Kurs ishi mavzu: “O'zbekistoning investitsiyaviy siyosati va uning yo'nalishlari” Guruh: 146-22-guruh Bajardi: Hamzaxonova D. Kurs ishi rahbari: dots. Tursunov A. M topshirgan sanasi: Himoya qilgan sanasi: Baho: toshkent-2023


-rasm. Investitsiyalarning turlari


Download 424.2 Kb.
bet5/10
Sana14.05.2023
Hajmi424.2 Kb.
#1459282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'ZBEKISTONING INVESTITSIYAVIY SIYOSATI VA UNING YO\'NALISHLARI1

1.3-rasm. Investitsiyalarning turlari
4




Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rangbarangdir, ya`ni ular mulkiy shuquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy meshnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlarining nechog`lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o`ziga xos tomonlariga qarab har xil bo`ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, ―nou-xau‖, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
1.4-rasm. Moliyaviy investitsiyalarning muddatli ko’rinishi5

Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti bilan bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli Investitsiyani, ayniqsa, chet el Investitsiyalarini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy Investitsiyalarnilarni sugʻurtalash sohasida 1994-yilda tashkil etilgan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.


Investorlar — investitsiya jarayonining asosiy subyektlari bo'lib, o'z mablag'lari, qarz va jalb qilingan mablag'larning investitsiyalar shaklida kiritishni va ulardan foyda olish maqsadida foydalanishni amalga oshiradi. Investitsion jarayonning subyektlari sifatida tadbirkorlar, tashkilot(korxona)lar va ularning birlashmalari,muayyan obyektga mablag`lar kiritishdan foyda(yoki boshqa foydali samara)olishni rejalashtirgan davlat organlari va investitsion fondlar qatnashishi mumkin.




1.2. INVESTITSIYAVIY SIYOSATNING VAZIFALARI VA QO'LLANILADIGAN ASOSIY USULLARI.


Globallashuv jarayoniga qo’shilish - bu dunyoning yetakchi davlatlari bilan hamkorlikda bo’lish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o’zaro manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Globallashuv jarayoniga iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi, raqobatning kuchayishi va boshqa bir qator belgilar ham xosdir. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uchun investitsion faollik va jahon iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tish davrini boshidan kechirayotgan davlatlarning xalqaro mexnat taksimotidagi roli ortib borayotganligi ham unga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.


O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo’lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rni, salmog’i mazkur davlatdagi investitsion muhitning qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko’p jihatdan xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari bilan baholanadi. Strategik investorlar ko’p miqdordagi mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o’z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yo’naltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina qo’yilgan mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va chet el investorlarini birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi.
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi O’zbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan xorijiy investorlarni jalb etgan holda jahon\ bozorida chiqindilar chiqarishning sertifikatlangan qisqartirishlarini sotib olishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun asos yaratadi.



Download 424.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling