Kurs ishi mavzu: Psixik jarayonlarni shakllanishida tilning ahamiyati 2023 mundarija
II. Sotsial psixologiyada muloqotning nazariy o’rganilishi
Download 139.5 Kb.
|
kurs 15
- Bu sahifa navigatsiya:
- G.M.Andreeva
- A. N. Leontev
- A.A. Bodalev
II. Sotsial psixologiyada muloqotning nazariy o’rganilishi
2.1. Sotsial muloqotning chet el psixologlari tomonidan o’rganilishi Muloqot jarayonining murakkab psixologik tabiatini bilish, turli sharoitlarda samarali munosabatlar o`rnatish malakasini oshirish uchun uning tarkibiga kiruvchi har bir element yoki bo`laklar bilan alohida tanishib chiqishda muloqot muammosini ilmiy asoslashga harakat qilgan psixolog-olimlarning ilmiy-amaliy nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida ijtimoiy-psixologik juhatdan muloqot muammosini o’rgangan psixologlarning qarashlarini keltirib o’tamiz. Muloqot psixologiyasini ilmiy o’rganishni dastlab G.M. Andreeva boshlab bergan. G.M.Andreeva muloqotning quyidagi psixologik tuzilishini taklif etadi: 1.Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar o`rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni). 2. Muloqotning interaktiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta’sir jarayoni). 3. Muloqotning perseptiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`lik bo`lgan murakkab psixologik jarayon) Ko`pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga to`xtalib o`tar ekanlar, uning qator vazifalari, funksiyalarini ajratadilar. Masalan, taniqli rus olimi B.F.Lomov uning funksiyalariga quyidagilarni kiritadi: a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi; b) xulq-atvorni boshqaruv funksiyasi; v) hissiyotlar almashinuvi. Bu funksiyalar aslida G.M.Andreeva ajratgan muloqot qismlariga ham mos keladi, ya’ni har bir muloqot jarayonida B.F.Lomov qayd etgan vazifalarni topish mumkin. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi: a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni; b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni; d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; e) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni». T.Shibutani “Ijtimoiy psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, demak, u o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi»— deb to`g`ri yozgan edi. Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. A. N. Leontev o`zining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning uchinchi shakli—avlodlar o`rtasidagi muloqotning ahamiyati to`g`risida shunday deb yozadi: «Agar barcha katta avlod o`lib ketganida, insoniyat turi yo`q bo`lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo`qolib ham ketishi mumkin edi». Rus psixologi A.A. Bodalev boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlarni kuzatgan. Bunday mexanizmlarga: • identifikatsiya; • refleksiya; • stereotipizatsiya kiradi. Download 139.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling