Kurs ishi mavzu: Qattiq eritmalar. Kiritb joylashtirilgan va o‘rin olish natijasida hosil bo‘lgan qattiq eritmalar. Izomorfizm va polimorfizm hodisalari. Kurs ishi rahbari: Turaxonov Sh. O. Andijon – 2023 Mundarija Kirish I bob


II bob. Disperslik to’g’risida tushuncha. Kolloidlar


Download 0.69 Mb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1498192
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayeva M 2023205

II bob. Disperslik to’g’risida tushuncha. Kolloidlar
Modda ichida boshqa bir moddaning ma’lum darajada maydalangan zarrachalar holida taqsimlanishi natijasida vujudga kelgan sistema dispers sistema deyiladi. Ma’lum darajada maydalangan holda taqsimlangan modda dispers faza (yoki faza) deb, bu modda taqsimlangan (uni o’rab olgan) modda esa dispers muhit (yoki muhit) deb ataladi. Eritmalarni ham dispers sistemalar deb qarash mumkin. Agar dispers faza zarrachalarining o’lchami 10-9 m va 10-7 m (ya’ni 1 nanometr bilan 100 nanometr orasida) bo’lsa, kolloid eritma deyiladi. Agar u 10-9 m dan kichik bo’lsa chin eritma bo’ladi. Barcha eritmalar o’zidan elektr tokini o’tkazish tabiatiga qarab ikki sinfga bo’linadi: elektrolit va noelektrolitlar. Elektrolit eritmalar o’zlaridan elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Bu xil eritmalarga kislota, asos va tuzlarning suyuq eritmalari misol bo’la oladi. Noelektrolit eritmalarga ko’proq organik moddalar eritmasi kiradi. Biz quyida noelektrolit – chin eritmalar to’g’risida so’z yuritamiz. Chin eritma ikki (yoki bir qancha) moddaning bir jinsli aralashmasidir. Chin eritma har xil agregat holatlarda bo’lishi mumkin, biz quyida, asosan, suyuq eritmalar ustida to’laroq to’xtalib o’tamiz. Suyuq eritmalar erituvchi va erigan yoki eruvchi moddadan tashkil topadi. Chin eritmada dispers muhit erituvchi, dispers faza eruvchi deb ataladi. Erish jarayonida o’z agregat holatini saqlab qolgan modda erituvchi hisoblanadi. Agar olingan moddalar o’z agregat holatini saqlab qolsa, u holda miqdori ko’p modda erituvchi bo’ladi. Oddiy sharoitda qattiq holda bo’lib (masalan, tuz, metall, metall oksidlari) ularning aralashmasi qizdirib suyuqlikka aylantirilganda hosil bo’lgan suyuq aralashmada, sovitilganda birinchi navbatda (oldin) kristallangan, yoki cho’kmaga tushgan modda eruvchi hisoblaniladi. Chin eritmada erigan modda erituvchi molekulalari ichida ayrim molekula yoki ionlar holida bir tekis tarqalgan bo’ladi. Molekula (ion) ko’zga yoki mikroskopda ko’rinadigan chegara sirtiga ega bo’lmaganligidan eritmaning xossalari hamma joyda bir xil bo’ladi. Shu sababli chin eritma bir fazali, ya’ni gomogen sistema hisoblanadi.Eritmalarning xossalarini tushuntirishda ikkita nazariyadan: fizik va kimyoviy nazariyalardan foydalaniladi. Fizik nazariyaga ko’ra erigan moddaga inert erituvchida tarqalgan gaz deb qaraladi (Vant-Goff, Arrenius bo’yicha). Kimyoviy nazariyaga muvofiq, erituvchi bilan turli kimyoviy birikmalar hosil qiladi (D.I.Mendeleyev va boshqalar bo’yicha).

Eritmalarda, asosan, ikki masala o’rganiladi: eruvchanlik – ma’lum sharoitda, ma’lum erituvchida qancha moddaning erishi va eritmaning xossalari va bu xossalarning eritmani tashkil qilgan moddalar xossasiga va miqdoriga bog’liqligi. Bu masalalarning ikkalasi ham amaliy ahamiyatga ega. Birinchi masala to’g’risida ko’p tajriba ma’lumotlariga egamiz, ammo ular umumlashtirilmagandir. Birinchi masalaga nisbatan ikkinchi masala ko’proq o’rganiladi. Eritmaning tarkibi uning konsentratsiyasi bilan tavsiflanadi. Eritma yoki erituvchining ma’lum og’irlik miqdori yoki hajmidagi erigan modda miqdoriga konsentratsiya deyiladi. Konsentratsiyani bir necha usulda ifodalash mumkin: hajm va og’irlik o’lchamlarida (birligida). Hajm birligida ifodalangan konsentratsiyaga – normal, molyar, og’irlik o’lchamida ifodalangan konsentratsiyaga foiz, mol, mol nisbati (mol foizi) kiradi, bir sistemadan ikkinchisiga o’tish uchun eritmaning zichligi ma’lum bo’lishi kerak. Amalda ko’pincha mol nisbati (mol foizi) ifodasidan foydalaniladi. Eritma bir qancha komponentlardan (tarkibiy qismlardan) tashkil topgan deb, erituvchi-eruvchi tushunchasi qo’llanilmaydi. Agar n1, n2, …, ni lar 1, 2, 3, …, i moddalarning eritmadagi mol sonlari bo’lsa, i komponentning mol nisbati bo’ladi.


Agar Ni=100·Ni bo’lsa, mol foiz bo’ladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling