Kurs ishi mavzu: Multimediya so’zining ma’nosi va kelib chiqish tarixi. Mundarija: I. Kirish. Multimediya so‘zining ma’nosi II. Asosiy qism
Multimedianing rivojlanish tarixi
Download 326.68 Kb.
|
Guliston Davlat Universiteti
Multimedianing rivojlanish tarixi.
Multimedia-texnologiyalari informatikaning eng dolzarb va mashhur yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo’nalishning asosiy maqsadi “tasvir, tekst va matn ovoz, video animatsiya va boshqa tasviriy effektlar (Simulation) kollektsiyasiga ega bo’lgan, hamda interaktiv va boshqa vizual boshqaruv mexanizmiga ega bo’lgan” mahsulotlarni yaratishdan iborat. Bu tushuncha 1988 yil yangi texnologiyalarni tadbiq qilish va foydalanish muammolari bilan shug’ullanuvchi yirik Yevropa Komissiyasi tomonidan bayon qilingan. 80 – yillar oxirida multimedia – texnologiyalarini gumanitar soxalarda qo’llashga bo’lgan qiziqishlarni oshishi yuzaga keldi. Atoqli amerikalik kompyuter – biznesmeni Bill Geyts nomi bilan bog’liq. U turli “muhitli”: tasvir, ovoz, animatsiya va gipermatnli sistema asosidagi multimedia maxsulotlarini yaratish va amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llash g’oyasini ilgari surgan. Aynan mana shu maxsulot o’zida multimedianing quyida keltirilgan 3 ta asosiy printsipini mujassamlashtirib olgan edi: Ma’lumotlarni inson sezuvchi turli ma’lumot muhitlari kombinatsiyasi yordamida tasvirlash. Maxsulotdagi ma’lumotlarni tasvirlashni turli xil liniyalarini mavjudligi (xususan unda ma’lumotni tasvirlash liniyasini maxsulotda mavjud bo’lgan boshqaruv mexanizmi orqali insonni o’zi belgilaydi). Interfeysning badiiy dizayni va navigatsiya vositalari. Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: - axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi; - muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi; - "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. Multimedia vositalari asosida ta'lim tashkil etish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir. Download 326.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling