Kurs ishi mavzu: “sinfdan tashqari tayyorlov bosqich darlarini tashkil etish”
Download 1.22 Mb.
|
TORAYEVA DILFUZA SINFDAN TASHQARI TAYYORLOV BOSQICH DARLARINI TASHKIL
2-BOB BOYICHA XULOSA
Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir nechta kitob bilan tanishsalar, so‘ngrabolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab o‘qishga o‘tadilar. Bunda asosan o‘qituvchi o‘quvchilarni maktab kutubxonasiga, 3-4 sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o‘quvchilarga ertak, hikoyalar o‘qishga yordam beradi. Sinfdan tashqari o‘qish, o‘qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usuli. Demak maktab kutubxonasi, bolalar gazeta va jurnallari bilan hamkorlik qilishdir. Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha predmet dasturlarining bolimlari bilan bevosita bog‘liq. O‘z navbatida grammatika va to‘g‘ri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy san’at, musiqani o‘rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar o‘qish darslaridan o‘qish darslarida foydalaniladi. O‘qish darslarida o‘tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o‘quvchini ijod qilishga undaydi. So‘z san’ati badiiy asarda o‘z ifodasini topadi. Xalq badiiy so‘zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so‘z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o‘quvchi albatta xalq og‘zaki ijodini yaqindan o‘qishi lozim. Ertaklar- yaxshilikka yetaklar deganlariday o‘quvchi ettaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon bo‘lishga, topishmoqlar o‘qir ekan, topog‘on, bilimdon, zukko bo‘lishga intiladi. XULOSA Har bir sinfda ta’limni differensiyalashga kuchli e’tibor berilishi zarur, bu borada aksariyat birinchi sinf o‘quvchilarining muvafaqqiyatli boshlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan maktablarga alohida e’tibor berilishi lozim. Boshlang‘ich ta’lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalar sifatida esa ta’lim jarayonida turli xil matnlardan foydalanishni ta’minlash zarur: yaxlit, yaxlit bo‘lmagan, murakkab (ko‘plik), turli xil matnlarni o‘qish uchun turli strategiyalarni ishlab chiqish, tushunib o‘qishni shakllantirish va baholashning turli shakllaridan foydalanish (qog‘oz va kompyuter shakllari) kabi vazifalar qo‘yilgan. O‘qish tezligini nazorat qilishdan ko‘ra tushunib o‘qishga urg‘u berish kuzatildi. O‘qish savodxonligi funksional savodxonlikning integrativ komponenti sifatida anglatmoqda. Rossiyada bu davlat hujjatlari darajasida qayd etilgan (FDAS UBT 2009-y.) Matematik, lingvistik, tarixiy, tabiiy-ilmiy va ma‟lumotnomalarni o„qishni o„rgatishda o„ziga xoslik ishlab chiqarilmoqda Sinfdan tashqari oʻqish oʻquvchilarning mustaqil faoliyati asosida uyushtiriladi. Bu esa, bir tomondan, oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini, qiziqishlari doirasini, ikkinchi tomondan, oʻqishga tavsiya qilinadigan asarlarning dastur mavzusiga mosligi va badiiy barkamolligini alohida inobatga olishni taqozo etadi Shuningdek, sinfdan tashqari oʻqish jarayonida nutq oʻstirish ishlariga alohida e‟tibor beriladi. Chunki unda qoʻllaniladigan turli usullar: matnni ifodali oʻqish, rollarga boʻlib oʻqish, tanlab oʻqish, yod olish, asar mazmuni yuzasidan reja tuzish va shu asosda qayta hikoyalash, qisqartirib hikoyalash, shaxsini oʻzgartirib hikoyalash, asar mavzusini aniqlash, qahramonlarning fe’l-avorini tavsiflash va hokazolar oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini oʻstirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sinfdan tashqari oʻqish darslarida xalq ogʻzaki ijodi (ertak, maqol, topishmoq) ni oʻqib-oʻrganish, badiiy asarni tahlil qilish orqali ogʻzaki nutqni oʻstirishning muhim omillaridan hisoblanadi9. Yuqoridagilarning barchasida oʻquvchilarning oʻqish malakalari shakllantiriladi, oʻqilgan asarni tushunishga oʻrgatadi, ularning soʻz boyligini oshirib, lugʻatini boyitadi. Sinfdan tashqari oʻqish, oʻz navbatida, qiziqarli, oʻziga jalb etadigan faoliyat boʻlib, umuman, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Shuningdek, sinfdan tashqari oʻqish darslarida ayrim qiyin soʻzlar tushintiriladi, oʻquvchilar diqqati esda saqlab qolish lozim boʻlgan aniq, qulay nutq oborotlariga qaratiladi. Barcha qiyin soʻzlarni tushuntirish imkoni boʻlmagani uchun bolalar tegishli bet tagida berilgan ayrim soʻzlar izohini oʻqishga oʻrgatiladi. Shu tariqa ularning lugʻat boyligi yangi soʻzlar bilan boyib boradi. Bu murakkab jarayonlarni amalga oshirish uchun o‘quvchilarda insho yozish malakalarini takomillashtirish lozim bo‘ladi. Biz bu borada birinchi bobda insho mavzusining ilmiy-metodologik adabiyotlarda yoritilishi hamda DTS da yozma nutqqa qo‘yiladigan talablarni o‘rgandik. Shu talablar asosida o‘quvchilarning hozirgi kundagi insho yozish bilim, ko‘nikma va malakalarining holatini aniqlash maqsadida o‘qituvchilardan so‘rovnoma o‘tkazildi va o‘quvchilarning insho yozish malakalarining hozirgi holati o‘rta darajadaligi aniqlandi. So‘rovnomadagi natijadan kelib chiqqan holda ikkinchi bobda o‘quvchilarning yozma nutqini shakllantirish,buning uchun o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, bog‘lanishli nutq tuzish, shu orqali o‘quvchilarni og‘zaki va yozma insho yozishga tayyorlash ko‘zda tutildi. Bu ikkinchi bobda jarayon bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirildi. O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga qaratilgan usul: “Yon daftarcha” usuli ishlab chiqildi.Bog‘lanishli nutq tuzish malakasini shakllantirish uchun esa “MBYT” (so‘z-gapmatn) metodi, “Rasmlarni o‘qish mashqi” , “So‘zlarni to‘g‘ri joylashtir” ishlab chiqilda va takomillashtirildi. Keyingi bosqich o‘quvchilarni og‘zaki va yozma inshoga tayyorlash bosqichi bo‘lib, bu bosqichda ham turli usul va metodlar ishlab chiqildi va tavsiya qilindi. Ya’ni bu usullarga: “Qayta hikoya qilish” yoki “Qayta bayon qilish”, “Maktub” metodi hamda multimedia vositalaridanfoydali matn tuzish kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bularga “Tushunchalar tahlili”metodi, “Grammatik kim ochdi savdosi” mashqi kabilar ishlab chiqildi. Yuqoridagi metod va usullarning barchasi o‘quvchilarning insho yozishgacha bo‘lgan jarayonini qamrab olgan bo‘lib, insho yozishda . Uchinchi bobda yuqoridagi metod va usullar bosqichma-bosqich tarzda amaliyotga tatbiq qilindi. Amaliyot jarayoni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 34-maktab hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 34- umumta’lim maktablarida amalga oshirildi. Amaliyotning ishtirokchilari sifatida maktabning 5-6-sinflari olindi. Bu jarayonda birinchi navbatda o‘quvchilarning hozirgi kundagi insho yozish malakalarining holati aniqlandi va reyting darajasi chiqarildi. Keyingi jarayonda esa yuqoridagi usul va metodlar amaliyotga tatbiq qilindi. Tajriba-sinov oxirida o‘quvchilarga turli xil mavzularda insho yozdirildi. Tajriba-sinovdan ma’lum bo‘ldiki, nazorat sinflari o‘quvchilarining matn yaratish malakalari sinov sinflaridagiga qaraganda ancha past. Ularning ko‘pchilik qismi ifoda vositalarini nutqda qo‘llash, ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda bayon qilishda hali ham jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Bu hol ona tilidan ta’lim mazmunini yangilash va takomillashtirish ishini biz maxsus tadqiq etilmagan, adabiyotlarda yetarlicha yoritilmagan yo‘nalishlar bo‘yicha davom ettirishlozim. Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha predmet dasturlarining bolimlari bilan bevosita bog‘liq. O‘z navbatida grammatika va to‘g‘ri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy san’at, musiqani o‘rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar o‘qish darslaridan o‘qish darslarida foydalaniladi. O‘qish darslarida o‘tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o‘quvchini ijod qilishga undaydi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling