Kurs ishi mavzu: O‘zbek tilida olmoshlarning leksik-grammatik xususiyatlari Ilmiy rahbar


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana06.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1436026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ZARIN kurs ishiiiiii

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. O’zbek tilida olmosh so’z turkumining 
o’rganilishi va undan foydalanish haqida ko’plab qarshlar mavjud. Ularning har 
bittasi alohida va bir – biridan farq qiladi. Olmosh bo’yicha ko’plab 
olimlar,metodistlar o’zlarining tadqiqot va ilmiy izlanishlarini olib borganlar. Misol 
uchun aytish mumkinki, Ra’no Sayfullayeva, Nizomiddin Mahmudov, Mazluma 
Asqarova, Ayub G’ulomov, Muhabbat Qurbonova, Abdulhamid Nurmonov, 
Bahodir Mengliyev, Hasanboy Jamolxonov, G’ani Abdurahmonov, Shavkat 
Rahmatullayev va boshqalarni keltirish mumkin.
Ularning har bittasining tadqiqoti o’ziga xosdir. Masalan , Ra’no 
Sayfullayeva aytganki, “ ot, sifat, son – olmoshlashadi. Misol qilib: Bir kishi 
so’rayapti gapini olaylik. Bu yerdan ma’lum bo’ladiki, Bir kishi – ya’ni, kimdir 
ma’nosida kelayotganini inobatga olib aytish mumkinki, bu yerda bir so’zi gumon 
olmoshi ma’nosida kelyapti. Shuning uchun ham, sonni olmoshga almashdi deb 
bemalol ayta olamiz” – deya aytganlar.
Yana aytiladiki, olmoshlarda kompozitsiya usuli bor. Ya’ni, ular 
kompozitsiya usuli orqali yasalish xususiyatiga egadir. Misol qilib aytish mumkinki, 
“ kaminayi kamtarin”, “ bandayi ojizingiz” kabi birikmalar “ men” o’rnida 
qo’llangani uchun ularni bemalol olmosh deya olamiz.
Yana bitta misol keltirish mumkin: Bundaylarni ko’rib hayron qolasan 
kishi gapini olaylik. Bu yerda kishi so’zi ayni men o’rnida. Kishi so’zi – men 
ya’ni, olmosh o’rnida kelyapti. Bu yerda ham ko’rish mumkinki, ot – olmoshga 
almashib kelgan.
Ishning maqsad va vazifalari. O’zbek tilida olmosh so’z turkumining
xususiyatlari, boshqa so’z turkumlaridan farqli tomonlarini, olmosh aynan qaysi 
so’z turkumlari o’rnida qo’llana olishi, o’quvchilarning olmosh so’z turkumini qay 
darajada tushuna olishlari, ularga olmosh bo’yicha umumiy tushuncha berish, shu 
mavzu bo’yicha o’quvchilarning mustaqil fikrini bayon qilishlarini nazorat qilishi 
mazkur ishning asosiy maqsadidir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi 
vazifalarni belgilab oldik:
1. Olmosh so’z turkumi va uning turlari bo’yicha umumiy ma’lumot berish;



2. Olmosh so’z turkumi bo’yicha olimlar fikrini qiyoslab, taqqoslab o’rganish;
3. Ilmiy – metodik adabiyotlarda olmosh so’z turkumining yoritilishi;

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling