Kurs ishi mavzu: O‘zbek tilida olmoshlarning leksik-grammatik xususiyatlari Ilmiy rahbar
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
ZARIN kurs ishiiiiii
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 4 Kirish. Kurs ishining umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi. Jahon tilshunosligining hozirgi taraqqiyoti davrida til sistemasi birliklarining amalda real qo‘llanishi masalalari talqini o‘ta dolzarb muammolardan biridir. Hozirgi zamon o‘zbek tili morfologiyasi, ayniqsa, uning ot so‘z turkumiga oid birmuncha tadqiqotlar qilingan bo‘lishiga qaramay, bu sohada hali o‘z yechimini kutayotgan muammolar kam emas. O‘zbek tilshunosligi o‘zining yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ydi. Bugungi kunda davr milliy til va milliy ma'naviyat mushtarakligi masalasiga daxldor yangidan-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Prezidentimiz ta'kidlaganlariday: “Bugungi kunda davlat va jamiyat qurilishi sohasida mamlakatimiz oldida o‘zining miqyosi va qamroviga ko‘ra ulkan vazifalar turibdi”. 1 Mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining o‘z tili, adabiyoti, san'ati va tarixini yanada chuqurroq, uning o‘ziga xos nafosatini ulug‘lagan holda o‘rganish imkoniyati kengaydi. Shu bilan bir qatorda shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, til – ma’naviyat ko’zgusi. Ona tili – millatning ruhidir. Shu bois ona tili ta`limi samaradorligini oshirish davlat siyosatiga aylandi. Maktabda “Olmosh so‘z turkumi”ni o‘rganishga oid bilimlarni izchillik bilan o‘qitish juda kata ta`limiy va ma`naviy ahamiyat kasb etmoqda. Bu turkumga xos bo‘lgan bilimlarni o‘qitishning ta`limiy va ma`naviy ahamiyati shundaki, o‘quvchilar nom bildiruvchi so‘zlarning ma`no jihatdan xilma-xilligini, nom bildiruvchi so‘zlar ma`nolari o‘rtasidagi farqlarni bilib olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Tahlil qilish va izohlashga qaratilgan ta`lim usullarini tadqiq qilish va fonetikaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi. 1 Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimizdir” - Toshkent: O‘zbekiston, 2010. 17-b. 2 Karimov I. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent: Ma'naviyat, 2008. 29-30 b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling