Kurs ishi mavzu: Qattiq eritmalar. Kiritb joylashtirilgan va o‘rin olish natijasida hosil bo‘lgan qattiq eritmalar. Izomorfizm va polimorfizm hodisalari. Kurs ishi rahbari: Turaxonov Sh. O. Andijon – 2023 Mundarija Kirish I bob


Kurs ishining maqsadi va vazifalari


Download 0.69 Mb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1498192
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayeva M 2023205

Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Eritmalar haqida umumiy tushunchalarni to’plash. Normal konsentratsiyaga oid masalalar yechish metodikasi
Kurs ishning tarkibi va hajmi: Kurs ishi kirish, 25 bet, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlarni tashkil qiladi.
I bob. Qattiq eritmalar.
Qattiq eritmalar — 2 yoki undan ortiq komponentdan tashkil topgan oʻzgaruvchan tarkibli, 1 jinsli kristall yoki amorf moddalar. Komponentlar orasidagi miqdoriy nisbat oʻzgarganida ham Qattiq eritmalarning 1 jinsliligi saqlanib qoladi. Qattiq eritmalar hosil qilish xususiyati koʻpchilik qattiq moddalarga mansubligi uchun koʻpgina tabiiy va sunʼiy moddalar Qattiq eritmalar holida mavjud. Gidridlar vodorod bilan, karbidlar uglerod bilan, nitridlar azot bilan, oksidlar kislorod bilan Qattiq eritmalar hosil qiladi. Metallar orasida hosil boʻladigan Qattiq eritmalar, ayniqsa, katta ahamiyatga ega, chunki bunda ularning plastikligi deyarli kam oʻzgarib, qattiqligi, mustahkamligi va elektrga qarshiligi ortadi. Barcha Qattiq eritmalar 3 guruhga boʻlinadi: singish bilan hosil boʻladigan Qattiq eritmalar; oʻrin olish bilan yuzaga keladigan Qattiq eritmalar; defekt tuzilishga ega ayrilish Qattiq eritmalar Ayrilish Qattiq eritmalar eritma hosil qilgan moddaning kristall panjarasida zarralar bilan band boʻlmagan boʻsh oʻrinlar mavjudligi bilan tafsiflanadi. Singish bilan hosil boʻladigan Qattiq eritmalar vujudga kelganda eruvchi moddaning atomlari erituvchi metallning kristall panjarasida tugunlararo fazoviy boʻshliqqa joylashadi (temirda uglerodning erishi bunga misol boʻla oladi). Oʻrin olish bilan hosil boʻladigan Qattiq eritmalarda eruvchi metall atomlari bilan erituvchi metall atomlari kristall panjara tugunlarida bir-biri bilan oʻrin almashadi (mas, misning nikel bilan, natriy bromidning natriy xlorid bilan boʻlgan Qattiq eritmalari). Qattiq eritmalar texnikada qoʻllanadigan eng zarur qotishmalar asosini tashkil etadi. Mas, mashina va stanoklar yasashda ishlatiladigan qotishmalar (qarang Boʻshatish, Poʻlatni toblash, Metallarni ishlash), zanglamaydigan, kislotaga chidamli poʻlatlar, bronza, jez. Alyuminiy va magniyning boshqa metallar bilan hosil qilgan yengil va oʻta yengil Qattiq eritmalari juda mustahkam boʻlib, ular elektr tokining oʻtishiga juda katta qarshilik koʻrsatadi. Turli shishalar ham Qattiq eritmalarga misol boʻla oladi. Qattiq eritmalar bir jinsli suyuq eritmalarning qattiq holatga o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Qattiq eritmada qotishma tarkibiga kiruvchi moddalardan biri o‘zining kristall panjarasini saqlaydi, boshqa modda ayrim atomlar ko‘rinishida birinchi moddaning kristall panjarasidan taqsimlanadi. Qattiq eritmalar ikki xil bo‘ladi: o‘rin olish qattiq eritmalari va singish qattiq eirtmalari. Qattiq eritmalar turidan qat’iy nazar bir fazali bo‘ladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling