Kurs ishi mavzu: O'zbek xalq qo'shiqlarini musiqa darslaridagi ahamiyati
Download 334 Kb.
|
TEXNIKA RUSCHA
IV. Kuylar:
1. Tanovor. xalq kuyi. 2. Qashqarcha. Xalq kuyi. 3. Qo‘shchinor 1. Xalq kuyi. 4. Qori navo. Xalq kuyi. 5. Andijon polkasi. Xalq kuyi. 6. SHarof 1. Xalq kuyi. 6. Dilxiroj. Xalq kuyi. 8. Norim-norim. Xorazmcha raqs. 9. O‘zbekcha vals. H.H.Niyoziy musiqasi. 10. Rohat. M.Mirzaev musiqasi. 11. Jonon. M.Mirzaev musiqasi. 12. Buxorocha raqs. Q.Komilov musiqasi. Tanlangan asarlar bilan ish olib borish jarayonida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash mazmuni, ya’ni repertuar kundan-kunga boyib bordi. Muayyan ish tajribilarimiz davomida biz yana nimalarga ko‘proq e’tibor berish, xalq qo‘shiqlarining qaysi jihatlariga ko‘proq tayanish lozimligi haqida jiddiy mushohada yuritib bordik, o‘zimizga ma’qul bo‘lgan jihatlarini belgilab, ulardan foydalanishga harakat qildik. Quyida shulardan ayrimlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: 1. O‘rganish uchun tanlangan har bir qo‘shiqning mavzusi, uning mazmuniga e’tiborni qaratish, o‘quvchilarga bu haqda ma’lumot berish. 2. Har bir qo‘shiq qaysi janrda bo‘lishidan qat’iy nazar tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lishi, tomoshabinlar va tinglovchilarni loqayd qoldirmasligi, badiiy pishiq, kishilar xotirasiga tez o‘rnashadigan, yoqimli musiqiylikka ega bo‘lishi. 3. Qo‘shiqlarni yuksak badiiy ijod namunasi bo‘lishi bilan birga, hamma uchun tushunarli bo‘lishiga, she’rda ifodalangan g‘oyaviy mazmunni, lirik his-tuyg‘ularni o‘quvchilar ongiga etkazish. 4. Kuylarning ijrochilik bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlarini, ohanglardagi nozik tebranishlarini, avjini va boshqa holatlarni sinchkovlik bilan tushuntirib borish va murakkab joylari ustida qunt bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish. Folklor qo‘shiqlarini turli bayram va tadbirlar, konsert dasturlariga kiritishda mavzular mutanosibligiga mas’uliyat bilan yondashgan holda, dars dasturida ko‘zda tutilganidek o‘quvchilarning imkoniyatlariga qarab, ijrosi uncha murakkab bo‘lmagan, engilroq, avj pardalari juda baland bo‘lmagan qo‘shiqlarga birinchi navbatda e’tibor berildi. Diapozoni keng, katta mahorat va tajriba talab qiladigan, el orasida mashhur mumtoz qo‘shiqlarni tajriba tariqasida repertuarga kiritdik va bunday qo‘shiqlarni kuylash istagini bildirgan o‘quvchi-havaskorlar bilan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish olib bordik. Ularning ijrolarini muntazam kuzatib bordik. Chunki bu o‘rinda eng yomoni taqlidgo‘ylik va havaskor ashulachilarning imkoniyatlarini bunday qo‘shiqlarni kuylashlari uchun etarli bo‘lmasligi bo‘lib, bu yaxshi oqibatga olib kelmasligi oldindan ma’lum edi. XULOSA Kurs ishini bajarish davomida umumta’lim maktablarining 5-6 sinf o‘quvchilarida xalq qo‘shiqlarini o’rgatish musiqa ta’limi va tarbiyani mavjud ahvolini o’rganish, muammolarni aniqlash, ularni ijobiy hal etish yuzasidan olib borilgan izlanishlar xususan, o’quvchi-yoshlarni xalqimizning milliy musiqiy merosi vositasida tarbiyalash bo’yicha erishilgan natijalar quydagicha xulosalar chiqarish imkonini berdi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, har bir darsga kompleks yondashish bilangina yangi dastur talablariga muvofiq dars o’tish mumkin bo’ladi. Unda dasturda joriy etilgan har bir musiqa va mazmuni chorak mavzuidan kelib chiqishi va unga buysunishi bilangina erishish mumkin bo’ladi. Demak, darsda amal qilinadigan musiqa faoliyatlaridan birortasi ham sun’iy tarzda darsning mustaqil elementi yoki qismi bo’lib qolishi mumkin emas. 6-sinilarda o’quvchilarda uspirinlik davri boshlanib, ular tabiat va hayot qonunlariga jiddiy qiziqadilar. Psixologik-fiziologik jihatdan organizmda aktiv o’zgarishlar ro’y beradi. Bo’yining usishi, ovozining o’zgara borishi fanlarga qiziqishi, mustaqil fikr yurita olishi, qobiliyatlari rivojlanadi. Natijada bosh miya yetarli darajada ozuqa ololmay, horg’inlik holatlari ro’y beradi. Bu davrda o’qituvchi ularga jiddiy va mehribon munosabatda bo’lish, do’stona suhbatlashishi talab etiladi. 1.Darsning barcha faoliyatlari vositasida doimiy ravishda o’quvchilarning musiqaviy iqtidorini rivojlantirib borish. 2.Vokal - xor malakalarini rivojlantirib, yakka jamoa bo’lib kuylash, ikki ovozli kuylashga o’rgatish 3.Musiqa idrokini rivojlantirish va asarlarni tuzilishi, shakli, ladi, mualliflari, tempi haqida fikr yuritishga o’rgatish va estetik zavqlanish vositasida xotirasi, nutqi, dunyoqarashini o’stirish. 4.Musiqa savodidan, oddiy musiqa terminlarini va atamalarini mohiyatini musiqa amaliyotida bilish va har bir musiqa asarida kuylab borish. Quyidagi diapazondagi bir va ikki ovozli ashulalarni aytish: Birinchi ovoz Do1 Mi 2 (Fa 2), ikkinchi ovoz Si kich (Lya kich) Do2(Re 2) musiqa o’quvini o’stirish, ovozni parvarish qilish va vokal-xor malakalari hosil etishda maxsus vokal mashqlari, ya’ni uch tovushli, past bosqich yoki yuqori bosqichdagi tovushlar orasida va uning kvinta yoki oktava miqyosidagi qismlarida ashula aytib, bir ovozda asosan, yallalar yoki qoshiqlardan parchalar aytib, «Ovozni maromga solish» katta ahamiyatga egadir. Notaga qarab ashula aytish malakasi ham shu xilda mashq qilish yo’li bilan hosil etiladi. Bu xildagi mashqlar uchun har darsda 3-6 minut vaqt ajratiladi. O’quvchilarni musiqadan savodli qilish xorda ashula aytish bilan mustahkam bog’langan. Musiqadan savodli qilish vazifasi bolalarning musiqa o’quvchini o’stirish asosida ularga ashulaning musiqiy ohangni anglash va tushunishni, ashula so’zlarini to’g’ri aytishni o’rgatishdir. Musiqa sohasida berilgan barcha nazariy ma’lumotlar notaga qarab ashula aytish va mashq qilish jarayonida mustahkamlanadi. Shunday bo’lganda musiqiy ta’lim mazmuni, uning milliy negizi yanada mustahkam bo’ladi. Bugungi kunda Milliy estrada musiqasini ravnaq topishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo’lib, uni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bois, har bir ijodkordan samarali ijod qilishni, xalqimizga manzur bo’ladigan qo’shiqlar va kuylar yaratishlikni talab etadi. Sanhatsevar xalqimiz o’zining haqiqiy ijodkori, fidoyi sanhatkorlarini hamisha ardoqlab kelgan. Zero, hozirgi zamon o’zbek estrada sanhati fidoyi, iqtidorli yosh sanhatkorlarga boy va xalqimiz ishonchini oqlashdek salohiyatga ega. Umuman olganda, milliy istiqlol tufayli musiqa madaniyatimizning barchajabhalari shahdam qadamlar bilan yuksalish sari intilmoqda. Download 334 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling