muammoning yetkazib berilishiga e’tibor qaratiladi. Har bir muammoni o’rganishda tarbiyachi qat’iy maqsadni belgilab olishi va aniq yo’nalishga tayanishi lozim bo’ladi. Maktabgacha ta’limining o’ziga xos xususiyatlaridan biri o’rganiladigan mavzudagi ma’lumotlar bilan tanishishning istisnosiz tarzda majburiy ekanligidadir. Muammoli vaziyatlarni yaratishdan oldin o’quv materiali bilan bevosita tanishish, ayrimlari parcha holida bo’lsa-da, muammoning yechimini topishda, ayni zamonda, inson intellektual shakllanishida favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’limda muammoli o’qitish texnologiyasidan foydalanilganda uning tarbiyalanuvchi kamoloti yo’lidagi samaradorligini ta’minlash uchun bolalarning faolligi, individual rivojlanish darajasi va yosh xususiyatlarini inobatga olish zarur. Muammoli ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilar bilan ishlashda tarbiyachi ularning shaxsi, qobiliyati, imkoniyati, qiziqishlari, aqliy va ruhiy faollik darajasini puxta bilishi taqozo etiladi. Tarbiyalanuvchilar ta’limning har bosqichida yaratilgan muammolar yechim ustida o’ziga xos tarzda ishlashga o’rgatib borilsa, asta-sekinlik bilan mohiyatni chuqurroq his etib boriladi. Muammoning yechimini topish jarayonida bolaning ichki dunyosi, shaxsi va xarakteri uning xatti-harakatlari, fikrlari, nutqida namoyon bo’lishini o’rgana boradi. Lekin maktabgacha adabiy ta’lim amaliyotida ko’pchilik tarbiyachilar bugun ham ochiq nasihatgo’ylikni ustuvor qo’yib kelmoqda. Download 326.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling