Kurs ishi mavzu: Qattiq eritmalar. Kiritb joylashtirilgan va o‘rin olish natijasida hosil bo‘lgan qattiq eritmalar. Izomorfizm va polimorfizm hodisalari. Kurs ishi rahbari: Turaxonov Sh. O. Andijon – 2023 Mundarija Kirish I bob


Download 0.69 Mb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1498192
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayeva M 2023205

1.1 Qattiq eritmalarda o`rin olish.
O‘rin olish qattiq eritmalarida kristall panjaradagi bir komponentning atomlari boshqa komponent atomlari bilan o‘rin almashadi. O‘rin olish qattiq eritmalari temirning xrom, nikel va boshqa elementlar bilan hosil qilgan qotishmalarida hosil bo‘ladi. O‘rin olish qattiq eritmalari tartibsiz qattiq eritmalar deb ham ataladi. Singish qattiq eritmalarida erigan komponentning atomlari boshqa komponent – eritkich kristall panjarasining atomlari orasidagi bo‘shliqqa singadi. Singish qattiq eritmalari temirning vodorod, azot, bor bilan qotishmalarida hosil bo‘ladi.
Kimyoviy birikmalar. Turli metallardan yoki metall va metallmas moddadan qotishma hosil bo‘lganda paydo bo‘ladi. Kimyoviy birikma elementlari atomlari sonining nisbati AnBm formula bilan ifodalaniladi. Kimyoviy birikmalar toza metallar kabi o‘zgarmas suyuqlanish temperaturasiga ega bo‘lib, odatda, qattiqligi yuqori va anchagina mo‘rt bo‘ladi. Ikkita A va V komponentning mexanik aralashmasi qotishma komponentlari kristallanganda qattiq holatda bir-birini erita olmaganda ham kimyoviy reaksiyaga kirishib birkma hosil qila olmaganda yuzaga keladi. Mexanik aralashma tuyingan ikkita qattiq eritma zarralaridan yoki qattiq eritma zarralari va kimyoviy birikmadan tashkil topishi mumkin. Bunda qotishma yetarli darajada yirik bo‘lib, mikrostrukturada aniq ko‘rinadigan A va V kristallardan tashkil topadi. Qotishmaning rentgenogrammasi A va V komponentlarning ikkita panjarasi borligini aniq ko‘rsatadi.

1.2 Metal qotishmalar.
Metall va qotishmalar tuzilishi o‘zgaradigan temperaturalar kritik nuqtalar deb ataladi. Suyuqlanish va qotishda toza metallar bitta kritik nuqtaga, qotishmalar esa ikkita kritik nuqtaga ega bo‘ladi. Bu ikkita nuqta oralig‘ida qotishmada suyuq qotishma va kristall deb ataladigan ikkita faza mavjud.
Qattiq jismlarning suyuqlilarda yoki bir suyuqlikning ikkinchi suyuqlikda erishi, yopiq idishdagi suyuqlikning bug’lanishi va to’yingan bug’ning hosil bo’lish jarayonini eslatadi. Masalan, suvli idish tubida joylashtirilgan kristallning (osh tuzi) erishi davom etadi, qachonki kristall erishi va eritma molekulalarining kristall sirtida o’tirish jarayoni dinamik muvozanat holatga kelgunga qadar. Dinamik muvozanatga kelgan eritmaga to’yingan eritma deb aytiladi. Haroratning oshishi bilan bir oz miqdorda qattiq faza eriydi, haroratning pasayishi bilan esa erigan moddaning bir qismi kristallanadi. Izotermik bug’lanishda to’yingan eritmada erigan moddaning massasi olinadi, ya’ni bir miqdori kristallanadi. Suyuqliklarning bir-birida erishi to’liq va qisman bo’lishi mumkin, ayrim suyuqliklar esa boshqa bir suyuqliklarda umuman erimaydi. Masalan, suv va spirt bir-birida to’liq, suv va anilin qisman eriydi, simob va suv bir-birida umuman erimaydi. Suyuqliklarning bir-biriga eruvchanligi haroratga bog’liq. Ayrim suyuqliklarda eruvchanlik haroratga mutanosib bo’lsa, ayrimlarida nomutanosib va to’liq eruvchanlik kritik haroratdan past haroratlarda kuzatiladi. Raul erigan moddaning kam konsentratsiyalarida eritma to’yingan bug’larining elastikligi konsentratsiyaga mutanosib ekanligini ko’rsatdi. P0 – toza erituvchining to’yingan bug’ elastikligi, P – eritma to’yingan bug’larning elastikligi, n – erituvchi N molekulalariga to’g’ri keluvchi erigan modda molekulalarining soni bunga Raulning 1-qonuni deb aytiladi. Eritma to’yingan bug’i elastikligining kamayishi eritmaning qaynash haroratini oshishiga olib keladi. Bu oshish Raulning 2-qonuniga mos tushadi. Raulning 1 va 2 qonunlari molekulyar og’irlikni aniqlashda ko’proq ishlatiladi.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling