Kurs ishi mavzu: Psixik jarayonlarni shakllanishida tilning ahamiyati 2023 mundarija


Download 139.5 Kb.
bet6/11
Sana15.03.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1271428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs 15

Noverbal kommunikasiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko’z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikasiya - so’zni to’ldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning о ’mini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yo’q degani, ruslarniki teskarisi bo’ladi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikasiya vositasi turlicha bo’ladi. Masalan, bolalar ko’pincha kattalarga ta'sir etish, ularga o’z qoqish va kayfiyatlarini o’tkazishda yig’idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so’z bilan bayon etishning mazmuni ya maqsadiga noverbal kommunikasiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidif.
Noverbal kommunikasiyaga belgilaming optik-kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo’l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pantomimika (qo’l, oyoq, tana harakatlari) kiradi.
Jestlar - insonning qo’l harakatlari bo’lib, u orqali insonning ichki holati, biror bir obyektga munosabati va tashqi olamga yo’nalganligi ifodalanadi. U yoki bu xalqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. Italyan va fransuzlar o ’z muloqotlarini jestlarsiz tasavvur eta olmaydilar. O’zbek xalqida nutqda jestlardan foydalanish yaxshi odat sifatida qabul qilinmaydi. Lekin shuni ham ta'kidlash lozimki, noverbal kommunikasiya og’zaki nutqda aytilmay qolgan fikrlami ifoda etish imkonini beradi.
Mimika - inson yuz harakatlarining bir qismi bo’llib, u orqali insonning o’ylari, xatti-harakatlari, tasawurlari, xotiriashi, taajjubi va hokazolarda namoyon bo’ladi.
Pantomimika - inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatlar tizimidir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so’zlar 7% ni, tovushlar va intonasiya 38% ni, nutqsiz muloqot esa 55% ni, tashkil qiladi. Publisiy aytganidek, biz "Ovoz bilan gapiramiz tana bilan suhbatlashamiz"’. Noverbal kommunikasiyaning boshqa belgilar tizimini ko’rib chiqaylik.
Paralingivistik va ekstralingvistik belgilar tizimi - bu lokalizasiya tizimi bo’lib, u ovoz sifatida diapozonini nutqdagi pauzalar, yo’tal, yig’i, kulgu, nutq tempida namoyon bo'ladi.
Muloqot jarayonida muloqotga kirishuvchilami bir-birlariga nisbatan joylashishlari ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, auditoriyadagi stollar joylashishi muloqot uchun juda noqulaydir. Ayniqsa, seminar mashg’ulotlari jarayonida o’qituvchi, ma'ruzachi muloqoti vaqtida qolganlari munozarada faol ishtirok etish imkoniyatiga ega emasdirlar.
Seminarlarni yoki shu kabi suhbatlarni ’T ” shaklida joylashgan stol-stullarda o’tkazish ham foydali, lekin dumaloq shaklda joylashtirilgan stol, stullarda muloqot juda samaralidir.
Vizual muloqotda "ko’z kontakti" belgilar tizimi ham qo’llaniladi. Ushbu tizim pedagoglar, rahbarlar ish fadiyatida muhim ahamiyatga egadir.
Qiziqarli belgilar tizimi sifatida muloqot jarayonida gul, fotorasm va boshqalardan foydalanish mumkin. Ehtimol gullar orqali insonlar ma'lum bir ma'lumotni uzatish imkoniyatiga egalar. Shu bois gullar tarixi haqida ayrim ma'lumotlarni keltiramiz. Gullar tili qadimda Sharqda paydo bo’lgan. Uni ayollar yaratishgan. O’z yuzlarini ochish imkoniyatiga ega bo’lmagan ayollar o ’z hislarini va kayfiyatlarini gullar orqali ifodalashga harakat qilganlar. Asossatsiya sifatida paydo bo’lgan belgilar qat'iy odatlarga aylangan. Masalan, azaliya guli sog’inch, yolg’izlik, gul g’unchalarining soni uchrashuv kunini. qo’ng’iroq gullar soni uchrashuv vaqtini anglatadi.
XIX asrga kelib, gullar tili dastlab Fransiyada, so’ng Angliya va butun jahonga tarqalgan. Asta-sekin gullar tili bilan ranglar tili ham yuzaga keldi. Jumladan, Yevropaning ko’p davlatlarida siyoh rang do’stlik, hashamatlilik, to’kinlik ramzi bo’lsa, Yaponiyada-ham og’riq belgisi bo’lgan. Har qaysi rang ma’lum holat, kayfiyat ma’nosini anglatadi. Jumladan qizil rang hayot, sevgi, pushti - yoshlik, sariq - baxt, quyosh, to’y, xursandchilik, yashil - tinchlik, xotirjamlik, ko’k - ishonch, vafo, qora - tantanavorlik, qayg’u, oq - poklik, beg’uborlik ramzi sifatida tushuniladi.


Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling