Kurs ishi mavzu: Mumtoz adabiyotda xamsanavislik an’analari


xalqqa beshak durur, Bilki, bu naf’ o‘zungga


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1554085
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
navoiyshunoslik kurs ishi xanjarova (1)

xalqqa beshak durur, Bilki, bu naf’ o‘zungga 
ko‘prak durur”. Aksincha, agar inson jamiyatga
xalqqa zarar yet- kizsa, yomonlik qilsa, bu ham uning 
o‘ziga qaytadi: “Ulki zarar she- vasini tavr etar, 


Elga demakim, o‘ziga javr etar”. Shuning uchun 
haqiqiy inson yurt tashvishi bilan, el g‘ami bilan 
yashaydi:
Odamiy ersang, demagil 
odami, 
Oniki 
yo‘q 
xalq 
g‘amidan g‘ami.
Navoiy har bir tushunchaga mukammal ta’rif va tavsif 
berar ekan, fikrni go‘zal va nafis badiiyat libosiga o‘rab, 
o‘quvchiga taqdim qiladi. Uni o‘qir ekansiz, ifoda 
go‘zalligi sizni maftun qiladi, so‘zlar jilosi uchun adibga 
tahsinlar o‘qiysiz. Birinchi dostonda tilga olingan mazkur 
mavzular, masalalar keyingi dostonlarda o‘ziga xos tarzda 
va talqinlarda bir-biridan go‘zal hamda teran qissalar orqali 
kitobxon ongi va shuuriga yetkaziladi. 
“Xamsa” — Navoiy dahosining mahsuli, ayni paytda, 
millatimiz tafakkur ko‘lami hamda ma’naviy qudratining 
timsoli. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri
badiiy madaniyat tarixida butun bir davrni tashkil 
etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz 
namoyandasi, millatimiz g‘ururi, sha’n-u sharafini 
dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. 
Albatta, Navoiyni bilish — o‘zlikni bilish, Navoiyni 
sevish — millatni sevish, Navoiyga sadoqat — eng ezgu 
insoniy qadriyatlarga sadoqat demakdir. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling