Kurs ishi mavzu: O’zbekiston Iqtisodiyoti real sektor makroiqtisodiy tahlili. Topshirdi: Iqtisodiyot yo’nalishi
Iqtisodiy tahlil qilishga yondashuvlar
Download 166.59 Kb.
|
xikmatillo kurs ISH
Iqtisodiy tahlil qilishga yondashuvlar.
2.1-rasm Kompleks yondashuv - hodisalar va ularning bog'liqligi va qaramligini ko'rib chiqishni o'z ichiga oladi. Buning uchun shu hodisalarni o'rganuvchi nafaqat bu fan, balki boshqa fanlarning ham usullaridan foydalaniladi. Ijtimoiy-iqtisodiy obyektlaming kelajakdagi rivojlanishi haqidagi ilmiy tasavvurlarni ishlab chiqishning nazariy asosi siyosiy iqtisod hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilning amaliyoti va nazariyasida boshqa ijtimoiy fanlarning ilmiy apparati keng qo'llaniladi. Tizimli yondashuv murakkab iqtisodiy tizimlardagi hajmli va sifatli bo'lishi mumkin bo'lgan jarayonlar o'tishini o'rganishni nazarda tutadi. UIar iqtisodiy tahlilda katta rol o'ynaydi. Hodisaning har bir ko'rinishi tizim sifatida olinishi mumkin. Bu degani ular o'zaro bog'liq qator funksiyalar, afzalliklarni ta'minlovchi bir-biri bilan bog'liq qismlardan iborat. Bu afzallik va funksiyalarni bilgan holda o'rganilayotgan obyektning harakatini oldindan bilish mumkin. Tizimli yondashuv tizimning umumiy maqsadini aniqlashdan va hamma sistemalar osti faoliyatmi maqsadga erishishdan chetlashtiruvchi har bir yechimining ishlab chiqilishi va asoslanishiga asoslanuvchi siyosiy fikrlash ko'rinishini anglatadi. Bunda berilgan tizim boshqa bir katta tizimning bir qisrni sifatida qaraladi, uning rivojlanish maqsad bu tizimning rivojlanish maqsadlari bilan bog'lanadi. Tuzilmaviy yondashuv –tahlil qilishda obyektlarida izlanish katta rol o'ynaydi. Tuzilmaviy yondashuvda izlanish obyekti o'zi tarkibidagi elementlar va ularning o'zaro harakatida ko'rib chiqiladi. Bu esa o'rganilayotgan obyekt haqidagi tasavvurni kengaytirishga imkon beradi. Bu bilan tizim elementlari aloqasining qonuniyligini ochish imkoni paydo bo'ladi. Tarmoqlararo balans (TAB) - iqtisodiyotdagi asosiy model bo'lib, unda xalq xo'jaligidagi turli natural va qiymat aloqadorligi ko'rsatiladi. U sanoat, kapital qo'yilmalar, mehnat resurslari va tarmoqlar bo'yicha mahsulot hajmining o'zaro bog'langanligini hisobga olgan holda reja davri qator Yillari uchun xalq xo'jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarilish va taqsimlanish ko'rsatkichlarini aniqlash imkonini beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy tahlilining asosiy obyektilari sifatida demografik, iqtisodiy, ijtimoiy soha, ekologiya va ilmiy-texnik taraqqiyot ko'rsatkichlari namoyon bo'ladi. Iqtisodiyot rivojini, tarixan, aholi soni (N), resurslami mavjudligi (R) va texnologiya darajasi (T) belgilaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy makroprognozlash jarayonining asosiy ko'rsatgichlariga: YaIM (Y), kishijon boshiga YaIM, eng muhim mahsulotlar, Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish; aholi soni (N) va mehnat resurslari (L); investitsiya (I) asosiy kapitalga (K), ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga; tovar va xizmatlar eksport (EX) va importi (1M), savdo balansi saldosi (NX); mehnat unumdorligi (T); insoniyat taraqqiyoti indeksi (HDI) ta'sir ko'rsatadi. Rejalashtirish, uni tuzish va rejali hisoblar muddatiga qarab uzoq muddatli (5-yil va undan ko'p), o'rta muddatli (l-yildan 5-yilgacha) va qisqa muddatli (l-yilgacha) turlariga bo'linadi. Tahlil qilish va rejalashtirish keyns va monetariy nazariyalarga asosan amalga oshiriladi. Keyns nazariyasida asosiy e'tibor jami xarajatlar va uning tarkibiy qismlariga qaratiladl Ushbu nazariy tenglama quyidagi ko'rinishda bo'ladi: C+G+I+(E-M)= Y bunda: C - xususiy sektorda ichki iste'moL G - davlat xarajatlari: I - investitsiya; E - tovar va xizmatlar eksporti; M - tovar va xizmatlar importi; Y - oraliq iste'mol chegirib tashlangan tovar va xizmatlarni hajmi. Iqtisodiy barqarorlik sharoitida tenglamani chap qismi (yalpi xarajat) o'ng qismiga teng bo'ladi (mamlakat ishlab chiqarish hajmi). Ushbu modelda YaIMning hajmini, eksport va import nisbati orqali «toza eksport»ni aniqlash imkoniyati tug'iladi. Monetar nazariyada, iqtisodiyotni barqarorlashtirishda asosiy e'tibor pulning miqdoriga qaratiladi. Ushbu modelning asoslariM.Fridmenning almashish tenglarnasi tashkil qiladi. Download 166.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling