Kurs ishi mavzu: O‘zbek tilida fe’l nisbatlari


Download 58.62 Kb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi58.62 Kb.
#1619588
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gulbahorb Kurs ishi

Kirdi-chiqdi, oldi-berdi, oldi-sotdi kabi juft fe’llar ot so’z turkumi guruhidan o’rin olganligiga guvoh bo’lamiz.
Takror fe’llar bir fe’lning takroridan hosil bo’ladi. Ularning ayrimlari ot so’z turkumiga o’tganligiga ham guvoh bo’lamiz. Dedi-dedi, mindi-mindi (o’yin turi), mish- mish (emish-emish) kabilar bunga misol bo’ladi.
Fe'lning sintaktik tabiati borasida manbalarda yetarlicha fikr bayon etilgan.Bu o’rinda quyidagilarni aytish bilan cheklanamiz. Fe'llar chapda boshqa so’zlar bilan boqlanib, kesim, ega, to’ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe'l maxsus shakllarga ega bo’ladi. Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe'l shakllari fe'lning vazifa shakllari sanaladi.
Xullas, fe'l turkumiga oid so’zlar semantik, morfologik, sintaktik jihatdan o’z tabiatiga ega. Uning semantik jihati nisbatan o’zgaruvchan bo’lib, morfologik, sintaktik tabiati esa nisbatan barqarordir.
Biz bu o’rinda mazkur turkumning grammatik, qisman semantik xususiyatiga qisqa to’xtaldik. Ishimizning keyingi bo’limlarida fe'lning semantik xususiyatiga alohida to’xtalamiz. Qolaversa, fe'l turkumining semantik xususiyati, ma'no tuzilishi, ma'no jihatdan turlari alohida kuzatishni talab etadi.
Fe'llarning nisbat kategoriyasi
Fe’l ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (sub’ekti) va predmeti (ob’ekti) yoki bir necha bajaruvchi (sub’ektlar) orasidagi munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. Harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabat turlicha bo`ladi. Ma’lum bir shaklda harakat ega bilan ifodalangan shax syoki predmet tomonidan bajariladi. Masalan: Bobur ota yurtidan batamom ajralganini endi astoydil his qildi (P.Qodirov).
Boshqa bir shaklda harakatning sub’ekti (ega) ham, ob’ekti ham bir shaxsning (predmetning) o`zi bo`ladi. Masalan: Feruzaga hovliga tushib, shabnamda qiyg`os ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.G`ulom).
Yana bir ko`rinishda harakatning bajaruvchisi sub’ekt emas, ob’ekt sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi. Masalan: Tashqarida so`riga gilam to`shaldi, ko`rpacha solindi. Dasturxon yoyildi, choy damlandi (Tog`ay Murod).

Shuningdek, harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajarilishi mumkin. Masalan: Ichkaridan birin-ketin bolalar chiqib kelishdi (Tog`ay Murod).

Yana bir nisbat shaklida esa harakat grammatik sub’ekt (ega)ning boshqa bir sub’ekt va ob’ekt ta’siri bilan bajariladi. Masalan: Mo`minning ovozidan qat’iyat, buyruq Laylini bo`shashtirdi (S.Z.)
SHunga ko`ra fe’llarda besh xil nisbat ko`rinishi mavjud: 1. Aniq nisbat. 2. O`zlik nisbat. 3. Majhullik nisbati. 4. Birgalik nisbati. 5. Orttirma nisbat.

Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi qo`shimchalar yordami bilan yasaladi. Bu qo`shimchalar fe’lning leksik ma’nosini o`zgartirmaydi, balki unga qo`shimcha ma’no qo`shadi. YA’ni bu qo`shimchalar harakatning bajaruvchisi (sub’ekti) va predmeti (ob’ekti) ni ko`rsatib, gap qurilishining qanday bo`lishini bildirib turadi. Masalan: yozdi – sub’ekt (ega)ning o`zi bajaradigan harakat, yozildi – predmet (ob’ekt) tomonidan bajarilib, sub’ekti noma’lum harakat, yozishdi – bir necha sub’ektlar bajaradigan harakat, yozdirdi – sub’ektning ob’ektga ta’siri bilan bajariladigan harakat.





Download 58.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling