Kurs ishi mavzu: Qattiq eritmalar. Kiritb joylashtirilgan va o‘rin olish natijasida hosil bo‘lgan qattiq eritmalar. Izomorfizm va polimorfizm hodisalari. Kurs ishi rahbari: Turaxonov Sh. O. Andijon – 2023 Mundarija Kirish I bob
Download 0.69 Mb.
|
Abdullayeva M 2023205
3.1 Polimorf o‘zgarishlarni turlari.
Agar kristall moddaning ma’lum modifikatsiyasi aytaylik α, tashqi sharoitning o‘zgarishi bilan boshqa β – modifikatsiyasiga aylansa va avvalgi sharoitning qaytarilishi bilan, yana asli holi α – modifikatsiyasiga qaytsa u holda bunday polimorf almashinishlarga enantiotrop almashinishlar deyiladi. Masalan: rombik α – oltingugurtning monoklin β – oltingugurtga va aksincha almashinishlari. Agarda aksincha almashinishlar sodir bo‘lmasa, u holda bunday almashinish monotrop almashinish deyiladi. Masalan: markazitni piritga aylanishi. Polimorf o‘zgarishlarni borligi minerallarni har xil temperatura va bosim ta’sirida, rentgenogrammalari, optik xususiyatlari, solishtirma oqirlik, elektr va magnit xususiyatlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Har bir moddaning polimorf modifikatsiyasi ma’lum bir fizik-ximiyaviy sharoitlarda ma’lum bir temperatura va bosim oraliqida barqaror bo‘ladi. Bu sharoitning o‘zgarishi shu moddani polimorf o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Polimorf almashinish temperaturasiga har xil aralashmalar ham juda katta ta’sir ko‘rsatib, ular jarayonni tezlatishi, sekinlatishi va ba’zan to‘xtatishi ham mumkin. Misol: past temperaturada oq qalayni, kularng qalayga o‘tishini 0,001% miqdoridagi Bi to‘xtata olsa, bu jarayonni 0,1% miqdorda qo‘shilgan Al tezlatishi mumkin bo‘lgan holda, 0,75% qo‘shilgan germaniy kulrang qalayni 60°S gacha stabillashtirib qo‘yadi. Izomorfizm (izo... va yun. morphe — shakl) — kimyoviy tarkibi va kristall strukturasi bir-biriga yaqin jinslarning oʻzgaruvchan tarkibli birikmalar (aralash kristallar) hosil qilish qobiliyati. I. hodisasini birinchi marta 1819-yil nemis kimyogari E. Mitcherlix aniqlagan vatermin sifatida taklif qilgan. I. tabiiy mineral va kristallarda keng tarqalgan boʻlib, yer poʻstining turli termodinamik zonalarida uchraydi. Elementlarning oʻzaro izomorf aralashma hosil qilishi ular atom radi-usining kattaligi, kristallokimyoviy xususiyatlari (koordinatsiya soni, va-lentligi, strukturasi, kristallanish sistemasi) va tabiiy termodinamik sharoitlar (temperatura, bosim, paydo boʻlgan chuqurligi va joyi)ga bogʻliq. Tekshirishlar natijasida izovalentli (bir xil valentli) va geterovalentli (har xil valentli) I.lar borligi aniqlangan. Izovalentli I. uchun olivin mi-nerali tarkibidagi oksidlanish dara-jasi teng boʻlgan Mg2+ va Fe2+ misol boʻla oladi. Birinchisi forsterit (MgSiO4), ikkinchisi fayalit (FeSiO4) holida cheksiz I. aralashmasi hosil qilishi natijasida olivin minerali paydo boʻladi. Plagioklaz guruxdsagi bilan Na+ kationlarining oʻrin almashishi geterovalentli I.dir. Bunda oksidlanish darajasi +1 ga teng boʻlgan Na+ kationi oksidlanish darajasi +2 ga teng boʻlgan kationi bilan oʻrin almashadi. I. aralashmalari cheksiz va cheklangan boʻladi. Cheklangan I.da elementlar oʻzaro maʼlum miqdordagina aralashma hosil qila oladi. I. hodi-sasidan mineral, kristall va rudalar tarkibidagi elementlarning qanday hrlatda joylashganligini, shuningdek, sintez usulida olingan, zamonaviy texnikada qoʻllaniladigan yarim oʻtkazgichlar, ferromagnetiklar, pye-zo- va segnetoelektriklar, lyumino-forlar, lazer materiallari va b.ning foydali xossalarini aniqlashda foydalaniladi. Qattiq moddalar oddiy sharoitda kristall va amorf holatda bo’ladilar. «Polimorfizm» - grekchadan olingan bo‘lib, poli - ko‘p, morfologiya – tashqi ko‘rinish degan ma’noni anglatadi. Polimorfizm deganda, bir xil tarkibli birikmalarni har xil strukturalarda kristallanish xususiyati tushuniladi. Polimorf xususiyatga elementlar va murakkab birikmalar ham ega bo‘lishi mumkin. Polimorfizm tabiiy va sintetik minerallar orasida keng tarqalgan. Uglerod polimorfizmning yaqqol misoli bo‘lib, grafit va olmos minerallari hisoblanadi. Ularning xususiyatlari butunlay turlichadir: olmos tabiatdagi eng qattiq Xulosa Kristall moddalar qat’iy muayyan temperaturada suyuqlanadilar. Amorf holatdagi moddalarning aniq suyuqlanish nuqtasi yo’q; ular qizdirilganda asta sekin yumshaydi va suyuq yoki qovushqoq oquvchan holatga o’tadi. Amorf moddalarning ichki tuzilishi molekulalarining tartibsiz joylashganligi bilan kristall moddalardan farqlanadi. Moddalarning kristall holatida kristallni tashkil etuvchi zarrachalar (atom, molekula, ion) fazoda ma’lum tartibda joylashadi va ular kristall panjara, ya’ni fazoviy panjara hosil qiladi. Kristallda zarrachalarning joylashishi markazlari panjaraning tugunchalarida bo’ladi. Zarrachalar fazoda ma’lum tartibda joylashganligi tufayli ayrim moddalarning kristallari (monokristallar) ma’lum geometrik shaklni hosil qiladilar. Anizotropiya, ya’ni turli yo’nalishlarda xossalarining (issiqlik o’tkazuchanligi, elektr o’tkazuchanligi, mexanik puxtaligi va boshqalar) bir xil bo’lmasligi kristallar uchun xos hususiyatdir. Kimyoviy tarkibi bir xil bo’lib kristall panjara tuzilishi har xil bo’lsa, polimorfizm hodisasi vujudga keladi. Bunday moddalar polimorf modifikatsiyalar deyiladi: olmos bilan grafit uglerodning polimorf modifikatsiyalari deyiladi. Kristall moddalarda izomorfizm hodisasi ham uchraydi. Agar kristall panjara tuzilishi bir xil bo’lib, kristall panjaralar tugunchalaridagi atom, ionlar har xil bo’lsa, izomorfizm hodisasi vujudga keladi. Kristallografiya (yunoncha - Muz va grafno - men yozaman, tasvirlab beraman) - atom molekulyar tuzilishi, simmetriya, fizik xususiyatlar, ta'lim va kristallarning o'sishi haqida. Birinchi marta "kristalografiya" atamasi 1719 yilda Shveytsariya tadqiqotchisi M.A.-da kon kristallini (shaffof) kristalli (shaffof) ni tavsiflash uchun qo'llanilgan. Xereleler (1685-1769). Kristallar - tartibli davrlar yoki molekulalar buyurtma qilingan davriy tuzilishni tashkil etish. Bunday tuzilmalar uchun "uzoq buyurtma" kontseptsiyasi mavjud - bu cheksiz masofada ("yaqin orada" ("Yaqin orada" - parametrik tanalarga yaqin masofada joylashgan masofalarda. Kristallar ichki tuzilishning simmetriyasiga, tashqi shaklning simmetriyasi, shuningdek jismoniy xususiyatlarning anisotropi. Ular ma'lum bir harorat va bosimda joylashgan qattiq jismlarning muvozanat holati - har bir moddaning muvozanati atom tuzilmasiga mos keladi. Tashqi sharoitlar o'zgarganda, billur tuzilishi o'zgarishi mumkin. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling