Kurs ishi mavzu: Raqobatning turli modellarida narxning shakllanish xususiyatlari


Raqobat sharoitida baho siyosatining mohiyati va vazifalari


Download 149.38 Kb.
bet7/8
Sana26.10.2023
Hajmi149.38 Kb.
#1723484
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs iwi laziz 1

2.2. Raqobat sharoitida baho siyosatining mohiyati va vazifalari
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida, “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobadosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliani bosqichma-bosqich kamaytirish,prinspial jihadan angi mahsulo va exnologialarni o`zlashirish,shu asosida bozorlarda milli ovarlarning raqobaddoshligini a`minlash zarur”8 – deb ta’kidlagan edilar
Baho – bu bozor unsurlari ichida eng murakkabidir. U o‘zgaruvchan, harakatchan, bozordagi kon’yukturali tebranishlarga moslashuvchan, doimo o‘zgarib turuvchi mexanizmdir. U tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Uzoq vaqt davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror baholar ahvolini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashdagi ijtimoiy haqiqatnining asosiy tamoyili degan fikr hukmron edi. O‘zgarmas baholar barqaror ishlab chiqarish rivojiga va talabini qondirishga to‘siqlik qiladi.
Bugungi kunda baholar tizimi ancha chalkash, uni tushunib yetish bir muncha murakkab, eng asosiysi u xo‘jalikni murakkab yuritishning yangi bozorlar sharoitiga moslashmog‘i lozim.
Bozor baholarining asosiy xususiyati ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. Bu tabiiydir, chunki baholar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham harakatchandir. Shuning uchun harakatchan baholar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning bozordagi harakatini, tovar hayotiylik davrini turli bosqichlarini tartibga solish va boshqarish bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini kiritishni eskirgan modellarini bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi.
Baholar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi, masalan, biror kamchiligi bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar pasaytirilgan baholarda xattoki tushurilgan baholar deb ataluvchi baholarda sotiladi. Yuqori baholar esa yuqori sifatli, ya’ni iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlarda bahoni tashkil qilish muammolarini faqatgina asosiy strategik yondoshishlarigina ishlab chiqilishigina bejiz emas chunki baholarning o‘zi faqat bozor sub’ektlari: sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan
o‘rnatiladi va davlat tomonidan tartibga solinadi. Baho darajasi tovarning raqobatdoshligi va bozordagi o‘rniga bog‘liqdir. Buning natijasi sotiladagan tovarlar masalasida korxona ulushining oshishidir.
Bahoni tahlil qilishda eng avvalo nimaga ahamiyat berish kerak va tovarning birlamchi bahosi qanday bo‘lishi foyda olish uchun va bozorda bu mahsulotni ulushini oshirish uchun uni qanday o‘zgartirish kerak? Mutaxassislar bu savollarga javob berishga turlicha yondoshadilar.
Birlamchi bahoni aniqlashga vaqt bo‘yicha baho darajasini aniq hisoblash ta’sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga tovarni hayotiylik davriga, tovarga talab va taklifning potensial miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab chiqarishning barcha taqsimlashlarini almashuv va iste’molchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda yuritiladi. Har bir bosqichda tovar bahosiga ta’sir qiluvchi unga xos omillar harakat qiladi.
Tovar va xizmatlar bahosida, sarflangan harajatlar bahoda aks etgan foyda talab va taklifning nisbati hisobiga olinadi. Xudi mana shu omillar talab va taklif qiymati foydani tenglashishi kabi ob’ektiv qonuniyatlariga asosan baholarni tashkil qilishni tartibga soladi.
Firma baho siyosatida tovar va xizmatlar birlamchi bahosini o‘rnatishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, haridor o‘z firmasiga doimo ishonadi. Masalan, firma yangi tovarga bahoni yuqori o‘rnatmaydi, o‘rnatsa ham u doimo o‘z haridorini qoniqtiradi.
Moliyaviy va bank boshqarish sistemalarining susayishi, transport va milliy iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi baho raqobatini oshirib yubordi. Baholar darajasi ko‘p xollarda haridor tomonidan belgilanadi. Ma’lumki, yuqori daromadli rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxni pasayishi sifatni yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu davlatlarda korxonani mavqeini bozorda mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlik darajasini pasaytiradi.
Hozirda asosan baho raqobati bahosiz raqobatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda. Baholar faqat iste’moldangina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlardan ham darak beradi. Baholarning boshqa muxim vazifasi ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchini rag‘batlantirishdir. Narxlarning o‘zgarishi ularni ham, bularni ham chorasini ko‘rishga ayni vaqtda bunday chora imkoniyat yaratishga undaydi.


XULOSA

Xulosa qilib aytganda, raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadiResurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.


Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.


Download 149.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling