Kurs ishi mavzu: O‘zbek tilida gammatik ma’noni ifodalash usullari Bajardi: Botirova Asal Qabul qildi: Ismoil Davletov


Download 51.95 Kb.
bet2/7
Sana04.02.2023
Hajmi51.95 Kb.
#1164491
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
192-Botirova.A.Kurs ishi

Mavzuning o‘rganilish darajasi. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida uning barcha sohalari bo‘yicha, ayniqsa, grammatika, grammatik ma’no yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, bu sohaning barcha muammolari tugal hal etilgan deb bo‘lmaydi. O‘zbek tilidagi so‘zlarning Grammatik ma’nolari shu vaqtga qadar to‘liq o‘rganilgan emas. S.I.Ojegovning2e’tirof etishicha, leksika tilning boshqa sathlariga qaraganda murakkab va ko‘p qirralidir. Uning vazifasi, bir tomondan, jamiyat nafas olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan in’ikos etish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, leksik, semantik, uslubiy-sinonimik so‘z yasash va shuning kabi bir qator hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir1. Bir tildan boshqa tilga so‘z o‘zlashishi va o‘sha tilning boyishi tillarning aralashuvi sifatida yuqori baholanadi. Mashhur tilshunos L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslikning muhim muammolari sirasiga kiritadi3.
Ona tilini o‘qitish sohasiga salmoqli hissa qo‘shgan M.Asqarova, A.G‘ulomov, Y.Abdullaev, M.Omilxonova, K.Qosimova, H.Zahirov, A.Po‘latov, A.Mirzaev, O.Roziqov, A.Sayfullaev, O.Yoqubjonova, N.Shukrullayev, R.Abdulahatova, R.Inog‘omova, B.Mirzaahmedov, M.Abduraimova, R.Qayumova, T.G‘aniyev, M.Sobirova, Sh.Yusupova, N.Sattorova, T. Yusupova, T.Ziyodova, A.Bobomurodova, M.Saidov, O.Oxunjonova kabi metodist olimlarning yaratgan tadqiqot ishlari, metodik qo‘llanmalari, ilmiy maqolalarida bugungi yoritajak mavzumiz yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar bayon qilingan. Mazkur ishlardagi tavsiyalardan bugungi kunda ham maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ona tili darslarini tashkil etishda zaruriy dasturulamal sifatida unumli qo‘llanilmoqda.
Ishning obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti uchun darslik va qo‘llanmalarda berilgan umumnazariy ma’lumotlar, davriy matbuot sahifalaridagi va boshqa sohalardan olingan materiallar belgilandi. Ishning predmeti esa o‘zbek tili grammatikasida grammatik ma’nolarning taraqqiyotidagi o‘ziga xos jihatlarini yoritishdan iborat.

Download 51.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling