Kurs ishi mavzu: Mustaqillik yillarida toponomika fanining rivojlanishi. Tayyorladi: Qabul qildi: toshkent 2023 Mundarija
Download 44.35 Kb.
|
toponomika kurs ishi
1.2.O’zbekiston toponomikasi.
Geografik nomlarni ularning kelib chiqishi va tarixi bilan bog`liq holda o`rganish, ularni klassifikatsiya qilish nisbatan yaqin vaqtlarda boshlangan. Bu sohada atoqli toponimikachi A.X.Vostokovning xizmati kattadir. U Rossiyadagi daryo nomlarini ularning oxirgi qo`shimchalariga qarab guruhlarga bo`ladi va bu qo`shimchalar hozir biron ma`noni anglatmasa ham qadimgi xalqlar tilida ma`lum ma`noni bildirgan bo`lsa kerak, deb to`g`ri xulosaga keladi. A.X.Vostokovning fikri XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi ba`zi bir toponimikachilarning asarlarida o`z rivojini topdi. 10 XX asr boshlarida toponimik tadqiqotlar ancha keng quloch yoydi. 2-jahon urushidan oldingi davrda olimlardan A.I.Sobolevskiy, N.YA.Marr, S.V.Veselovskiy, V.V.Bartol’d, V.P.Semyonov-Tyanshanskiy, V.G.SHostakovich toponimika sohasida ayniqsa samarali ishlar qildilar. O`rta Osiyo, jumladan, O`zbekiston toponimikasini o`rganish sohasida V.V.Bartol’dning xizmatlarini alohida qayd qilib o`tish kerak. Urushdan keyingi yillarda toponimika rivojida katta bir o`sish davri bo`ldi. endilikda toponimika soxasida ayrim olimlargina emas, balki butun-butun olimlar jamoasi ish olib bormoqdalar. Endilikda o`lkamizda toponimik tadqiqotlar avj oldirilmoqda. Toponimikaga, uning nazariyasiga doir ko`pgina asarlar yaratildi. Bir necha o`nlab yosh olimlar ham toponimika sohasida samarali ish olib bormoqdalar. CHunonchi, T.Nafasov «Qashqadaryo toponimikasi», SH.Qodirova «Toshkent mikrotoponimikasi», e.Begmatov esa antrotoponimika — kishi nomlarini o`rganish sohasida ilmiy ish olib bormoqdalar. O`rta Osiyo, jumladan, O`zbekiston toponimlarini o`rganish ham uzoq tarixga ega. O`zbekiston toponimikasini o`rganishda mashhur rus sharqshunos olimlari hamda tarixchilari: V.L.Vyatkin, N.F.Sityakovskiy, L.N.Sobolev, V.V.Bartol’d, S.P.Tolstov, P.P.Ivanov. M.E.Masson, O.A.Suxareva va boshqalar bu sohada juda katta ishlarni amalga oshirdilar. Respublika joy nomlarining kelib chiqishi tarixini va millat, qabila, elat, urug`-aymoq nomlarining kelib chiqish tarixini (etnogeneziyani) hamda geografiyaga oid atamalarni o`rganishda YA.G`.G`ulomov, R.N. Nabiev, A.R.Muhammadjonov, F.Abdullaev, S.Ibrohimov, O`zbekistonda birinchi toponimik kartoteka tuzishda ishtirok etgan X.T.Zarifov; etnonimlar — e.Fozilov M.SHoabdurahmonov, X.Doniyorov, R.Qo`ng`irov; geograflardan H. Hasanov, S.Qoraev kabilarning ishlari diqqatga sazovordir.11 Download 44.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling